Shaxsiy pedagogik tajribani to'plash tizimi. Pedagogik mahoratni takomillashtirishda pedagogik ijodkorlik

Shaxsiy pedagogik tajribani to'plash tizimi. Pedagogik mahoratni takomillashtirishda pedagogik ijodkorlik

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxsiy pedagogik tajribani to'plash tizimi. Pedagogik mahoratni takomillashtirishda pedagogik ijodkorlik - rasmi

Material tavsifi

Reja: Pedagogik ma'lumotlarni ajratish ko'nikmasi va ularni to'g'ri tanlay bilish. Ilg'or pedagogik tajribani o'rganishga oid ma'lumotlarni to'plash. Pedagogik mahoratni takomillashtirishda pedagogik ijodkorlik. O'zining pedagogik faoliyatiga to'g'ri baho bera olish. Pedagogik faoliyat o'z mahoratiga ko'ra ijodiy xarakterga ega. Malumki shaxs oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug'iladi. O'qituvchilik faoliyati ana shunday xususiyatga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan bog'liq. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, e'tiqodi, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga buysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni yechish jarayonidir. Pedagogik ijodkorlik manbai-bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga boydir. Ilg'or pedagogik tajriba deganda biz o'qituvchining o'z pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishini, o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasida yangi, samarli yo'l va vositalarni qidirib topishni tushunamiz. Ilg'or-pedagogik tajriba o'qituvchi tomonidan qo'llaniladigan shu shakli va usullari. Uslub va vositalaridir. Ilg'or pedagogik tajribani o'rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o'quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o'zgarishlar kiritadi. O'quvchilarning bilim faoliyatini boshqarish, yangi ko'rinishdagi o'quv jarayonini modellshtirish muammolarini yechishga sabab bo'ladi. Ijodiy ishlaydigan o'qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli o'qitish va tarbiyalash, ilg'or o'qituvchilar ish tajribalarini o'rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik, ko'nikma va malakalariga ham ega bo'lishi zarur. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o'qituvchining ijodkor bo'lishini, fanining muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olish, fan yutuqlarini o'quvchilarga etkaza olish va nihoyat o'quvchilarni ham ijodiy fikrlashga tadqiqot ishlariga o'rgata olishni talab qiladi. Shuning uchun o'qituvchi avvalo tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O'qituvchi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish davomida olimlarni to'playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. Pedagogik tajriba o'qituvchining o'quv ishlari jarayonida egallaydigan bilim va ko'nikmalari yig'indisidir. Bu o'qituvchining pedagogik mahorati bo'lib, u pedagogika fanining rivojlanishida boshlang'ich omil hisoblanadi. Pedagogik tajriba to'plash tizimi. Maqsadni belgilash. Tahlil etish, umumlashtirish, xulosa qilish. Yutuqlarni aniqlash. ma'lumot to'plash. Maktab o'quvchilarini ilg'or tajribalarini o'rganishning taxminiy tarkibi. Nutq texnikasi va madaniyati. a) Darsda bilim yuerishda o'quvchilar bilan aloqaga kirishishda o'qituvchi nutqining ishlatilishini baholash: b) Nutq texnikasini egallaganlik darajasi. v) O'qituvchi nutqining ifodalanganligi. Professional pedagogik muloqoti. a) turli holatlarda turli va kutilmagan vaziyatlarda ham muloqotga kirisha olishi, muomala qila olishi: b) dars jarayonida o'z kuchi va tayyorgarligini hisobga ola bilishi o'zining ish uslubini va unga qo'yilgan talablarni bajara olishi: v) pedagogik nazokat va uni qo'llashni bila olishi: Professional-pedagogik ta'sir etish: a) shaxsga ta'sir etishda tezlik bilan kerak bo'lgantanlay olishi va o'z vaqtida ishlata bilishi: b) o'rganish bo'lib qolgan ish tartibidan ketishni bilish. v) pedagogik ta'sir ko'rsatishda vaziyatlarnii yechishda kerakli bo'lgan mimika, pontomima va harakatlarni tanlay olish va o'z vaqtida ishlata olish. Konstruktiv qobiliyat: a) o'quvchilar qobiliyatini, qiziqishini, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.94 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.94 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga