Shaxslararo muammolar bo'yicha psixologik maslahat va amaliy tavsiyalar Reja: Mijozning odamlar bilan shaxsiy munosabatlari muammosi Odamlar o'rtasidagi shaxsiy munosabatlarda bir-birini yoqtirmaslik Mijozning odamlar bilan munosabatlarida antipatiya mavjudligi Mijozning o'zini tutishni bilmasligi Mijozning odamlar bilan samarali amaliy aloqalar olib bora olmasligi Mijozning boshqa odamlarga bo'ysunishni bilmasligi Mijozning shaxslararo nizolar ning oldini olishni va hal etishni bilmasligi Odamlarning shaxslararo munosabatlardagi asosiy muammolari, ularning yuzaga kelish sabablari Odamlar o'rtasidagi munosabatlar bo'yicha muammolar psixologik maslahat o'tkazish amaliyotida juda ko'p uchraydi va mijoz ular borasida to'g'ridan to'g'ri gapirmasa ham, shaxsiy mazmundagi boshqa muammolardan shikoyat qilganida, bu aslida unda shaxslararo munosabatlar bo'yicha uning muammosi yo'qligini anglatmaydi. Hayotda esa ko'p hollarda buning aksi bo'lib chiqadi: agarda mijozni shaxslararo munosabatlar bo'yicha mavjud holati tashvishlantirsa, shunday holatda har doim unda o'z xarakteriga taalluqii shaxsiy mazmundagi muammosini ham aniqlash mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, bu ikkala muammoni amaliy hal etish usullari ko'p jihatdan bir-biriga o'xshashdir. Shunga qaramay, bu muammolarni alohida ко'rib chiqish kerak, chunki ular har doim shaxsiy mazmundagi muammoga qaraganda, birmuncha boshqacharoq hal qilinadi. Shu odamning boshqa odamlar bilan munosabatlarini boshqarish yo'li bilan hal etiladi. Bundan farqli ravishda o'z shaxsiy muammosini har doim odam individual va boshqa odamlar bilan bevosita aloqa qilmay ham hal etishi mumkin. Bundan tashqari shaxsiy va shaxslararo mazmundagi muammolarni hal etish usullarida katta farq mavjud. Agarda shaxsiy muammolar odatda odamning ichki dunyosini tubdan o'zgartirish zarurligi bilan bog'liq bo'lsa, shaxslararo muammolar - atrofdagi insonlar bilan bog'liq insonning asosan, xulqi tashqi shakllarini o'zgartirish zarurligi bilan bog'liq bo'ladi. Odamning atrofdagilar bilan o'zaro munosabatlariga tegishli psixologik muammolar xususiyati bo'yicha turlicha bo'lishi mumkin. Ular atrofdagilar bilan odamning shaxsiy va amaliy o'zaro munosabatlari bilan bog'liq bo'lib, unga yaqin va ancha uzoq bo'lgan, masalan, qarindoshlari hamda begonalar bilan o'zaro munosabatlariga taalluqii bo'lishi mumkin. Bu muammo yaqqol ifodalangan yosh farqiga ham ega bo'lishi mumkin. Masalan, mijozning tengdoshlari yoki boshqa avlod, ancha yosh yoinki o'zidan ancha katta yoshli odamlar bilan o'zaro munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin. Shaxslararo munosabatlar muammolari turli jinsli odamlarga ham taalluqli bo'lishi mumkin. Aytib o'tilgan muammolarning ko'p jihatliligi odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning murakkabligini ko'rsatadi. Bu muammolarning ko'pchiligini bu yerda biz alohida muhokama qilsak ham, biroq bu muammolar hayotda bir-biriga bog'liqligini va ko'pchilik hollarda kompleks hal etilishi zarurligini esdan chiqarmaslik kerak. Masalan, odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda odatiy qiyinchiliklar yuzaga kelishi, ba'zi umumiy sabablari mavjud. Bu sabablarni muhokama qilib, biz keyinchalik ularga qayimaymiz va keyinchalik faqat matndagi kerakli joylariga ilovalar bilan cheklanamiz. Biroq odamlar o'zaro munosabatlari alohida turlariga xos bo'lgan xususiy, o'ziga xos qiyinchiliklar sabablari ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.47 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.47 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: doc