Reja: Mimika mashqlari Tonik mashqlar Relaksatsion mashqlar. Stressga qarshi mashqlar. O'quvchilar xulq-atvorini psixologik korreksiyasi Psixologik mashqlar. Shaxslararo munosabatdagi muammolarning anglashga oid psixologik mashqlar. Psixologik treninglar 30 daqiqalik trening. MIMIKA, TONIK VA RYeLAKSATSION MAShQLAR. O'smirlik va yoshlik davrida emotsiya (hissiyot) lar xulq-atvorni regulyatsiya qilish va atrof olamda orientatsiya qilishning asosiy omilidir. Shaxslararo munosabatlar korreksiyasining maqsadi avvalambor emotsional(hissiy) kechinmalar madaniyatini tarbiyalashdir. Chunki, jamiyat rivojdining zamonaviy bosqichidada, bozor iqtisodiyoti sharoitida inson faoliyati doimiy vaqt tansiqligida hamda keskin tezlikda o'tishi o'quvchilarda affektiv kechinmalar va stress holatlar paydo bo'lish xavfini orttiradi. Ushbu masalalarni yechish uchun maxsus mashqlardan foydalaniladi: MIMIKA MAShQLARI Avvaliga qatnashchilar mimika mashqlarini tayyorlov mashqlari sifatida trening mashg'ulotlardan oldin moslashuv hosil qilish uchun o'tkazish taklif qilinadi. Qatnashchilar uchtadan bqlib guruhlarga bo'linadilar. Qatnashchilardan biri o'yinboshchi bo'lib saylanadi, qolganlar navbat bilan uning qo'lini siqib qo'yadilar. So'ng o'yinboshchining qo'zi bog'lanadi va qo'l siqish boshqatdan amalga oshiriladi. O'yinboshchi qaysi qo'l kimniki ekanligini topishi kerak. Sekinlik bilan qo'l siquvchilar soni oshiriladi. Qo'llama: yuzning mimika muskullari uchun bir qator mashqlarni bajaring a) Pesxonani tirishtiring, qoshlarni qo'taring(ajablanish, hayron qolish). O'zingizni bo'sh qo'ying, bir daqiqa mobaynida pesxonangizni tekis saqlang. b) Qoshlarni butunlay bo'shashtiring. Ko'z qorachiqlarni tepaga qarating.( menga baribir- beparvolik). v) Ko'zni chaqchaytiring, og'izni oching, qo'llarni mushtga buking, butun badanni taranglashtiring (qo'rquv, dahshat). Bo'shishing. g) Qovoqlarni bo'shashtiring(dangasalik, uxlashni xoxlamoq). d) Burun teshiklarini kengaytiring, burunni burushtiring (jirkananch, sassiq xidni sezyapman). Bo'shashing. e) Kulib ko'zingizni qisib qo'ying. TONIK MAShQLAR Quyidagi mashqlar seriyasi konkret vaziyatda o'z tanasini boshqara olishni ongli shakllantirishga yo'nalgan. Uchrashuv. Juft-juft bo'lib bajariladi. Ikkita qatnashchi bir-biriga yaqinlashi va do'stlar, dushmashlar, aka-ukalar, singillar, dugonalar, sevishganlar, sinfdoshlar, boshliq va uning qo'lida ishlovchi orasidagi emotsional (hissiy) uchrashuvni (ovoz, mimika va harakatlar bilan birgalikda) tasvirlab beradilar. Vaziyatni instsenirovka qilish. Ikkita qatnashchi auditoriyada doskani latta bilan artishyapti. Albatta, ular artishni imitatsiya qilishyapti. Ularni yuzi auditoriyaga qaratilgan, shu bois ularni holatini quzatish mumkin. Signal bilan ular lattani boshqalarga berishadi. Ularning holati va ishga munosabatiga qaytadan baho beriladi. O'yin tugagach olingan taassurotlar bilan almashiniladi. Auditoriya oldida bir necha stul qo'yiladi. O'quvchilardan biri bir stuldan ikkinchisiga o'tirib, plastika va mimika yordamida quyidagini ifoda etadi: yaxshi stul ekan, lekin boshqasida o'tirib ko'raman. Bu stul oldingisidan yaxshiroq… Bundan boshqasig'chi? O! Bunisi eng yaxshi ekan! . Xar bir o'quvchi o'zi bilan o'zi shunday pantomimik suhbat o'tkazadi. MYeVALAR YIG'ISh. O'quvchilarga quyidagi qo'llama beriladi: Meva bog'idasizlar deb faraz qiling. Olma va noklarni uzib savatingizga soling. Qo'lingizdagi to'g'ri taranglashishni qidiring. Ichki nigohingiz bilan xar bir uzayotgan olmangizni ko'rishga harakat qiling. Ikkiti bir xili mavjud emas. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.9 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.9 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc