Shaxslararo munosabatlar tizimida shaxsning rivojlanishi

Shaxslararo munosabatlar tizimida shaxsning rivojlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxslararo munosabatlar tizimida shaxsning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Shaxslararo munosabatlar tizimida shaxsning rivojlanishi Reja: 1. Insonning shaxs sifatida shakllanishi va bunda ijtimoiy muhitning o'rni. 2. Ijtimoiy psixologiyada shaxsni o'rganishning o'ziga xosligi. 3. Guruhlar va ularning shaxs rivojlanishiga ta'siri. 4. Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari. Insonning shaxs sifatida shakllanishi va bunda ijtimoiy muhitning o'rni. Shaxs jamiyatning a'zosi, ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo'lmish individdir. Shaxsning boyligi, uning hayotga faol munosabati, boshqa kishilar bilan bo'ladigan aloqalarining turli-tumanligiga bog'liq bo'ladi. Individ- so'zi lotincha-«individium»-bulinmas degan ma'noni anglatadi. Har bir odam o'zi mansub bo'lgan sinf, muloqotga xos bo'lgan umumiy sifatlar bilan bir qatorda shaxsiy xususiyatlarga ham egaki ular shaxning takrorlanmas individualligidir. Individuallik- ma'lum sifatlarga ega bo'lgan shunday odamki, bu sifatlar faqat shu odamgagina xosdir. Shaxs tashqi turmush sharoitlari ta'sirida shakllanadi. Savol: Bir xil sharoitda tarbiyalanganda har biri o'zining shaxsiy xususiyatlariga ega bo'ladimi? Javob: Shaxsning shakllanishida ijtimoiy omillardan tashqari biologik omillar ham ta'sir ko'rsatadi. Bu omillarni bir-biridan ajratib quyish noto'gri. Hosil qilinadigan xususiyatlar bilan tabiiy mavjud xususiyatlar o'zaro bog'liq tashqi sharoitlar ta'sirida odamning shakllanishini ichki sharoitslarga bog'liq holda sodir bo'ladi. Shaxsning barqarorligi. Snaxs-o'zini turli sharoitlarda turlicha tutishiga qaramay asosiy shaxsiy sifatlari ozmi-ko'pmi barqaror bo'ladi. Agar odamning xususiyatlari bilib olinsa, uning ma'lum bir vaziyatda o'zini qanday tutushini aytish mumkin. Shaxsning psixik xususiyatlari insonning ijtimoiy tajribasi, uning hayot va faoliyati, ta'lim va tarbiya ta'siri ostda tarkib topadi. Shaxsning shakllanishi u yashaydigan jamiyat sharoitlari hamda mana shu ijtimoiy sharoitlarda u oladigan ta'lim va tarbiya bilan belgilanadi. Ta'lim tarbiya jarayoni shaxs shakllanishi va rivojlanishida muhim ahmiyatga ega. Guruhlar va ularning shaxs rivojlanishiga ta'siri. Har-bir bola yashaydigan ijtimoiy muhit bir emas , balki bir necha qavatdan (zonadan) iborat. Eng yaqin va birinchi qavat oilaviy muhitdir.Oilaga qaraganda kengroq qavatni bolaning tashqari, ya'ni bir qavatni -bolanig qarindoshlari tashkil etadi. Va nihoyat, eng keng qavat- ijtimoiy muhit hisoblanadi. Undan tashqari bevosita xatti-harakat namunalari, alohida kishilarning mulohazalari orqali emas, balki kitob va gazeta, radio, kino, televideniye, jamiyatda o'rnatilgan qonun-qoidalar, odamlar, axloq talablar, ma'naviyat, milliy qadriyatlar orqali amalga oshiriladi. Biroq, agar bolaning shaxsiy faolligi mavjud bo'lsa, muhit uning taraqqiyotiga ta'sir ko'rsata olmaydi. Faqat o'zining shaxsiy faolligini ko'rsatgandagina bola atrof-muhitning ta'sirini his qilishi, shundagina uning rasmiy xususiyatlari namoyon bo'lishi mumkin. Demak, inson - faol mavjudod. U tarbiyaviy ta'sirlar, muhit ta'sirining passiv obyekti emas. Shuning uchun hayotning tashqi sharoitlari, tashqi ta'sirlar inson shaxsini bevosita emas, balki uning muhit bilan o'zoro ta'siri jarayoni orqali, uning shu muhitdagi faoliyati yordamida belgilaydilar. Shu tuufayli muhit, tarbiyaviy t'asir haqida gapirganda uni ya'ni insoning tashqi muhit bilan faol ta'sir jarayoni, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 164.92 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 164.92 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga