Reja: Shaxslararo munosabatlarni o'rganish metodlari. Shaxslararo munosabatlar korreksiyasi bo'yicha psixologik metodlar. Kelishmovchiliklar davom etganda qo'llaniladigan psixologik usullar. Psixologik o'yinlar va mashqlar. Tayanch iboralar: shaxslararo munosabatlarni o'rganish metodlari, sotsiometriya, psixologik o'yinlar, psixologik mashqlar. ta'lim tarbiya muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning eng muhim vazifalaridan biri bu o'quvchilar jamoasini shakllantirish va rivojlantirishdir. Bu nafaqat u yoki bu ta'lim tarbiya muassasinigina emas konkret o'quv guruhi sinfga xam talukli. Chunki kaerda, kaysi jamoada shaxslararo munosabatlar yaxshi tashkil etilgan bulsa, shu jamoa o'z oldida turgan ijtimoiy vazifalarni muvofakiyatli bajarishga asos yaratilgan bo'ladi. Bunday jamoada o'z-uzligini boshqarishni joriy qilish xam yaxshi samaralar berishi mumkin. Bugungi kun o'qituvchisi, sinf rahbarlari, psixologlarini kiynayotgan muammolardan biri bu o'quvchilar guruhlarida shaxslararo munosabatlarni tashkil kila bilish imkoniyatlarini beruvchi maxsus psixodiagnostik vositalarning yetishmasligidir. Shaxslararo munosabatlardan, o'rganish metodlaridan biri, sotsiometriya metodidir. Sotsiometriya tushunchasi Amerika olimi J.Moreno tomonidan taklif etilgan bo'lib, guruhdagi o'zaro munosabatlarni o'rganish degan manoni bildiradi. Sotsiometriya metodi turli guruhlarda, jamoilarda shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini o'rganishning psixologiyada keng qo'llaniladigan eng samarador vlsitalaridan hisoblanadi. Sotsilmetrik tahlil ma'lumotlari shaxsning guruhda tutgan o'rni, guruhda shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari guruh yulduzlari, guruh lideri (guruhning tan olingan sardori) guruhning yakkalanib kolgan (izolatsiyaga) tushib kolgan azosi guruhdagi kichik guruhchalar (mikro gruppalar) ularning tarkibi, o'zaro munosabatlari va yana kator shu kabi ma'lumotlarni olish imkonini beradi, sotsiometrik tadqiqotni o'tkazishda avvalo shaxslararo munosabatlarning u yoki bu jihatini baholovchi muhim mezon tanlab olinadi, buning uchun malum bir real vaziyatga taalukli bo'lgan savol tuziladi. Bu savol sotsiometrik mezon bilan xizmat qiladi. Sinaluvchilar shu berilgan savollarga uzlariga shu guruhdan shirik tanlash bilan javob berishlari kerak bo'ladi. Sotsiometrik mezon bilan tadqiqot maqsadiga mos tushgan holda shaxslararo munosabatlarning malum bir jihatiga qaratilgan bo'lishi lozim. Sotsiometrik mezonlarni shartli ravishda kuyidagicha bo'lish mumkin. «Agar sen sinf (guruh) boshligi bulsang, biron bir jiddiy vazifani, topshiriqni bajarish uchun ajratilgan guruh tarkibiga kimni kiritgan bular eding». Funksiyali (funksional) «Sening fikringcha sinfdoshlaringdan (guruhdoshlaringdan) Kim sinf (guruh) boshligi bulla olishi mumkin». Amaliy: «Agar sinf (guruh) tarkatib yuboriladigan bulsa, unda sen Yangi sinfga (guruhga) shu sinfdoshlaringdan (guruhdoshlaringdan kim bilan birga tushishni xoxlar eding)». Emotsional: Uzing uchun ogir damlarda sinfdoshlaringdan (guruhdoshlaringdan) kimga murojat kilgan bular eding. Kommunikativ: o'z tatilingni sinfdoshlaringdan (guruhdoshlaringdan) kim bilan birga o'tkazishni xoxlar eding. Sotsiometrik mezonlarni tanlashda va savollarni tuzishda konkret vaziyatlar nazarda tutilishi lozim. Sotsiometriyaning samaradorligi suraluvchining, urganilayotgan guruh a'zolarining psixologik tayyorgarligiga bog'liq bo'ladi. Sotsiometrik kartochkani tuldirish sinaluvchining ixtiyoriy, shaxsiy ishidir. Bazi bir sinaluvchtlar tadqiqotda ishtirok etishdan bosh tortishlari mumkin. Bunday holatlarga yul kuymasligi uchun oldindan «Sotsiometrik razminka» qilish, tadqiqot vazifalarini tushunarli formada bayon etishi, uning ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.29 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.29 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc