Shaxsning gumanistik nazariyasi Reja: Shaxsga doir bixevioral-kognitiv nazariyalar Skinner nazariyasining asosiy g'oyalari Respondent va operant xulq tushunchalari. Shaxsning gumanistik nazariyasi Shaxsga doir gumanistik nazariyada ikki asosiy yo'nalishlar farqlanadi. Birinchisi, klinik (klinikaga yo'naltirilgan) amerikalik psixolog K.Rodjers qarashlarida o'z ifodasini topgan yo'nalish. Ikkinchisi motivatsion yo'nalish. Uning asoschisi amerikalik psixolog A.Masloudir. mazkur ikki yo'nalish o'rtasida muayyan tafovutlar bo'lsa-da, ularni bog'lab turgan jihatlar ko'p uchraydi. Gumanistik psixologiya yo'ndashuvi vakillari shaxs taraqqiyotining asosiy manbai deb avtoaktualizatsiyaga bo'lgan tug'ma moyilliklarni nazarda tutadilar. Shaxs taraqqiyoti deb ushbu tug'ma moyilliklarning namoyon bo'lishiga aytishadi. K.Rodjersga fikriga ko'ra, inson psixikasida ikki tug'ma moyillik mavjud. Birinchisi, muallif tomonidan avtoaktualizatsiya tendensiyasi deb nomlangan moyillik inson shaxsining bo'lajak xususiyatlari negizini o'zida jo etgan. Ikkinchi tug'ma moyillik - organizmik nazorat jarayoni - shaxs taraqqiyotini idora etuvchi mexanizmdir. Mazkur moyilliklar asosida odam taraqqiyoti davomida Menning alohida shaxsga doir tuzilmasi paydo bo'ladi. U o'z ichida ideal Men va real Menni qamrab oladi. Men tuzilmasining ushbu osttuzilmalari murakkab munosabatda bo'ladi: to'kis uyg'unlik holatidan (kongruentlik) to'liq nomuvofiqlik (disgarmonik) darajasigacha (Rodjers K., 1994). K.Rodjersga binoan, hayot maqsadi - tug'ma salohiyatni to'kis namoyon etishdir, o'z vazifalarini to'liq ro'yobga chiqarish, ya'ni o'z qobiliyatlari va talantidan foydalanadigan, o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish davomida o'zini, o'z kechinmalarini anglash sari harakat qiluvchi, o'zining asl tabiatini ifodalashga intiluvchi odam bo'lishdir. A.Maslou shaxs taraqqiyoti negizida yotadigan ehtiyojlarning ikki ko'rinishini ajratib bergan: ularni qondirish mobaynida o'z-o'zidan yo'qolib ketadigan «defitsitar» ehtiyojlar hamda qondirilishi ularni kuchaytiruvchi o'sishga doir ehtiyojlar. Maslou fikriga ko'ra, motivatsiyaning besh darajasi mavjud: fiziologik (oziqlanish, uxlash ehtiyjlari); himoyalanganlik ehtiyoji (uy-joyga ega bo'lish, ish joyiga ehtiyoj); bir insonning boshqa bir insonga nisbatan ehtiyojini ifodalovchi mansublik ehtiyoji, masalan, oila qurishga; o'zini-o'zi baholash ehtiyoji (o'zini hurmat qilish, o'z g'ururini saqlash); avtoaktualizatsiya ehtiyoji (ijod qilish, go'zallikka intilish, to'kis bo'lish kabi metaehtiyojlar). Ro'yxat boshidagi ikki ehtiyoj defitsitar, uchinchisi - oraliq ehtiyoj, to'rtinchi va beshinchi ehtiyojlar o'sishni ta'minlaydigan ehtiyojlar sirasiga kiritilgan. Maslou motivatsiyaning mantiqiy ketma-ketlikda rivojlanish qonunini ifoda etgan. Unga ko'ra odam motivatsiyasi quyidan yuqoriga qarab rivojlanadi, agarki quyi darajadagi ehtiyojlar qondirilmas ekan shaxsning yuqori darajadagi ehtiyojlarining shakllanishi amri mahol bo'ladi. Boshqachasiga aytadigan bo'lsak, odamning bosh suqadigan uy-joyi bo'lmas, qorni to'ymas ekan u oila qurish imkoniyatidan mahrum bo'ladi, oilasi yo'q ekan o'zini-o'zi hurmat qilolmaydi yoki ijod bilan shug'ullanishiga monelik qiladigan omillar ko'payadi. Inson uchun eng muhim ehtiyojlar sirasiga avtoaktualizatsiya taalluqlidir. Avtoaktualizatsiya - odam kamolotining pirovard holati emas. Hech bir inson barcha motivlarni inkor etish darajasida avtoaktuallashgan bo'la olmaydi. Har bir odamda hamisha taraqqiyotni davom ettirish imkoniyatini beradigan qobiliyatlari va iqtidori bo'ladi. Beshinchi darajaga ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:11:46
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.44 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:11 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
55.44 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: docx