Shaxsning ijtimoiy - psixologik xarakteristikasi Reja: 1.Shaxs haqida umumiy tushuncha. 2.Shaxsning guruhdagi o'rni. 3.Kommunikativ, perseptiv va interaktiv ta'sirlarning shaxs uchun ahamiyati. 4.Ijtimoiy-psixologik analizga differensial psixologik ma'lumotlarni qo'yish. Ma'lumki, shaxsni ko'plab fanlar turli xil tomondan o'rganadi. Bir yo'nalish biologik bo'lsa, boshqasi - sotsiologik, yana bir turi individual psixologik va nihoyat, yana bir yondashuv ijtimoiy-psixologikdir. Biologik nuqtai nazardan shaxs taraqqiyoti individ nasliy jihatdan orttirgan genetik dasturlarning amalda ro'yobga chiqishi tarzida tasavvur etiladi. Sotsiologik yondashuv shaxsning madaniy-tarixiy muhit ta'sirida kamol topishini tan oladi. Ulardan farqli individual-psixologik yondashuv shaxsning rivojlanishiga uning tana tuzilishi yoki konstitutsional jihatlari va asab tizimi tipining ta'siri borligini ta'kidlab, o'rganadi. Shaxsni o'rganishning ijtimoiy-psixologik yondashuvi uni ijtimoiylashuning bevosita mahsuli sifatida qarab, uning ijtimoiy-psixologik tizimini bevosita o'rab turgan ijtimoiy muhit ta'sirida o'rganadi. Bu borada bir qancha olimlarning o'ziga xos nuqtai nazarlari ham mavjud. Masalan, K.K.Platonov shaxs tizimida to'rtta asosiy jabhani ajaratadi: 1) Shaxsning yo'nalganligi va munosabatlari tizimi: uning mayllari, xohish-istaklari, qiziqishlari, layoqati, ideallari, dunyoqarashi, e'tiqodi kabilarni o'z ichiga oladi. Bu tizimdagi xususiyatlar ijtimoiy xarakterga ega bo'lib, ular insonning jamiyatda yashashi, undan oladigan tarbiya shakllari, mafkuraviy muhit asosida shakllanadi. 2) Shaxsning individual ijtimoiy tajribasi: bu jabhadagi sifatlar inson hayoti mobaynida orttiradigan bilimlari, malaka va ko'nikmalari asosida namoyon bo'ladi. Bu sifatlar ijtimoiy xarakterli bo'lib, ko'proq ta'lim jarayonida shakllanadi. 3) Inson psixik jarayonlarining individual xususiyatlari: xotira, idrok, sezgilar, tafakkur, qobiliyatlar kabi bir qarashda tug'ma omillarga bog'liq xususiyatlar inson umri davomida takomillashishi va uning boshqa ijtimoiy sifatlari ta'sirida individual o'ziga xoslik kasb etishi mumkin. 4) Biologik xususiyatlarga bog'liq shaxs sifatlari: bunga shaxsning tipologik, yoshiga oid, jinsiy xususiyatlari kiradi va u ko'pincha bioijtimoiy omillar sifatida qaraladi. A.N.Suxov va A.A.Derkachlarning ta'kidlashlarida shaxsning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari haqida gap ketganda, avvalo uning fikrlash tarzi, qadriyatlari tizimi, motivatsion belgilari (yo'nalganlik, hayotiy maqsadlar, rejalar, hayot tarzi), kognitiv sifatlar (ijtimoiy tasavvurlar, hayot manzaralari to'g'risidagi fikrlari), Men-konsepsiyasi, Men-obrazi, o'ziga munosabati, o'ziga nisbatan bahosi; o'zini nazorat qilish lokusi, psixologik bilimdonligi, rolli maqomlari, ijtimoiy his-tuyog'ulari va boshqalar nazarda tutiladi. Sotsial psixologiya uchun har bir shaxsning qay tarzda o'z hayot yo'lini belgilashi va jamiyatda shaxslararo munosabatlardagi maqomi - statusi muhimdir. Bu borada uni o'rab turgan katta - makro ijtimoiy borliq hamda mikro - kichik ijtimoiy borliqning ta'sirlarini o'rganish katta ahamiyatga ega. Shaxsga ta'sir etuvchi makro muhit - bu inson umri o'tadigan va hayoti mobaynida unga ta'sir etadigan tabiiy, ijtimoiy va ijtimoiy shart-sharoitlar majmuidir. YA'ni, bizni o'rab turgan jami borliq o'zining o'zgaruvchan va nisbatan barqaror shart-sharoitlari bilan bizning dunyoqarashimiz, fikrlash tarzimiz, qadriyatlarimizning shaqlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Masalan, qadimiy shaharlar - ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:16:26
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.71 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:16 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.71 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc