Reja: Individual-tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi. Shaxs qobiliyatlari, layoqat va iqtidor tushunchalari. Temperament va shaxs. Temperament tiplari. Xarakter tipologiyasi. Xarakterning iroda, hissiyot va faoliyat motivlariga bog'liqligi. Har bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning faqat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik-kishining o'ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlarning yig'indisidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarida, odamlarda ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlarda, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubi va h.k.larda namoyon bo'ladi. Inson shaxsi o'z individualligiga ko'ra takrorlanmas. Shaxsning barcha psixik ko'rinishlari uning hayoti davomida shakllanib boradi. Insonning individual-psixologik xususiyatlari deyilganda qobiliyatlar, temperament, xarakter, emotsiyalar, motivatsion doiralar tushuniladi. Bu psixologik xususiyatlar ajralmas tarzda mavjud bo'lib o'zaro bog'liq, shartlangan, inson faoliyatida bir-biriga birikib ketadi. Kishilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda va ular haqidagi bilimlar amaliy hayotda qo'llanilishi katta ahamiyatga ega bo'lib, ijtimoiy faoliyat va qobiliyatlarni to'liq rivoj topishida muhim rol o'ynaydi. Shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olish orqali u bilan muloqot qilish shaxslararo muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, har bir shaxsda o'ziga xos tarzda dunyoni, odamlarni idrok qilish va tushunish qobiliyati borki, ular muloqot jarayonida kamroq xatolarga yo'l qo'yishni ta'minlaydi. Masalan, bosiqlik, mulohazalilik, o'zgalarning ichki dunyosini gaplari, xatti-harakatlariga qarab bilish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandir. Shu fazilatlarni qanchalik namoyon eta olishiga qarab shaxs tiplari farqlanadi. 1. Eksrovert va introvert tiplar. Bu tiplar shaxsda o'zgalar bilan muloqotga kirisha olish qobiliyatiga ko'ra farqlanadi. Masalan, ekstrovert-o'ta muloqotga kirishuvchan, o'zini odamlar guruhisiz tasavvur qila olmaydigan shaxsdir. Uning uchun muloqot haqiqiy ehtiyojidir, boshqalarning uni tushunish-tushunmasliklaridan qatiy nazar, u doimo o'z fikr-istaklarini o'rtoqlashgisi keladi. Ekstrovert uchun konkret kim bilandir muloqotda bo'lish emas, umuman kim bilan bo'lsa ham muqotda bo'lish xohishi muhim. Shuning uchun ham u umuman begona odam bilan gaplashib, kirishib keta oladi. Gaplashgisi kelmagan begonaning psixologiyasini tushunishi qiyin («Qanday qilib gaplashishni hohlamaslik mumkin?», -deb o'ylaydi u). Ekstrovertning qiziqishlari ham tez-tez o'zgarib turadi, do'stlari, o'rtoqlari bilan bo'lgan munosabatlarda ularni almashtirib turishga intiladi. Bundan tashqari, u o'ta kirishuvchan bo'lganligi uchun ham har qanday sharoitda vaziyatda chiqish usullari to'g'risida tez xulosaga keladi, o'ta qiziquvchanlik, dunyoda bo'layotgan hodisalar, «mish-mishlar»ni bilish uning uchun zarur. Ekstrovert kek saqlamaydi, bugun urishgan odami bilan ertagacha hech narsa bo'lmaganday apoq-chapoq bo'lib ketishi mumkin. Introvert esa ekstrovertning teskarisi. U ko'proq ichki dialog formasidagina muloqotni afzal ko'radi, yani yolg'izlikda mulohaza yuritish, o'zi haqida o'ylash va shunga o'xshaganlar uning uchun asosiy ishdir. Shuning uchun ham muloqotga ustanovka juda sust, odamlarning uni tushunmay qolishlaridan doimo havotirda bo'ladi. Introvert kitoblar olami, falsafiy fikrlar qulidir, chunki u odamlar ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:16:26
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.87 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:16 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.87 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc