Shaxsning irodaviy sifatlari Reja: 1. «Shaxsning hissiy holati» tushunchasi. 2. «Iroda» tushunchasi va uning jarayonlari. 3. Shaxsning irodaviy fazilatlari va ularning shakllanishi. «Shaxsning hissiy holati» tushunchasi Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insondagi keng emotsional sohasining rang-barangligi, ko'p qirraligi haqida emotsional ton (yunoncha tonos - zo'riqish, urg'u berish ma'nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha emovere - qo'zg'atish, hayajonlanish demakdir), affektlar (lotincha affectus - ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma'nosini anglatadi), stress (inglizcha stress - zo'riqish deganidir) va kayfiyat kabi tushunchalar orqali muayyan tasavvur berish imkoniya- tiga ega. Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga, hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo'lmasin, munosabat bildiradi, unda bularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg'u paydo bo'ladi. His-tuyg'ular kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'ziga turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. Вм «Hissiyot» tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik manbalarda har xil ma'noda qo'llaniladi. Jumladan, hissiyot o'rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar, maqsadlar, talablar kabi tushunchalardan foydalaniladi. Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tahlil qilinganda, «hissiyot», odatda, tirik mavjudotlar miyasida, ya'ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi obyektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks ettirish ma'nosida qo'llaniladi. Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa, chet mamlakatlarda) bir xil ma'noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda ko'p uchraydi. Odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo'ladigan his- tuyg'ularning ichki kechinmalarda ifodalanishidan iborat psixik ja- rayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o'zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi, lablarning titrashi, ko'zlarning yarqirashi, kulgu, yig'i, g'amginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. SHAXSNING EMOTSIONAL - IRODAVIY JARAYONLARI Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas'uliyat, vijdon, mehr-oqi- bat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g'ayritabiiy hodisa hisoblanadi. Ushbu emosional kechinmalar o'zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta'sirchanligi, yo'nal- ganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo'lar edi. Shu boisdan ularning o'zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi. His-tuyg'ularning kechishi subyekt alohida his etayotgan psixik holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunish, biron-bir narsa to'g'risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma'lum yoki noma'lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabat bilan birgalikda ro'y beradi. Ana shu hollarning barchasida his-tuyg'ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining alohida emotsional holati haqida gapiriladi. Shu bilan birga, his- tuyg'ularning kechishi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:16:26
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.22 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:16 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.22 MB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: pptx