Shaxsning kommunikativ funksiyalari. Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etuvchi shaxs bilimdonligini oshirish muammosi

Shaxsning kommunikativ funksiyalari. Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etuvchi shaxs bilimdonligini oshirish muammosi

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxsning kommunikativ funksiyalari. Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etuvchi shaxs bilimdonligini oshirish muammosi - rasmi

Material tavsifi

Shaxsning kommunikativ funksiyalari. Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etuvchi shaxs bilimdonligini oshirish muammosi Reja: 1.Ijtimoiy psoxologik treningni tashkil etuvchilarni tayyorlash muammosi. Trener shaxsiga qo'yiladigan talablar. Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari. 2.IPT da samarali muloqotga erishish omillari. 3.Ijtimoiy psixologik faol uslublarni mahalliy sharoitlarda ko'llash va mutaxassislar tayyorlashda ulardan foydalanish. 4.Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishning hududiy va milliy jihatlari.Ta'lim-tarbiya tizimida faol ijtimoiy psixologik tayyorlov usullaridan foydalanishning ahamiyati. 5.Ijtimoiy psixologik bilimdonlik shaxs taqdiri va salohiyatini belgilovchi muhim omil ekanligi. Perseptiv trening xam ijtimoiy psixologik treningning bir shakli bo'lib, u xam eng avvalo shaxsni o'z-o'zini to'g'ri anglash va tushunish orqali boshqalarni to'g'rirok bilishga va ular bilan mos munosabatlar urnatishga karatadi. Ushbu trening turining asl mohiyati shundaki, unda ishtirok etuvchi shaxs avvalo uzidagi ayrim hissiyotlarni uygotish orqali o'z kilmishlarini xolisona baholash va shu orqali uzgalar ichki olamida ruy beradigan hissiy kechinmalarni anglash imkoniyatiga ega bo'ladi, natijada o'z-o'zini mukammallashtirish dasturini ishlab chikadi. Persiptiv trening jarayonida ishtirok etuvchilar uzlari uzgalar kuz ungida qanday baholanishlarini, uzgalar mavkeida turib, uzlariga to'g'ri baho berish va o'z xulkiga uzgalardan beriladigan munosabatni his qilishga muvaffak buladilar. Ilmiy adabiyotlarda perseptiv trening ba'zan senzitiv trening xam deb ataladi. Zero, «senzitiv» trening ma'nosi - sezgirlikdir. YA'ni senzitiv trening mashg'ulotlarida odamning shaxslararo munosabatlarda namoyon buladigan hissiyotlarga sezgirligi oshadi. Bu usul asrimizning 50-yillarida yuzaga kelgan bo'lib. U asosan pedagoglar, rejissorlar, psixoterapevtlar, psixologlar tomonidan turli mehnat jamoalari rahbarlarini o'qitish va ulardagi kommunikativ qobiliyatlarni o'stirishda kullanilgan mashg'ulotlarda ishtirokchilar «uzgalar oyoq kiyimida yurish» vaziyatiga solinib, shu orqali ularda birovlar bilan mulokatga kirishganda extiyot bo'lish xissi va empatiya tarbiyalangan. Usulning muhim xususiyati shundaki, T-guruhni tashkil etishda shaxsiy faoliyatni yo'naltirishda katnashchilarga maksimal darajada erkinlik beriladi. Bunda ishlatiladigan eng o'ziga xoslik shuki, o'yin ishtirokchilariga oldindan nima bo'lishi haqida deyarli xech qanday ma'lumot berilmaydi. o'yin katnashchilari guyoki kommunikativ vakuum holatiga tushiriladi. Shuning uchun xam bu jarayonning samarasiga «sinashlar» va «xatoliklar» vositasida erishiladi. Shunday qilib, perseptiv treningda ishtirokchilar faoliyatida aqliy (intellektual) jarayonlardan kura hissiyotlar, emotsiyalar muhim rol uynaydi. Perseptiv treningni tashkil etish shartlari. mashg'ulotlar boshlanishidan avval ishtirokchilarga liderlik, motivatsiya, shaxslararo muloqot, guruhiy jarayonlar, shaxs tiplari haqida ma'ruzalar ukitiladi, amaliy mashg'ulotlar oldidan xar bir ishtirokchiga yozma matnlar berib chikiladi, ularda xam ma'ruzalarda kutarilgan muammolarga oid amaliy xulosalar va tavsiyalar mavjud bo'ladi. Bularnig barchasi aslida umumiy «fon» rolini uynaydi va katnashchilarni o'yinga ruhiy jihatdan tayyorlaydi. Trening mashg'ulotlarida o'rtacha 6-15 kishi katnashadi va ular 2 sutkadan tortib to 4 xaftagacha davom etishi mumkin. guruhda turli yosh va kasb vakillari bo'lishi mumkin, ular bir-birlarini tanimasliklari kerak. Odatda persiptiv trening biroz gayritabiiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.55 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.55 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga