Shaxsning malaka va odatlari Subtitle here Reja: Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik - bu shaxsning bir necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir. Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament (mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar yig'indisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir - biriga o'xshamagan rollarni bajaradi. Ba'zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo'lsa, maktabda tengdoshlari o'rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo'ladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo'lib yurishi mumkin. Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga bo'lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini o'zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog'liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o'zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o'zaro bog'liqligidan iborat bo'lgan murakkab birlikni, ya'ni dinamik tuzilishni hosil qiladi. Shaxsning malaka va odatlari Har bir odam bilish, eshitish bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil bo'ladi (yozish, o'qish, yurish, musiqa chalish, sport va h. k.) Maqsadni ko'zlab biror ishni bajarish malakaga bog'liq. Malaka deb, avval ongli bajarilib keyinchalik avtomatlashgan xatti -harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta -qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, o'tin arralash sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo'ladi. Odat kishi qalbiga chuqur o'rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo'ladi. Salbiy odatlarga yolg'on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv - fiziologik asoslarini shartli reflekslarning hosil bo'lish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya'ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar birlashmasidan iborat. Masalan, bolalar bog'chaga o'rganguncha qiynaladi, chunki uydagi sharoitga ularda dinamik stereotip bo'ladi. YAngi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilinadigan malakalarga bog'liq bo'ladi. Ilgarigi malakalar ijobiy ta'sir qilsa malakalarning kuchayishi ko'zatiladi. Masalan, chet tillardan birontasini o'rgangan odam boshqa bir chet tili o'rganishda qiynalmaydi. Agar ilgarigi malaka salbiy ta'sir qilsa malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o'tsa qiynaladi. Shaxs shug'ullanayotgan ishi bilan uzoq vaqt shug'ullanmasa malakalar sunish hodisasi ko'zatiladi. Buni malakalarning deavtomatizatsiyasi deyiladi. Malakalarning hosil bo'lish tezligi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog'liq. Masalan, til o'rganish 4 - 5 yoshda tez o'rganiladi. Hunar egallash 12 - 13 yoshda tez o'rganiladi. Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, individual xususiyatlarga bog'liq , ya'ni asab tizimiga bog'liq bo'ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanholiklarda sekin hosil bo'ladi. Demak, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:16:26
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:16 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: pptx