Shaxsning motivatsiya sohasi

Shaxsning motivatsiya sohasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxsning motivatsiya sohasi - rasmi

Material tavsifi

mavzu: shaxsning motivatsiya sohasi Reja: 1)Motiv va motivatsiya haqida umumiy tushuncha 2)Shaxs motivatsiya sohasining ierarxik tuzulishi 3)Shaxs motivatsiyasining xilma-xilligi Insonning qobiliyati bevosita motivlashgan mexanizmlar bilan uzviy bog'liq bo'lib, ularning muhitini belgilaydi va dinamik ma'naviy ta'sir etish munosabatini o'zida aks ettiradi Motivatsia tushunchasi motiv tushunchasidan kengroq ma'no va mazmunga ega. Motiv aniqroq tushuncha bo'lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik ,hozirlikni nazarda tutadi Jahon psixologiyasi fanining mushohadalariga asoslanib, motivlarni quyidagi turkumlarga ajratish lozim: 1) Shaxs ijtimoiy ehtiyojlari bilan uyg'unlashgan uning mohiyati, mezoni orqali o'lchanuvchi motivlar: A) Dunyoqarashga taaluqli , aloqador bo'lgan go'yaviy motivlar B) Ichki va tashqi siyosatga nisbatan munosababtni aks ettiruvchi, shaxsiy pozitsiyani ifodalovchi siyosiy motivlar c) Jamiyatning axloqiy normalari, prinsiplari, turmush tarzi, etnopsixologik xususiyatlariga asoslanuvchi axloqiy motivlar D)borliq go'zalligiga nisbatan ehtiyojlarga in'ikos etuvchi nafosat motivlar 3)Vujudga kelishi, shartlanganlik manbai bo'yicha umumiylikka ega bo'lgan boshqaruv va boshqariluv xususiyatli motivlar: A) Keng qamrovli ijtimoiy motivlar B) Guruhiy, jamoaviy, hududiy umuboshqaruv motivlar C) Faoliyat tuzulishi mohiyati va tizimiga yo'naltirilgan protsessual motivlar D) Faoliyat mahsuli baholashga, maqsadga erishuvga mo'ljallangan rag'batlanuv, mukofot motivlar 3) Faoliyat turlari moyivini o'zida aks ettiruvchi motivlar: A) Ijtimoiy-siyosiy voqelikni mujassamlashtiruvchi motivlar B) Kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o'zida namoyon etuvchi motivlar C) O'qishga, bilishga, ijodga oid motivlar 4) Paydo bo'lish xususiyati, muddati, muhlati, barqarorligi bilan umumiylikka ega bo'lgan motivlar: A) Doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar B) Qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motivlar C) Uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab etuvchi motivlar 5) Vujudga kelishi, kechish sur'ati bioquvvat bilan o'lchanuvchi motivlar A) Kuchli, qudratli, ta'sir doirasidagi shijoatli motivlar B) Paydo bo'lishi, kechishi o'rta suratli motivlar C) Yuzaga kelishi, kechishi zaif, bo'sh, kuchsiz, beqaror motivlar 6) Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelishi xususiyati, xislati va sifatini aks ettiruvchi motivlar A) Aniq, yaqqol, voqe bo'luvchi real motivlar B) zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb motivlar C) Imkoniyat, zaxira, latent-yashirin xususiyatlarini o'zida mujassamlashtiruvchi motivlar Motivga genetik yondashilganda shu narsani alohida takidlab o'tish lozimki, bola tug'ilganidan etiboran bevosita faollik ko'rsatish-ga moyillik hukm suradi: u kuladi (noverbal muomala shakli), qimir-laydi (fazoda o'rin almashish), qo'l va oyoqlarini harakatlantiradi (moslashish), o'ynaydi (muhit-bola munosabati), gaplashadi (shaxsla-raro munosabatga kirishish), savollar beradi (dialogik muloqot va boshqalar). Tashqi motivlar jazolash va takdirlash, xavf-xatar va talab qilish, guruhiy tazyiq, ezgu niyat, orzu-istak kabi qo'zg'atuvchilar ta'sirida vujudga keladi. E'tiboringiz uchun rahmat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 347.21 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 347.21 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga