Shaxsning psixologik strukturasi. Shaxsning ichki va tashqi faolligi

Shaxsning psixologik strukturasi. Shaxsning ichki va tashqi faolligi

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxsning psixologik strukturasi. Shaxsning ichki va tashqi faolligi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Shaxsning psixologik strukturasi. Shaxs va uning faolligi. Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi. Motivlarning turlari. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o'zgartirish muammosi. Shaxsning strukturasiga, birinchi navbatda, uning individualligining kishi ehtirosining, ichki qiyofasining, qobiliyatlarining tuzilishida mujassamlashgan, shaxs psixologiyasini anglab etish uchun zarur, lekin etarli bo'lmagan sistemali tarzda tuzilishi kiradi. Shu tariqa shaxs strukturasining birinchi tarkibiy qismi - uning individ ichkarisidagi (interindivid) kichik sistema alohida namoyon bo'ladi. Shaxs o'zi birikib ketgan jamiyat bilan, guruhlar bilan haqiqiy munosabtlar sistemasida subyekt bo'lib, individning organik gavdasi ichidagi allaqanday epiq bo'shliqdagina joylashgan bo'lishi mumkin emas, balki u o'zini individlararo munosabatlar bo'shlig'ida namoyon qiladi. Individ o'z xolicha emas, balki shaxslararo o'zaro birgalikda harakatning hech bo'lmaganda ikkita individ jalb etiladigan jarayonlari ana shu o'zaro birgalikdagi harakat ishtirokchilaridan har birining shaxsi namoyon bo'lishi sifatida talqin qilinishi mumkin. Shaxs strukturasining ikkinchi tarkibiy qismi - shaxsning interindivid kichik sistemasini tashkil etadigan ndividning organik tarzdagi gavdasidan tashqaridagi bo'shliq da namoyon bo'ladi. Shaxs strukturasining uchinchi tarkibiy qismi. Metandivid (individning ustki ko'rinishi) kichik tuzilishini ham alohida ko'rsatish imkoniyati mavjuddir. Bunda ichkarisidagi (interindivid) kichik sistema alohida namoyon bo'ladi. Bunda shaxs individning organik gavdasidan tashqariga chiqarilib qolmasdan, balki uning boshqa individlar bilan shu yerda va endilikda mavjud bo'lgan aloqalaridan ham tashqarida joylashtiriladi. Shaxs va uning faolligi. Kishining tevarak-atrofda munosabat, birgalikdagi faoliyat va ijodiy ish jarayonida namoyon bo'ladigan ijtimoiy ahamiyatga molik o'zgarishlar qilish layoqati shaxsning faolligi sifatida tushiniladi. Inson faolligi harakat, faoliyat, xulq tushunchalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, shaxs va uning ongi mas, Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o'z-o'zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo'lgan, eng muhim va umumiy xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha actus - harakat, activus - faol so'zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti - harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu - o'sha oddiy qo'limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog'liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg'onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo'lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o'z-o'zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi. Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: A. Tashqi faollik - bu tashqaridan va o'z ichki istak-xoxishlarimiz ta'sirida bevosita ko'rish, qayd qilish mumkin bo'lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo'ladigan faollik. B. Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar, (moddalar almashinuvi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.99 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.99 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga