Sotsial psixologik g'oyalarning shakllanishi tarixi

Sotsial psixologik g'oyalarning shakllanishi tarixi

O'quvchilarga / Psixologiya
Sotsial psixologik g'oyalarning shakllanishi tarixi - rasmi

Material tavsifi

Sotsial psixologik g'oyalarning shakllanishi tarixi Reja: 1.Ijtimoiy psixologik g'oyalarning antik davr faylasuflari tomonidan o'rganilishi. G'arbda sotsial psixologik g'oyalarning o'rganilishi. 3.Sobiq Ittifoq psixologlarining sotsial psixologik g'oyalarning o'rganilishi 4.Sharq mutafakkirlarining sotsial psixologik g'oyalari tahlili 1. Dastlabki ijtimoiy-psixologik tasavvurlar va ularning namoyon bo'lishi Sotsial psixologiyaning fan sifatidagi tarixi uning ijtimoiy-psixologik qarashlar yoki ijtimoiy-psixologik tafakkur tarixidan anchagina yoshdir. Chunki insoniyatning birgalikda yashash, mehnat qilish, bir-biriga ta'sir ko'rsatishga intilishi, ehtiyoji qanchalik qadimiy bo'lsa, ijtimoiy tafakkur, odamlarning bir-birlariga o'zaro hamjihatlik ko'rsatishga bo'lgan moyilligi va istaklari ham shunchalik qadimiydir. Ikkinchi tomondan qadimgi tarixdan bilamizki, odamlar turli marosimlar, aqidalar, an'analarni ham ma'lum ma'noda o'zaro munosabatlarni tartibga solish, hamkorlikda mehnat qilish va bir-birlarini turli balo-qa'zolardan muhofaza qilish yo'llarini o'ylab topganlar. Qaysi bir xalq udumi yoki qadimgi an'anasini olmaylik, unda jamoaviylik psixologiyasi hukm surishini yaxshi bilamiz. Unda eng avvalo axloq normalarining shakllanishi uchun real asoslar mavjuddir. Masalan, turkistonliklarning ko'plab udumlari, masalan, to'y-maraka qilish va unda ommaning to'planishi, xashar yo'li bilan biror inshootni bitirish va unda barcha mehnatga layoqatli odamlarning jam bo'lib to'planishi kabi yuzlab udumlar qadimiy bo'lib, unda muayyan ma'noda jamoa bo'lib yashash va hamkorlikning axloqiy mezonlari namunasidir. Aynan shu kabi udumlar ijtimoiy-psixologik tafakkurning paydo bo'lishi uchun asos bo'lib xizmat qilgan. Shu bois ham ijtimoiy-psixologik tafakkur tarixi bilan sotsial psixologiya ning fan sifatidagi tarixida muayyan umumiylik va farqlar mavjud. Professor G.M.Andreyevaning yozishicha, sotsial psixologiya ning fan sifatida shakllanish tarixini belgilash shuning uchun ham mushkulki, u bir vaqtning o'zida bir necha fanlar tarixiy rivojlanishiga aloqador bo'lib, qaysi biri ko'proq bu jarayonning mohiyatini belgilashini bilish qiyin. Shuni alohida ta'kidlash joizki, sotsial psixologiya ning fan sifatida oyoqqa turishiga ko'plab nazariy yondashuvlar turtki bo'ldi. B.Pariginning fikricha, ijtimoiy-psixologik g'oyalar dastlab boshqa fan sohalarida shakllanib oldi va so'ngra mustaqil fan sifatida ajralib chiqishi uchun zamin yaratdi. Gap bu o'rinda uning falsafiy qarashlar doirasida shakllanishi to'g'risidadir. Ushbu jarayondagi bo'linish yoki ajralib chiqish asosan falfasadan psixologik va sotsiologik nazariyalarning ajralib chiqishi hisobiga sodir bo'ldi, desak bo'ladi. Shu nuqtai nazarni yoqlagan olimlardan O.Klaynberg va G.Olportlar ham ijtimoiy-psixologik g'oyalar tarixi qadimgi grek falsafasiga, xususan, Platon g'oyalaridan, va nafaqat Platon, balki Aristotel g'oyalaridan boshlanganligini ta'kidlaydilar. Falsafaning yangi davrida paydo bo'lgan olimlardan Gobbs, Lokk, Galvetsiy, Russo, Gegellarning jamiyat va shaxs o'zaro munosabatiga oid qarashlarida ham olimlar ta'kidlagan sof ijtimoiy-psixologik nuqtai nazarlarning shakllanganligini ta'kidlash mumkin. Agar yuqoridagi allomalar asarlarida falsafa doirasida ijtimoiy-psixologik qarashlar mavjud bo'lgan bo'lsa, bevosita fan sifatida Sotsial psixologiya ning o'z predmetiga ega bo'lish tarixi yanada diqqatga sazovordir. Bu davrda sotsial psixologiya ning rivojiga umuman jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.5 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.5 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga