Sotsial psixologiyada tadqiqotlar metodologiyasi tushunchasi. Sotsial psixologiyaning asosiy metodlari

Sotsial psixologiyada tadqiqotlar metodologiyasi tushunchasi. Sotsial psixologiyaning asosiy metodlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Sotsial psixologiyada tadqiqotlar metodologiyasi tushunchasi. Sotsial psixologiyaning asosiy metodlari - rasmi

Material tavsifi

Sotsial psixologiyada tadqiqotlar metodologiyasi tushunchasi. Sotsial psixologiyaning asosiy metodlari Reja: 1.Tadqiqotlar metodologiyasi haqida tushuncha. 2.Sotsial psixologiyaning asosiy metodlari. Kuzatish va tajriba metodi. 4.So'rov, test va boshqa metodlar tahlili 1. Asosiy metodlarningqisqacha tavsifi Har bir alohida fanda bo'lgani singari sotsial psixologiyaning o'z metodlari va ularni qo'llash vositalari mavjud. To'g'ri, ularning aksariyati psixologiya va sotsiologiya fanlarida qo'llaniladigan usullarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o'ziga xoslikni hisobga olgan holda ularni ishlatish yo'llari va ma'lumotlarni ilmiy jihatdan tahlil qilishda farqlar mavjud. Masalan, umumiy psixologiyada bo'lgani kabi sotsial psixologiya da ham kuzatish metodi qo'llaniladi, lekin kuzatuv obyekti konkret shaxsdagi psixik faoliyat emas, balki shaxsning ijtimoiy munosabatlar tizimida bevosita kuzatish mumkin bo'lgan ijtimoiy xulqidir. YA'ni, kuzatuvchi aniq oldindan belgilangan reja asosida o'zi o'rganayotgan guruhning faoliyatini, verbal va noverbal xatti-harakatlarni ma'lum vaqt birligida muttasil kuzatib, olingan ma'lumotlarni qayd etib boradi. Bunda zamonaviy audio va videotexnikadan foydalanish, u yoki bu harakatlarni qayta-qayta ko'rish orqali kerakli xulosalarni chiqarishi mumkin. Ayniqsa, hozirda fan va texnologiyalar, mobil aloqa vositalari keng quloch yozgan sharoitda turli ijtimoiy vaziyatlarda odamlar xulq-atvorini kuzatish va qayd etish unchalik qiyin ish emas. Raqamli yozish vositalarining ko'pligi esa kuzatish obyektlarini kompyuter tarmog'iga tushirish va xatti-harakatni bir necha tahlilchilar hukmiga havola etish imkoniyati ham mavjud. Sotsial psixologiya da qo'llaniladigan kuzatish metodining asosan uch shakli mavjud: a) qo'shilib kuzatish - bunda tadqiqotchi kuzatiluvchilar faoliyatiga bevosita aralashib, ular bilan kerak bo'lsa, yashaydi va ishlaydi. Bu usuldagi eng muhim xususiyat uning tabiiyligi bo'lib, kuzatish obyektlari o'zlarining kuzatilayotganliklarini sezmaydilar va kuzatuvchini guruhning a'zosi sifatida qabul qiladilar. Ushbu shartning buzilishi eksperimentning samarasiz bo'lishiga olib kelishi mumkin. b) tashqi kuzatish - kuzatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan holda ular tashqi xulq-atvorini qayd qilishdir. Bu usul muayyan vaqt va sabr-toqat talab qilishi bilan boshqa metodlardan farq qiladi, ba'zida qisqa muddat ichida tadqiqotchi o'zini qiziqtirayotgan predmet xususida hech narsa qayd qila olmasligi yoki tasodifan qo'lga kiritilgan ma'lumot asosida xulosa chiqarishga majbur bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham bu usul boshqa usullarga qo'shimcha vosita sifatida ishlatiladi. Masalan, kuzatuvchi rolida o'qituvchi bo'ladigan bo'lsa, u sifndagi yetakchilar yoki guruh faoliyatiga qo'shila olmayotgan, doimo begonasiraydigan bolalarning xulq-atvorini tashqi kuzatish orqali muttasil o'rganib boradi. v) muhim vaziyatlarni qayd etish usulida kuzatishning mohiyati shundaki, alohida shaxs yoki guruh kutilmagan, tasodifiy vaziyatga solinadi, va ularning vaziyatga munosabati, o'zini tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo'llari kuzatiladi. Masalan, guruhni ataylab oldindan tuzilgan ssenariy yordamida munozarali vaziyatga solish va unda har bir guruh a'zosini o'zini qanday tutishi va bayon etgan fikrlarini zikr etish bunga yorqin misoldir. Agar kuzatish metodi sotsial psixologiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.47 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.47 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga