Sotsial psixologiyaning amaliy tadbiqiy sohalari

Sotsial psixologiyaning amaliy tadbiqiy sohalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Sotsial psixologiyaning amaliy tadbiqiy sohalari - rasmi

Material tavsifi

Sotsial psixologiyaning amaliy tadbiqiy sohalari Reja: 1.hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining asosiy tadbiqiy yo'nalishlari. 2.Amaliy sohalarning umumiy xususiyatlari. 3.Amaliyotchi psixologning asosiy funksiyasi. 4.Maktabda ko'rsatiladigan ijtimoiy psixologik xizmat. 5.Maktab psixologi faoliyatining asosiy yo'nalishlari. Fan - amaliyotga! degan tamoyil bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb masalaga aylangan. Chunki yoshlarni mustaqil davlatimiz ma'naviy negizlarini teran anglashga o'rgatish va ularni ma'rifatga chorlash jarayoni qator tatbiqiy vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi. Ilmu-fan taraqqiyotining uzoq davriga nazar tashlasak, olimlar va tadqiqotchilar ko'proq nazariy masalalarni hal qilish, umumiy qonun-qoidalarni sharhlash, tushuntirish orqali jamiyat va insoniyat taraqqiyoti sabablarini yoritishga urinishlar ko'proq uchraydi. Bu holat pedagogika va psixologiya fanlariga ham tegishli bo'lib, ayniqsa, voqea-hodisalarning ijtimoiy-psixologik tabiatini o'rganuvchi ijgimoiy psixologiya bundan istisno emas edi. Lekin bugun biz uchun ijtimoiy taraqqiyot va inson tafakkuri rivojlanishini tezlashtiruvchi, uning davr va kishilar ruhiga hamohang tarzda kechishini ta'minlab beruvchi tatbiqiy xususiyatli ishlar va ilmiy izlanishlar zarur. Zero, mamlakatimizda ro'y berayotgan tub ijtimoiy-siyosiy islohotlar aynan shuni talab qilmoqda. Bunda e'tiborga loyiq dolzarb muammolardan biri - yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik munosabatlarga ruhiy jihatdan tayyorlashdir. Bu vazifani ado etishda Sotsial psixologiya ning o'rni va rolini aniqlash, tatbiqiy izlanishlarni amalga oshirish va ijtimoiy-psixologik amaliyot doirasida ushbu vazifani amalga oshirish yo'llarini topish uchun hozirgi zamon Sotsial psixologiya sining asosiy tatbiqiy yo'nalishlarini belgilash maqsadga muvofiq. Hozirgi davrda Sotsial psixologiya ning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo'layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalarini doirasini ham kengaytirdi. Uning asosiy tatbiqiy-amaliy sohalariga sanoat Sotsial psixologiya si, boshqaruv psixologiyasi, oila va nikoh borasidagi ijtimoiy-psixologik ishlar, siyosat va iqtisodiyotni takomillashtirish muammolari, qonunbuzarlikning oldini olish ehtiyoji hamda ommaviy axborot vositalari borasidagi amaliy vazifalar kiradi. Barcha amaliy sohalarga xos umumiy xususiyatlar mavjudki, ularga: a) ularning bevosita jamiyat talab-ehtiyojiga ko'ra tashkil etilishi; b) tatbiqiy ishlar tilining mavjudligi muammosi, ya'ni, professional til(jargon) bilan tadqiqot natijalarini bayon etishdagi uyg'unlik masalasi; v) amaliy ehtiyojlarga monand ilmiy farazlarni ishlab chiqish; g) shartnomalarga mos tarzda buyurtmalarlarni o'z muddati va bosqichlarda bajarish majburiyati; d) samaradorlik mezonlarining o'ziga xosligi, ya'ni, bajarilgan ishga qarab samaradorlikni baholash; ye) nazariyotchi bilan amaliyotchi rollarining aniq farqlanishi muammolari kiradi. Amaliy sotsial psixologiya to'g'risida gap ketganda, ko'pincha, ijtimoiy-psixologik aralashuv tushunchasi o'rtaga tushadi va tabiiy, bunday amaliyotchining ijtimoiy jarayonga aralashuvi nimalarda ko'rinadi, degan savol paydo bo'ladi. a) individning o'zgarishi strategiyasida, ya'ni o'sha tashkilotdagi o'ziga xos shaxslarning borligi aniqlanadi va ularga ta'sir qilinadi; b) texnologik tizim o'zgaradi, ya'ni ma'lum tashkilot yoki muassasaning tuzilishida o'zgarish ro'y beradi; v) ma'lum tipli ma'lumotlarga bog'liqlik, ya'ni, ma'lumotlarning tashkilot ichida yoki uning atrofida to'planganligiga bog'liq holda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.32 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.32 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga