Sotsial psixologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari

Sotsial psixologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Sotsial psixologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Sotsial psixologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja 1.Sotsial psixologiyaga kirish 2.Sotsial psixologiyaning predmeti 3.Sotsial psixologiyaning vazifalari 4.Sotsial psixologiyaning ahamiyati 5.Sotsial psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi Sotsial psixologiyaning predmetiga oid yondashuvlar Sotsial psixologiya XXI asrga kelib fanlar tizimida alohida o'ringa ega bo'lgan sohalardan biriga aylandi. Chunki sir emaski, insoniy munosabatlar, har bir faoliyat sohasida shaxslararo munosabat o'ziga xos dolzarblik kasb etib bormokda. Sotsial psixologiyaning fanlar olamida paydo bo'lishi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning yuqorida ta'kidlanganidek, sotsiologiya va psixologiya fanlari oralig'ida tug'ilishi jarayonining o'zi bir nechta bosqichlarni o'z ichiga olganligini ta'kidlash joiz: Ijtimoiy-psixologik bilimlarning falsafa va umumiy psixologiya doirasida to'planishi (eramizdan avvalgi VI asrdan tortib toki yangi davrning XIX asrigacha bo'lgan vaqta). Ijtimoiy hayot sirlarini falsafa, sotsiologiya va umumiy psixologiya doirasida tushuntirish orqali mustaqil fanga aylanish davri (XIX asrning 50-60 yillaridan to XX asrning 20-chi yillarigacha). Sotsial psixologiyaning mustaqil fan va amaliyot yo'nalishi sifatida to'la shakllanishi davri (XX asrning 20-chi yillaridan boshlab). Sotsial psixologiya ning predmeti xususida ham tarixan uch xil yondashuv mavjud: Birinchi yondashuvga ko'ra, sotsial psixologiya inson psixikasiga oid ommaviy hodisalarni o'rganadi. Ushbu yondashuv doirasida ayrim tadqiqotchilar sinflar psixologiyasini o'rganish zarur deb tan olishsa, boshqalar har qanday ijtimoiy uyushma yoki guruhga oid qonuniyatlarni, ularning an'analari, urf-odatlariyu, rasm-rusmlarini o'rganish dolzarb ekanligini ta'kidlaganlar. Yana bir guruh tadqiqotchilar esa sotsial psixologiya ko'pchilikka qarashli bo'lgan ijtimoiy fikrni yoki moda kabi ommaviylashib ketadigan jarayonlar sababini o'rganishni lozim, deb topadigan. Ularning fikrini rivojlantirib, ushbu yondashuvga hayrihox bo'lgan boshqa bir olimlar guruhi sotsial psixologiya ning predmeti aslida jamoa psixologiyasini o'rganish ekanligini yoqlaydilar. Bu yondashuvning umumiy xulosasi shuki, sotsial psixologiya mohiyatan aslida jamoa psixologiyasidir. Ikkinchi yondashuv tarafdorlarining fikrida umumiylik shuki, ularning ta'kidlashlaricha, sotsial psixologiya shaxsning ijtimoiy qiyofasini, psixologiyasini o'rganadi. Turli olimlar fikrida o'ziga xoslik esa aynan shaxsning qaysi sifatlariga ko'proq e'tiborni qaratishda namoyon bo'ldi. Kimdir shaxsning alohida ijtimoiy sifatlariga urg'u bersa, boshqalar uning tipologiyasini ahamiyatli predmet ekanligini ta'kidladi. Bundan tashqari, shaxsning guruhdagi o'rni, shaxslararo munosabatlar va umuman munosabatlar tizimi ushbu yo'nalish tarafdorlarining diqqat markazida bo'ldi. Uchinchi yondashuv - yuqorida ikki yondashuvning o'ziga xos tarzdagi uyg'unlashuvi shaklida namoyon bo'ldi. YA'ni, unga ko'ra, sotsial psixologiya ommaga xos bo'lgan psixologik hodisalarni ham, shaxsning guruhdagi maqomini ham birdan o'rganishi lozim. Rus olimi B.D.Parigin turli yondashuvlarga e'tibor brgan holda sotsial psixologiya o'rganadigan eng muhim masalalarni yagona andozada umumlashtirdi. YA'ni, uning fikricha, sotsial psixologiya quyidagilarni o'rganadi: shaxsning sotsial psixologiyasi; jamoalar sotsial psixologiyasi va muloqoti; ijtimoiy munosabatlar; ma'naviy-axloqiy faoliyat shakllari. Yana bir rossiyalik olim V.N.Myasishevning yozishicha, sotsial psixologiya : a) odamlarning guruh sharoitidagi o'zaro hamkorlikgi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.83 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.83 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga