Sotsial ustanovka

Sotsial ustanovka

O'quvchilarga / Psixologiya
Sotsial ustanovka - rasmi

Material tavsifi

Sotsial ustanovka Reja: 1.Ijtimoiy ustanovka tushunchasi. 2.Ijtimoiy ustanovkalarni o'rganishda Uznadze maktabi tadqiqotlarining ahamiyati. 3.Ijtimoiy ustanovka strukturasi. 4.Ijtimoiy ustanovkalarning emotsional kognitiv va xatti-harakat komponentlari. 5.Ijtimoiy ustanovkalar o'zgarishi muammosi va uning nazariy va amaliy ahamiyati. Shaxs ijtimoiylashuvi muammosi ko'tarilganda, ijtimoiy tajribaning u tomonidan qanday yo'l bilan va qay darajada o'zlashtirilganligi ijtimoiy ustanovka fenomeni orqali tushuntiriladi. Ma'lumki, ustanovka muammosi dastlab gruziyalik psixologlar, jumladan, D.N.Uznadze tomonidan fanga kiritilgan edi. Lekin ushbu jarayonning psixologik qonuniyatlarini o'rganish oddiy ustanovka bilan ijtimoiy ustanovka o'rtasida muayyan farqlar borligini isbotladi. Chunki D.Uznadze konsepsiyasiga muvofiq, ustanovka subyektning yaxlit bir dinamik holatini, uning qandaydir faollik va harakatlarga tayyorligini bildiradi va asosan ikki omilning ta'sirida nmoyon bo'ladi: subyektning ehtiyojlari va muayyan obyektiv vaziyatning holati. YA'ni, konkret bir vaziyatlarda u yoki bu ehtiyojni qondirishga yo'naltirilgan va qandaydir ma'noda odatiy shakl olgan holat ustanovka deb ataladi. Uznadze ustanovkani keltirib chiqaruvchi vaziyatni tahlil qilganda, uning ijtimoiy omillarga bog'liq tomonlariga, shaxs hayoti mobaynida orttirgan ijtimoiy tajribasi nuqtai nazaridan qaramagan edi. G.M.Andreyevaning ta'kidlashicha, Uznadze taklif etgan ustanovkalar konsepsiyasi asosan insondagi oddiy fiziologik ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog'liq holatlarni tushuntirishga bag'ishlangandir. Chunki uning tushunishicha, ustanovka ko'proq ongsiz harakatlarni tushuntirishda qo'l keladi. Hayotda ijtimoiy vaziyatlar ularda shaxs orttirgan tajribaning o'zlashtirilishi katta ahamiyatga ega bo'lganligi sababli, Sotsial psixologiya da, sotsiologiyada uni alohida psixologik holat sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. G'arb Sotsial psixologiya sida ijtimoiy ustanovkalarni o'rganish va uni tavsiflash uchun attitud - attityud tushunchasi qo'llaniladi. Xorijlik olimlar attityudga ta'rif berganlarida uning ijtimoiy xulqqa aloqador ekanligini, individning ilgarigi tajribasi ta'sirida u yoki bu vaziyatlarga reaksiya berishi holati ekanligiga ko'proq urg'u beradilar. Shundan kelib chiqib, attityudning to'rtta asosiy vazifasi mavjud ekanligiga e'tibor qaratilgan: moslashtiruvchi - attityud subyektni uning maqsad va manfaatiga aloqador bo'lgan obyektlarga yo'naltiradi, moslashtiradi; bilish funksiyasi - konkret obyektga nisbatan mavjud vaziyatda anchagina qulay bo'lgan xulq-atvor shaklini tanlashga yordam beradi; namoyon etish funksiyasi - individni shaxs sifatida, muayyan qadriyatlarga e'tiqodi bor inson sifatida tutishini ta'minlaydi; himoya vazifasi - shaxsning ichki ziddiyatlarini bartaraf etish va turli vaziyatlardan chiqib ketishiga imkon beradi. Bu funksiyalarni bajaruvchi attityud olimlar fikricha o'ziga yarasha tizimga ham ega bo'ladi. Amerikalik M.Smit attityudning uch komponentli tizimni farqlaydi: Kognitiv komponent - bu ijtimoiy ustanovka obyektini anglash bilan bog'liq jihatlar; Affektiv komponent - bu obyektga nisbatan hissiy munosabatlar, uni emotsional baholash, yoqtirish-yoqtirmaslik bilan bog'liq subyektiv holatlar; Xulq-atvor komponenti (yoki konativ) - obyektga nisbatan real xatti-harakatni tushuntiruvchi jihatlar. Bu uchala komponentlar o'zaro bir-birlari bilan bog'liq bo'lib, vaziyatga qarab u yoki bu komponentning roli ustunroq, sezilarliroq bo'lishi mumkin. Shuni ham ta'kidlash joizki, komponentlararo monandlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.15 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.15 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga