Sport psixologiyasining predmeti va vazifalari

Sport psixologiyasining predmeti va vazifalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Sport psixologiyasining predmeti va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Sport psixologiyasining predmeti va vazifalari Reja: sport psixologiyasining predmeti va vazifalari. sport psixologiyasining vujudga kelishi va uning tarixiy taraqqiyoti. Jismoniy madaniyat va sport psixologiyasi faninning ilmiy- tadqiqot uslublari. Oliy taim tizimida sport psixologiyasi fanining ahamiyati. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: psixologiya, sportchi ruhi, start, murrabiy, suhbat, tadqiqot o'tkazish, taqqoslash, obyektiv va subyektiv, psixodiagnostika Sport psixologiyasi jismoniy mashq va musobaqalar sharoitida sportchi psixologik faoliyati qonuniyatlarining mexanizmini o'rganadigan fandir. Bu fan boshqa psixologiya sohalari bilan chambarchas bog'liqdir.Chunonchi, umumiy psixologiya, pedagogika, meditsina, ijtimoiy psixologiya va jismoniy madaniyat nazariyasi asoslari bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib boradi. Bu fan sportchilarning sportda yuqori natijalarga erishishlari yo'lida xizmat qiladi. Shuning uchun ham sport psixologiyasi fanining maqsadi sportchilarni sport musobaqasiga tayyorlashdan iborat. Bu tayyorgarlik jarayoni sportchilardagi maxsus jismoniy sifatlarni, ko'nikmalarini, qobiliyatlarini shakllantirish bilimlarni o'stirish, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik uslubini yanada takomillashtirishni talab qiladi. sport psixologiyasi trenirovka va musobaqa sharoitida alohida insonlarni va jamoalarni psixik faoliyatning qonuniyatlarini o'rganadi. Sport psixologiyasi fani boshqa sport psixologiyasi bo'limlari bilan bog'liq. Umumiy psixologiya, pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiyalar bilan bog'liq bo'lib, ma'lumotlarni sport faoliyatida effektni ko'tarish maqsadida foydalaniladi. Lekin bu ma'lumotlar asosiy vazifalarni yechish (bilan) uchun kamlik qiladi. Sport faoliyati o'zgacha bo'lib, u boshqa faoliyat turlaridan o'z maqsadlari kabi uslublari bilan ham farq qiladi. (erishish uslublari, maqsadlari). Sport faoliyatining jabhasi bu sport musobaqasiga tayyorgarlik va ularda ishtirok etish. Sportchilarda maxsus bilimlarni, sifatlarni, malakalarni talab qiladigan jismoniy va ma'naviy kuchlarni tarangligin talab qiladi. Komandalarda muloqot o'zgacha. Sport jamoasini boshqarish maxsus bilimlarni talab qiladi, shuning uchun sport psixologiyasi asosan o'z-o'zining o'rganish natijalari asosida tuziladi. Sport psixologiyasi quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi; sportda tarbiyalash va o'qitish psixologiyasi, sportchilarni jismoniy texnik va taktik tayyorlash psixologiyasi, sportchining shaxs psixologiyasi, sport jamoasining psixologiyasi, sport psixo-diagnostikasi. Sportning alohida turlari (masalan, futbol psixologiyasi, suzish psixologiyasi, nishonga olish psixologiyasi, shaxmat psixologiyasi, va h.k.) shu bilan birga musobaqa faoliyatining psixologik xususiyatlari o'rganiladi. Bu sport psixologiyasining bo'limlari musobaqa va trenirovka sharoitlarida sportchilarning psixik faoliyatining qonuniyatlarini ochib beradi. Sport psixologiya fani quyidagi vazifalarni hal etishni maqsad qilib qo'yadi: Sport faoliyatining sportchilar ruhiga ta'sirini o'rganish; Sport mashg'ulotini sifatli tashkil qilish uchun maxsus psixologik ko'rsatmalar berish; Sportchini musobaqadan oldingi tayyorgarlik holatining psixologik xususiyatlarini o'rganish; Sport faoliyatini insonparvarlashtirish maqsadida psixologik muhit va shart-sharoitlarni vujudga keltirish; Sport jamoasida o'zaro ijtimoiy-psixologik munosabatlar jarayonini, sport guruhlarini boshqarishni va boshqaruvchilik qobiliyatini shakllantirish; Sport faoliyatining g'oyaviyligi; Sport faoliyatining motivlari; Sport psixologiyasining asosiy maqsadlari. Alohida sportchilarda va sport komandalarida sifat va moxirligini musobaqalarda ishtirok etish zarurligida, trenirovka va musobaqaga tayyorgarlikda psixologik usullarni ishlab chiqarish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.37 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.37 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga