Sud muhokamasining psixologik asoslari. Individual psixologik o'ziga xos xususiyatlarning sud-psixologik ekspertizasi

Sud muhokamasining psixologik asoslari. Individual psixologik o'ziga xos xususiyatlarning sud-psixologik ekspertizasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Sud muhokamasining psixologik asoslari. Individual psixologik o'ziga xos xususiyatlarning sud-psixologik ekspertizasi - rasmi

Material tavsifi

Sud muhokamasining psixologik asoslari. Individual psixologik o'ziga xos xususiyatlarning sud-psixologik ekspertizasi. Reja: 1.Sud tergovi jarayonida dalillarni tekshirishning psixologik xususiyati. 2.Sudlanuvchi shaxsning individual psixologik xususiyati va sodir etilgan jinoiy voqeaning psixologik holatlarini aniqlash. 3.Sud jarayonidagi harakatlarining individual psixologik xususiyatlari. 4.Sudlanuvchini, guvohni va jabrlanuvchini so'roq qilish psixologiyasi. 1. Sudyaning faoliyati esa nihoyatda murakkab, turfa xil bo'lib, ushbu kasb sohiblaridan maxsus fazilatlar va malakani talab qiladi. Uning kasbga oid faoliyati qonun bilan aniq va ravshan belgilab qo'yilgan. Sudya farmon berish vakolatlariga ega, ularni davlat nomidan qo'llaydi, bu esa o'z xatti-harakatlari uchun yuksak professional mas'uliyat hissini talab qiladi. Sud ishlari hajmi va mohiyatiga ko'ra rang-barangdir. Sudya ishining keng qamrovliligi yuqori darajadagi umumiy va huquqiy topqirlik, bilimdonlikni, xilma-xil vaziyatlarda to'g'ri qaror chiqara bilishni taqozo etadi. Sudyaning asosiy vazifasi dalillarni chuqur va har tomonlama o'rganish hamda tegishli qonunchilik me'yorlari doirasida muayyan ish bo'yicha adolatli sud hukmi yoki qarorini chiqarishdan iboratdir. Sudyalar jamoatchilik fikriga quyidagicha ta'sir o'tkazadilar: Fuqarolarda huquqiy ongni shakllantiradilar. Jinoiy ishni ko'rib chiqish jarayonida jazoning muqarrarligiga oid ijtimoiy- psixologik tushunchani rivojlantiradilar. Sud jarayonining yuqori saviyada o'tishi jinoyatchi va uning sheriklariga nisbatan axloqiy, ma'naviy qoralash muhitini yaratadi. Sud jarayoni jamoatchilikda jinoyatni keltirib chiqargan sabablar va shart-sharoitlarni bilish xohishini vujudga keltiradi. Sudyaning xulq-atvori, sud zalida yig'ilganlarda hurmat-ehtirom uyg'otishi, uning murakkab vazifasi, odamlar taqdirini hal etish borasidagi huquqi, qobiliyati, malakasiga zarracha shubha tug'dirmasligi zarur. Sudya shaxsining muloqotga kirishish, jamoatchilik fikrini shakllantirishga oid kasbiy xususiyatlari ana shu fazilatlarni namoyon eta bilishida ko'zga tashlanadi. Sudya shaxsi, o'z qiyofasi bilan ushbu ishning barcha tomonlarini miridan-sirigacha o'rganish istagini namoyon eta bilishi lozim. Bu esa aynan mana shu sudyaga va umuman adolatli sudga nisbatan ehtirom uyg'otadi, jarayonning barcha qatnashchilarida faktlar, o'z nuqtai nazarlari, u yoki bu tafsilotlarni qanday idrok etishlarini to'la-to'kis va mufassal bayon etishga rag'bat yaratadi. Sudyaning muloqotga kirishish qobiliyatiga qo'l va barmoqning ortiqcha harakatlari, imo-ishoralar, qiziqqonlik, qo'pollik, istehzo, nasihatgo'ylik kabi xususiyatlar soya solmasligi kerak. Sudya mulohazakorlik, ochiq ko'ngillik kabi fazilatlarga so'zsiz ega bo'lishi, xulq-atvorida, his-tuyg'ularida, nutq ohangida bosiqlik, vazminlik ko'rinib turishi darkor. Sudya sud tergovi jarayonida tashqi ko'rinishi, xatti-harakatlari, sud ishtirokchilaridan birontasiga munosabati orqali ko'rib chiqilayotgan ish bo'yicha allaqachon muayyan bir xulosa chiqarganini sezdirib qo'ymasligi zarur. Konstruktiv, kollegial faoliyat faqat maslahatlashuv xonasida to'g'ri hukm chiqarishni ta'minlabgina qolmay, idrok etish faoliyatini to'g'ri izga solish imkoniyatini tug'diradi. Sudya faoliyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, u boshqa sudyalarga va jarayonning boshqa maslahatchilariga, ishtirokchilariga o'z fikrini o'tkaza olmaydi, bunday qilishga haqi yo'q. Sudya faoliyatining rekonstruktiv sohasi- amaldagi qonunlarga muvofiq adolatli hukm yoki qaror chiqarish maqsadida ish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.22 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.22 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga