Sudya, davlat prokuror (ayblovchisi) va advokatning kasbiy-psixologik xususiyatlari Reja 1.Sudya, prokuror va advokatlar faoliyatidagi mukammallik, bilimdonlik, kasbiy mahorat, ko'nikma va sezgirlik tomonlari. 2.Sudya, prokuror, advokatlarning shaxsiy sifatlari va ular fikrining muhimligi. 3.Sudya va xalq maslahatchilari o'rtasidagi munosabat psixologiyasi prokurorning ayblov va advokatning oqlov nutqlarining psixologik xususiyatlari. Yurist, huquqshunos mehnatining yuksak samaradorligida shaxs sifatidagi fazilatlarning ushbu kasb talablariga javob berishi muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqshunoslik faoliyatining asosiy jihatlarini, shuningdek, unda ko'zga tashlanadigan insoniy sifatlarni kompleks, majmuaviy tarzda aks ettiruvchi huquqshunoslik professiogrammalarini yaratish ushbu faoliyat psixologik tahlilining asosiy talablaridan biridir. Professiogramma quyidagi jihatlarni qamrab olishi lozim: Ijtimoiy faoliyat. Surishtiruv faoliyati. Rekonstruktiv faoliyat. Kommunikativ (aloqaga kirishish) faoliyati. tashkiliy faoliyat. Dalillash faoliyati. O'zlariga topshirilgan hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashning tashkilotchilari bo'lgan tergovchi, tezkor xodim, axloq tuzatish muassasasi tarbiyachisi, profilaktika noziri va prokuror faoliyati o'zaro bog'liq holda olib boriladi, amalga oshiriladi. Bu faoliyat jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar ishlab chiqish, huquqiy targ'ibot olib borish, jinoyatchi xulq-atvorini ijtimoiy me'yorlar talabiga bo'ysundirish, jazoni o'tab qaytganlarni ijtimoiy moslashtirish (readaptatsiyalashtirish), huquqbuzarlikka moyilligi bor shaxslarni aniqlab, ularni qayta tarbiyalash maqsadida shaxsga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan psixologik choralar tizimini yaratish singari vazifalarni o'z ichiga oladi. Surishtiruv faoliyati kasb-korga oid masalalarni hal etish uchun zarur bo'lgan ilk ma'lumotlarni yig'ishni bildiradi. Tergovchi, tezkor xodim, sudya professiogrammalarida bu faoliyatning qiyosiy vazni ayniqsa yuqoridir. Rekonstruktiv faoliyat - jinoiy ish bo'yicha jami to'plangan ma'lumotlar joriy va yakuniy tahlili bo'lib, uning sintezi va maxsus bilimlarga tayangan holda farazlarni ilgari surish. Ishni rejalashtirish ham rekonstruktiv faoliyatning natijasi hisoblanadi. Kommunikativ (aloqaga kirish) faoliyati muomala jarayonida zarur ma'lumotni olishni anglatadi. Bu faoliyat ayniqsa, tergov mobaynida, advokatlar, tezkor xodimlar, mehnat-axloq tuzatish muassasalari xodimlari ishida katta ahamiyat kasb etadi. tashkiliy faoliyat ishchi versiya (taxmin) va rejalarni amalga oshirish chog'idagi irodaviy xatti-harakatlardan iboratdir. U muayyan professional masalani hal etish uchun o'zini va odamlarni safarbar etish singari ikkita omilga bo'linadi. Dalillash faoliyati ish bo'yicha olingan barcha ma'lumotlarni qonunda ko'zda tutilgan tarzda, maxsus shaklda bayon (qaror, protokol, hukm va hokazo tarzda) etishni bildiradi. Huquqshunos kasbining professiogrammasini tahlil qilishni tergovchi kasbidan boshlash maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz, chunki tergovchi professiogrammasi umuman huquqshunoslik faoliyati uchun mushtarak bo'lgan psixik qonuniyatlarni to'laroq aks ettirish imkonini beradi. Tergovchi tergov xatti-harakatlarining tashkilotchisi bo'lib, mas'uliyatli qarorlarni qabul qiladi, ular bajarilishiga erishadi, shu tariqa ko'plab kishilar faoliyatining muvofiqlashtiruvchisi vazifasini o'taydi. Amaliy ish undan hamisha diqqat-etiborlilik, aniqlik va sarishtalikni talab etadi. Tergovchi faoliyatining rekonstruktiv jihati ma'lumotlarni qayta ishlash va qarorlar qabul qilishda ko'zga tashlanadi. Tergovchi ayni chog'da juda ko'p narsalarni: jinoyat protsessual kodeksi, jinoyat ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:16:26
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.74 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:16 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.74 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: doc