Sufiylik ta'limoti So'fiylik ta'limoti VII asr oxiri va IX asr boshlarida paydo bo'lib, butun musulmon mamlakatlari, shu jumladan, Movarounnahrda ham keng tarqalgan. So'fiylik butun Sharq ma'naviy hayotida inson kamoloti xususidagi g'oyalarning shakllanishida muhim rol o'ynaydi. So'fiylik musulmon sharqi xalqlarining ko'p asrlik ma'naviy hayotining g'oyaviy asosini belgilab bergan ta'limot bo'lib maydonga chiqdi. U ilohiy poklik va insoniy go'zallikni idrok etish yo'li, haq va haqiqatni himoya qilish vositasi bo'lib xizmat qildi. So'fiylik ko'p qirrali oqim bo'lib, sof, yagona so'fiylik hech qachon bo'lmagan. U turli ko'rinishlar, oqimlar tarzida namoyon bo'lgan. Ammo har biri ham inson takomili muammosiga turlicha yondoshib, uni o'ziga xos yo'l, qarash asosida talqin etgan. So'fiylik ta'limoti g'oyalariga e'tiqod va amal qiluvchi kishilar so'fiylar deb nomlanadi. So'fiylik ta'limotida komil inson - bu dono, oqil, pok niyatli odamdir. So'fiylar ilohiy poklik, nafosat, e'tiqod va tafakkur insoniyatni balo-qa'zolardan asraydi, ularni avaylab asraydi deb bilganlar. Ular mazkur g'oyalarga muvofiq hamda ularga amal qilgan holda haqiqat uchun intilganlar. Aslida esa, komil insonning shakllanishi - bu ularning ideali, orzusi bo'lgan. Shunday bo'lsada, ular komil, yetuk va ma'rifatli inson idealini yaratish asosida jaholat, nodonlik, hirs va tamaga qarshi kurashganlar. Komillikning mezoni ikki narsa: birinchisi, axloq, yani, mo'min-musulmon, solih inson bo'lish, ikkinchisi, o'z-o'zini tanishdan iboratdir. Har qanday g'oyaviy ta'limot mohiyatida aks etgani kabi, Islom ta'limotida ham ziddiyat va ixtiloflar paydo bo'lib, natijada VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab turli yo'nalish, mahzab va oqimlar yuzaga kela boshladi. Ulardan sunniylik yo'nalishi VII-XII asrlarda Arab xalifaligi tasarrufidagi hududlarda vujudga kelgan eng yirik yo'nalishlardan biri sifatida shakllangan bo'lib, bugungi kunda jahondagi barcha musulmonlarning to'qson foizi sunniy mahzabining vakillari sanaladilar. Sunniylar o'zlarini ahli as-sunna - sunna tarafdorlari deb atab, Quron bilan birga sunnaga ham e'tiqod qiladilar. Ular payg'ambar Muhammad Alayhis-salom va xalifa Ali bilan bir qatorda, shialik tarafdorlari rad etadigan dastlabki xalifalar-Abu Bakr, Umar va Usmonning Islom ta'limoti g'oyalarini mustahkamlashdagi xizmatlarini ham birdek etirof etiladilar. Sunniy yo'nalishida quyidagi to'rtta mazhab - Hanafiya, Malikiya, Shofiiya, Hanbaliya bo'lib, mohiyatiga ko'ra shariatga xos diniy-huquqiy tizimlar sanaladi va har biri ham huquqiy muammolarni hal etishda hadis talablariga tayanadi. Ushbu mazhablarning namoyandalari Abu Xanafa (699-767 yillar), Malik ibn Anas (713-795 yillar), Ash Shafiy (767-819 yillar) va Ibn Xanbal (780-855 yillar)lar bo'lib, ular Islom ta'limotining diniy-huquqiy nazariyotchilari hisoblanadilar. Sunniylik yo'nalishining mazhablari hokimiyat va uning mavjudligi borasida ham shialik yo'nalishida ustuvor sanalgan qarashlardan farqli g'oyalarga tayanadi. Sunniylar xalifalik hokimiyati mavjudligining tarafdorlari bo'lsalar, shialar imomat tarafdorlaridir. Islom ta'limotida yana bir yo'nalish - shialik (arabcha so'z bo'lib, guruh, taraf manosini anglatadi) mavjud. Bu ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:16:26
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.8 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:16 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.8 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: doc