Surdopedagogik tekshiruv

Surdopedagogik tekshiruv

O'quvchilarga / Psixologiya
Surdopedagogik tekshiruv - rasmi

Material tavsifi

Surdopedagogik tekshiruv Reja: 1.Eshitish mexanizmi haqida ma'lumot. 2. Eshitish nuqsonining tasnifi. 3. Eshitishni tekshirish usullari. 4. Surdopedagogik tekshiruvni o'tkazish uchun tavsiya etiluvchi metodikalar ro'yxati. Eshitish nuqsonining tashxisini o'rganishdan avval eshitish jarayonining mexanizmi haqida ma'lumotga ega bo'lish kerak. Quloq insonning tashqi muhit bilan aloqa qilishida vosita bo'ladigan sezgi a'zolari (organi)dan biridir. Eshitish organining vazifasi tovushlarni baland, yuqori va yoqimliga ajratishdan iborat. Tovush muhitning tebranishli harakati. Yuqori tovush jismning tebranish tezligini aniqlash bilan o'lchanadi va u «Gts»(gerts) bilan belgilanadi. Muhit - havo, suv, tuproq va x.z. Tovush manbai - tebranuvchi tana, yani kamerton, ovoz paychalari. Tovush to'lqinining yoyilishi 00 havoda 33 m.sek., suvda 1450 m.sek.ga teng. Tovush amplitudasi bu - tebranish kuchi, silkinish davri va to'la tebranish davri. Tovush chastotasi esa -tovushning 1 sek. tebranish soni. Tebranishlar xarakteri (tavsifi)ga ko'ra tovushlar 2 guruhga bo'linadi: Ton - ovoz - sado. Shovqin. Agar tebranishlar ritmik bo'lsa, yani aniq muddatdan so'ng bir xil tovush to'lqinlari fazasi takrorlansa, bu musiqaviy ton - ovoz - sado hisoblanadi. Tonning oddiy turi - garmonik tebranish, yani sof ton - ovoz hisoblanadi. Tovush 3 asosiy xususiyat, yani kuchi, balandligi va tembriga ega. Tovush kuchi amplitudaga bog'liq. Qanchalik amplituda, yani tebranish kuchli silkinish asosida bo'lsa, tovush shuncha kuchli bo'ladi. Aksincha bo'lsa- kuchsiz bo'ladi. Tovush kuchi «D.b.» (detsibel) bilan belgilanadi. Tovush balandligi - manbaning tebranish chastotasiga bog'liq bo'lib, 1 sek.da to'la tebranish soni bilan o'lchanadi. Sekundiga 200-300gacha tebranishlar «past», yani kuchsiz, 200 dan yuqorisi «kuchli» deb yuritiladi. Tembr - tovush bezagi. U orqali turli manbalardan chiqayotgan bir xil balandlik va kuchdagi tovushlar farqlanadi. Inson 16 dan to 200 Gts.gacha bo'lgan tovushni qabul qila oladi. U 16 Gts.dan past (infratovush) va 200Gts.dan yuqori bo'lgan tebranishli tovushlarni qabul qila olmaydi. Inson qulog'ining tovushlarni eng sezuvchanlik chegarasi 100-400 Gts.gachadir. Tovushning yo'nalishini aniqlash qobiliyati «otoptika», yani ikkala quloqning eshitish qobiliyatiga bog'liq. Bir qulog'i eshitmaydigan kishida ushbu faoliyat buziladi. Shu sababli u tovush chiqqan joyni aniqlash uchun sog' qulog'i bilan turli tomonga aylanishga majbur bo'ladi. Sog'lom kishilar esa tovush chiqqan joyni osonlik bilan topadilar. Eshituv vazifasining amalga oshishida tovush o'tkazish va tovushni idrok (qabul) qilish jarayoni kuzatiladi. Tovushlar quloqqa havo orqali, shuningdek, boshqa yo'l bilan o'tishi mumkin. Bosh suyaklari orqali tovush idroki «suyak o'tkazuvchanligi» deb yuritiladi. Ayniqsa, baland tovushlar bosh suyaklari orqali o'tadi. Eshitish nuqsonini tasniflash. Eshitish nuqsonini tasniflash (sinflashtirish) eshitishida muammolari bo'lgan bolalar ta'lim tarbiyasini to'g'ri tashkil qilishga xizmat qiladi. Eshitish nuqsonini tasniflash (sinflashtirish) ikki turdan, yani tibbiy tasnif va pedagogik tasnifdan iborat. Tibbiy tasnif (L.V. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.22 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.22 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga