Tabiyatni muhofaza qilishda shaxs psixologiyasini o'rni RYeJA: Inson va tabiat o'rtasidagi psixologik muhitning bog'liqlik jihatlari. Atrof muhitning inson psixikasiga ta'siri.(salbiy va ijobiy tomonlari) mahalliy aholining tabiatga notug'ri munosabatining psixologik jihatlari. Aholini ekologik ong va ekologik madaniyatini shakillantirishda psixologiyani o'rni.(taklif va xulosalar.) 1.Inson va tabiat o'rtasidagi psixologik muhitning bog'liqlik jihatlari. Inson - Yer kurrasining jonli qobig'i - biosferada yashovchi organizmlar turkumiga kiruvchi, lekin murakkab hayotiy faoliyat yurituvchi individdir. Yer sayyorasi doimiy harakatdagi cheksiz Koinotning bir zarrasi hisoblanadi. Sayyoramiz barcha zarur yashash sharoitlari mavjud, 7 milliard «fazogirlari» bo'lgan, Koinotning qorong'u bo'shlig'ida uchib borayotgan, kosmik kemaning o'zginasidir. Ona sayyoramiz- Yerda hayotning mavjudligi eng buyuk mo'jizalardan hisoblanadi. Insoniyatning rivojlanish tarixi tabiiy sharoitlarga moslashish, yangi erlarni ochish, tabiiy boyliklarni topish va o'zlashtirishdan iborat bo'lgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichida aholi sonining o'sishi oziq-ovqat yetishmasligi, yirtqich hayvonlar, iqlim sharoitlari kabi omillar ta'sirida cheklangan. Tabiat-jamiyat» tizimining evolyutsion rivojlanishi tarixida beshta ijtimoiy-ekologik bosqichni ajratish mumkin. 1. Uzoq vaqt davomida insonlar tayyor mahsulotlarni termachilab va ov bilan kun kechirganlar. Insonlar tabiiy sharoit va oziq-ovqatning mavjudligiga to'la qaram bo'lgan. 40 ming yil oldin yer yuzida aholi soni 10 mln. kishidan ortgan. Keyingi 30 ming yil davomida mehnat va ov qurollarini takomillashtirish, hayvonlarni xonakilashtirish, ayrim o'simliklarni etishtirish bilan insoniyat ovqat ta'minoti masalasini asosan hal qilgan. Bu davrda insonlarning atrof-muhitga ta'siri mahalliy darajada bo'lgan. Bu ibtidoiy bosqich deb yuritiladi. Keyinchalik dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan insonlar o'troq yashashga o'ta boshladilar va jamiyat shakllandi. Insonlarning atrof-muhitga ta'siri xarakteri va miqyosi o'zgargan. 2. 10 ming yil oldin oziq yetishmasligi va tabiiy sharoitlarning cheklovchi roli yana ham kamaygan. Yer yuzida aholi soni 50 mln. kishidan ortgan. Dastlabki antik shaharlar vujudga kelgan, madaniyat rivojlangan. O'simlik va hayvonlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari va moslashishlari, sonining o'zgarishlari haqidagi dastlabki ekologik bilimlar eramizdan avvalgi asarlarda qadimgi Rim va Yunonistonda vujudga kelgan. Bu davrga kelib tabiatga inson ta'sirining kuchayishi - o'rmonlarning kesilishi, erlarning sho'r bosishi, dastlabki cho'llashish vaziyatlari kuzatilgan. Antropogen ta'sir natijasida, ayrim hayvon turlari qirilib ketgan, alohida noyob o'simlik va hayvon turlari muhofaza qilingan. Bu agrar bosqich deb yuritiladi. Keyinchalik insonlarning atrof tabiiy muhitga ta'siri kuchayib borgan. 3. O'rta asrlarga kelib aholi soni 500 mln. kishidan ortgan. O'rta Osiyoda dastlabki ekologik bilimlar vujudga kelgan. Yevropada Uyg'onish davrida ekologik bilimlar rivojlangan. XYII asrning oxirlarida, 1784-yilda bug' mashinasining ixtiro qilinishi bilan insoniyat tarixidagi industrial bosqich boshlangan. Bu davrga kelib inson xilma-xil tabiiy resurslardan foydalana boshlagan, antropogen modda almashinuvining ko'lami oshgan. 4. XIX asrda aholi soni 1 mlrd. kishidan oshgan, tabiiy resurslarni qazib olish ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:16:26
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.89 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:16 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.89 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: docx