Tadbirkorlik faoliyati motivasiyasiga oid ijtimoiy-psixologik nazariyalar va ularning tahlili

Tadbirkorlik faoliyati motivasiyasiga oid ijtimoiy-psixologik nazariyalar va ularning tahlili

O'quvchilarga / Psixologiya
Tadbirkorlik faoliyati motivasiyasiga oid ijtimoiy-psixologik nazariyalar va ularning tahlili - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik faoliyati motivasiyasiga oid ijtimoiy-psixologik nazariyalar va ularning tahlili Tadbirkorlik va uni boshqarish muammolarini hal qilishda (XX asrning 70-yillari) Garvarddan D.Makkeland (David McCelland) va Michigan universitetidan J.Atkinson (J.Atkinson)lar tomonidan ishlab chiqilgan motivasiya nazariyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ular motivasiyani o'lchashda aniq baho berishga harakat qilishib, uchta omilga bo'lishadi: [1] muvaffaqiyatga intilish; [2] tan olinishga intilish; [3] hokimiyatga intilish. Muvaffaqiyatga erishish omilida kishilar hayotiy ne'matlardan bahramand bo'lishni nazarda tutishadi. Muvaffaqiyatga erishish jarayonida shaxs o'z oldida turgan qiyin muammolarni yechishni yoqtirad iva unga intiladi. Hokimiyatga intilish omilida esa, muayyan shaxs boshqaruvga o'z hukmini o'tkazishga intiladi va bundan mag'rurlanadi. Umuman olganda, muvaffaqiyatga erishish motivasiyasi shaxs qobiliyatlari doirasiga aloqador bo'lib, bu murakkab masalalar ustida jiddiy ravishda ishlay olish layoqatidir. Chunki, o'rta aqliy qobiliyatga ega bo'lgan tadbirkor ba'zida o'zidan ko'ra o'tkirroq raqobatdoshlariga qaraganda yaxshiroq faoliyat yuritayotganligini, aynan, shu muvaffaqiyatga erishish motivasiyasidagi o'zaro tafovutlar tushuntirib berishi mumkin. Faoliyatni sinash va xatolarga yo'l qo'yish orqali o'rganish, tadbirkordagi tavakkalchilik darajasini belgilab, mag'lubiyatdan qochish ustanovkasining shakllanishiga imkon yaratadi. Dastavval, bu masala E.Trond (Edvar Trond) tomonidan tahlil etilgandir. Unga ko'ra, kutilgan samaraga erishilmagan reaksiyalar asta-sekin so'nadi, qolganlari esa mustahkamlashib boraveradi. Mehnat faoliyati ichki motivasion kuchga ega bo'lib, bu o'z navbatida boshqa, individual va voqelikdagi murakkab munosabatlar tizimi bilan hamohangdir. Tadbirkorlik va biznesni tashkil etishdagi mehnat motivasiyasini o'rganishga bag'ishlangan izlanishlar bir talay bo'lib, xorij olimlari ushbu yo'nalishda qator nazariyalarni ishlab chiqishgan. Shunday nazariyalardan biri (eng birinchilardan bo'lgan) mehnat motivasiyasi haqidagi F.Teylor (F.Taylor) nazariyasidir (XX asrning dastlabki o'n yilliklari). Uni dastlab ilmiy boshqarish nazariyasi, deb atashdi. Sosiolog ham, psixolog ham bo'lmagan Teylor shaxsning xatti-harakatlari motivasiyasini mehnat mazmuni va faoliyatga qo'yiladigan talablarning o'sib borishiga qarab tahlil qiladi. XVII-XIX asrlarga oid siyosiy-iqtisod borasidagi nazariyalarni tahlil qilib, u o'zining iqtisodchi odam konsepsiyasini yaratdi. Teylor shunday yozadi: Biz ilmiy boshqarishda hamisha brigada bilan emas, alohida ishchi bilan faoliyat yuritishimiz lozim. F.Teylor opponentlaridan biri - AQSHga 1922 yilda kelgan avstraliyalik olim E.Meyo (Elton Mayo)dir. U bu konsepsiyani tahlil etish jarayonida, muallifning texnik san'atini yuqori baholab, ijtimoiy bilimsizlikda qiynalganligini ta'kidlaydi. Natijada, Teylor nazariyasi o'rniga Meyo qarashlari ostida shakllangan shaxslararo munosabatlar konsepsiyasi vujudga keldi. Muallif bu konsepsiyasiga sosiologiya va psixologiyaning qo'shma mahsuli sifatida ta'rif beradi. Shu munosabat bilan fanda psixososiologik tashkilot degan atama yuzaga keldi. Alderfer o'tgan asrning 70-yillarida yaratgan ERG (Existence, Relatedness and Growth), ya'ni BBO' (Borliq, bog'lanish va o'sish) nazariyasida o'sha davrning 50-yillarida yaratilgan Maslou qarashlarini bir muncha oddiylashtirdi va quyidagi ko'rinishga keltirdi: [1] borliq - birinchi darajali ehtiyoj. Unda inson o'z hayotiy ehtiyojlaridan albatta qoniqishi lozim; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.58 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.58 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga