Tadbirkorlik faoliyati va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini mahalliy sharoitda o'rganilishi Mamlakatimizda kichik va o'rta biznes, xususan, tadbirkorlik tobora rivojlanib, bu yo'ldagi qarama-qarshiliklar va muammolar sekin-astalik bilan hal qilinib borilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida o'zbek tadbirkorligi intensiv tadqiqotlar obyektiga aylantirilayotganligini e'tirof etish mumkin. U asosan sosiologlar, iqtisodchilar, tarixchilar va ko'pgina boshqa mutaxassislar tomonidan o'rganilmoqda. Bu tadqiqotlarda zamonaviy o'zbek tadbirkorligi rivojlanishi bilan bog'liq tushunchalar va fenomenlarning ilmiy jihatdan asoslanishi boyitilib, ularga nisbatan har xil talqin berishga harakat qilingan. Tadbirkorlik insonning yuksak darajadagi faoliyati bo'lib, unga Amir Temur ham juda katta baho berib, Tajribamdan ko'rilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat'iy, tadbirkor va hushyor bir kishi, ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir, - deb ta'kidlaydi. Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Tadbirkorlikning tarixi juda uzoq o'tmishga borib taqalsa-da, uning hozirgi zamon tushunchasi XVII asrda paydo bo'lgan va ko'pincha mulkdor iborasi bilan aralashtirilib talqin qilingan. Keyinchalik xo'jalik hayotida ishtiroy etuvchi kapitalning mulkdor kapitalidan ajralib chiqishi natijasida mulkdor tushunchasiga to'g'ri kelmay qoladi. Umuman, tadbirkorlik an'anaviy jihatdan o'rganilgan, lekin ushbu faoliyatga xos bo'lgan, uni boshqa iqtisodiy munosabatlardan ajratib turuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari aniq ajratib, belgilab olinmagan edi. Shu bois ham psixologik izlanishlar ko'proq chet el tadqiqotchilari tomonidan yig'ilgan bilimlar hamdada tajribalar natijalariga murojaat etadi. Chunki har qanday tadqiqotni tashkillashtirish va amalga oshirish jarayonida, mahalliy shart-sharoitlarni inobatga olgan holatda xorijiy tadqiqiy ma'lumotlar muhim metodologik manba hisoblanadi. Xorij tadqiqotchilari tadbirkorlik bilan qator muhim konsepsiyalarni o'zaro bog'lashgan bo'lib, ularni ijtimoiy-psixologik jihatdan tasnif etish mumkin. Tadbirkorlik tushunchasi bizning hayotimizga kirib kelgan yangi tushunchalardan biri hisoblanib, asosan mustaqillik yillarida bu muammoga (yo'nalishga) katta e'tibor berila boshlandi. Hattoki, XX asrning 80-90 yillarida chop etilgan ilmiy-psixologik adabiyotlarni kuzatadigan bo'lsak, bu tushuncha haqida ma'lumot yo'qligini, yoki bo'lsa ham juda kam miqdorda ekanligini ko'rishimiz mumkin. Hozirga kelib esa, jamiyatimizda tadbirkor so'zi eng ko'p ishlatiladigan atamalardan biriga aylanib qolmoqda. Tadbirkorlik tushunchasining o'zi haqida gapirar ekanmiz, ilmiy adabiyotlarda bu tushunchaning turlicha ta'riflari berilgandir. Q.Abdurahmonov, F.Mamarasulovlarning yozishicha: Tadbirkorlik - bu mulk huquqi subyektlarning mollar ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish asosida foyda yoki daromad olishga qaratilgan amaldagi qonunlar doirasida tashabbuskorlik bilan faoliyat ko'rsatishidir. Mualliflarning fikricha, tadbirkorlikning mazmuni va tabiatiga ko'ra ayrim kishilar yoki guruhlarning o'z-o'zini ish bilan ta'minlash hamda tashabbuskorligiga asoslanadigan aktiv mehnat faoliyati sifatida baholash mumkin. Sh.Shodmonov, T.Jo'rayevlarning fikricha: Tadbirkorlik faoliyati - foyda olish maqsadida tahlika (tavakkalchilik) bilan hamda mulkiy javobgarlik asosida va amaldagi qonunlar doirasida o'z tashabbusi bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir Qisqa qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyati foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Mualliflar buning uchun tadbirkorda bir qator ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:16:26
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.69 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:16 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.69 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc