Tadbirkorlik faoliyati: Lokus nazorat va tavakkalchilikka munosabat psixologiyasi Ilmiy izlanishlari asosida, amerikalik psixolog J.Rotter (Rotter), insonlarni o'z xulq-atvorlari va ularga aloqador voqealar ustidan nazorat omillarida ustuvorlikka ega bo'lish bo'yicha ayrim mulohazalarini bayon etgan. Fikrimizcha, tadbirkorlar tashqi lokus nazoratga (eksternal) ega bo'lishlari bilanoq faoliyatlarida tashqi vaziyatlar orqali sodir bo'ladigan asosiy voqeliklar (tashqi sharoitning yaxshiligini, boshqa tadbirkorlarning ta'siri, ta'sodifiy vaziyatlar) ni anglab yetadilar. Tadbirkorlarning ichki lokus nazoratga ega bo'lishi (interval) esa, aksincha, o'ziga tegishli hodisalarni yuqori darajada nazorat qilishga xizmat qilib, o'z navbatida u muvaffaqiyatga erishish kabi mag'lubiyatdan qochish motivasiyalarining ta'siri doirasida mas'uliyatni qabul qilishga moyilligini aniqlashda qo'l keladi. Bu borada olib borilgan qator ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar (R.Brokxaus, M.Kete de Vris, D.Miller va b.)ning natijasi, yutuqqa erishish motivasiyasi bilan internallik aloqasini ijobiy ekanligini tasdiqlaydi. Ma'lumotlarning asoslanganligi professional-notadbirkorlikka nisbatan yuqori internallik darajasi bilan tavsiflanadi. Tadbirkorlik motivasiyasining tadbirkordagi tavakkalchilikka moyillik darajasiga bog'liqligi tejamkorlik tamoyilidir. Bu ilmiy tamoyil bo'lib, unga ko'ra yagona fenomenni izohlovchi ikkita nazariyadan har biri bir xil ishonchlilik darajasiga ega bo'lgan bo'lsa, unda afzallik soddaroq bo'lgan nazariyaga beriladi. Bu tamoyilning psixologiyada qo'llanilishi aniq fanlardagiga nisbatan ancha qiyinchiliklarga duch keladi. Undan tashqari, oddiy yoki murakkab bo'lgan nazariyaning baholanishi bizni anglashilmovchilikka olib kelishi mumkin. Agar xulq-atvorni o'rganishga urg'u beruvchi bixeviorizm, turli hodisalarni tejamkor holda tushuntira olganligi uchun yuqori baholangan bo'lsa, Z.Freyd (Zigmund Freid) psixologik ta'limotida esa, o'zining instinktiv ehtiyojlari va jinsiy hissiyotlarni jilovlash orqali inson faoliyatining sohalarini tushuntirishda o'ta murakkab holda amalga oshirilgan, deb tanqid ostiga olingan. Nazariyaning oddiyligi tufayli qabul qilishimiz mumkin bo'lganda, murakkab nazariyaning validligi muammosi uni boy berib qo'yish xavfini tug'diradi. Shaxsdagi tadbirkorlik motivasiyasi hamda tavakkalchilikning shakllanishidagi bog'liqliklarni o'rganar ekanmiz, undagi tavakkal (xatarli) qarorlarni qabul qilishdagi og'ishlarni o'rganmaslik mumkin emas. Guruhiy tabaqalanishni o'rganish jarayonida shunday narsa kashf etildiki, insonlar bir o'zlari bo'lganlaridagiga qaraganda, guruh orasida bo'lganlarida tavakkal qarorlarni ko'proq qabul qilishga moyil bo'lar ekanlar. Shuning bilan birgalikda ba'zi tadqiqotlarning natijasiga ko'ra, guruh ichida yana o'ta yuqori ehtiyotkorlik tufayli og'ish hollari ham bo'lishi mumkin ekan. Umuman olganda, guruhlar guruhiy qarorlarni qabul qilishga qadar, qatnashuvchilarning ustanovkalariga muvofiq tabaqalanadilar, shu asnoda, agar umumiy muhokamadan oldin guruh a'zolarining ko'pchilik qismi tavakkal qarorni qabul qilishga moyil bo'lsalar, u holda tavakkal tomoniga nisbatan og'ish sodir bo'ladi. Bunga qarama-qarshi, agar guruh a'zolarining ko'pchilik qismi umumiy muhokamadan oldin ehtiyotkorlik talab etiladigan qaror qabul qilsalar, unda guruhiy qaror ehtiyotkorlik pozisiyasini o'zida aks ettiradi. Noaniqlik va tavakkalchilik sharoitlarida olib boriladigan iqtisodiy faoliyat tadbirkorlik faoliyatida ajralib turuvchi xususiyatlardan biri hisoblanadi. Shu bois ham, tadbirkorlarning tavakkalchilikka munosabatini o'rganishga bag'ishlangan izlanishlar psixologik tadqiqotlarning katta qismini ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:16:26
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.41 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:16 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.41 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc