Tadbirkorlik psixologiyasi Reja: Tadbirkorlik - shaxsning o'ziga xos sifatlariga bog'liq qobiliyati ekanligi. Tadbirkor shaxsida kuzatiladigan psixologik xususiyatlar haqida. Pul psixologiyasi. Tadbirkorlik - shaxsni o'ziga xos sifatlariga bog'lik qobiliyat ekanligi Tadbirkorlik - bu odamlarning shaxsiy tashabbuslariga asoslangan faoliyat bo'lib, ular foyda olish va mahsulotlar ishlab chiqarsh maqsadida o'z nomlaridan, tavakkalchilik bilan mablag'larini sarf qilib ish yuritadilar. Demak, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun avvalo tadbirkorda muayyan mablag' yoki tovar boyliklar bo'lishi va ularni ishning manfaati hamda shaxsiy manfaat yo'lida sarf qilishga tayyor bo'lishi kerak. To'g'ri, bizning sharoitizmizda tadbirkorlik yangi, o'ziga xos jarayon bo'lib, unga mos psixologiya mustaqallik yillarida asta-sekin shakllanib kelmoqda. Shuni inobatga olib, davlat, hattoki, kreditlar - qarzlar berib, sharoitlar yaratib tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlab, kelmokda.hozirgi zamon tadbirqorining faoliyatini tahlil qilshidan avval unga xos bo'lishi lozim bo'lgan sifatlar xususida to'xtab o'tish kerak. Tadbirkor shaxsida kuzatiladigan psixologik xususiyatlar haqida Birinchidan, tadbirkorda aqliy salohiyat, intellektual xususiyatlar rivojlangan bo'lishi lozim. Bu turkum sifatlar yana bir qator sifatlar bilan bog'liq bilimdonlik, muammo va to'siq, qiyinchiliklarni oldindan ko'ra olish layoqati, rivojlangan xayol jarayonlari, oldindan ko'p sabab va oqibatlarni tasavvur qila olish, real fantaziya, tafakkurdagi kreaktivlilik, yani, har narsaga ijodiy yondasha olish qobiliyati, tafakkurning istiqbolga yo'nalganligi va boshqalar. Bu sifatlarning barchasi eng avvalo tadbirkorning o'z oldga real maqsadlar kuyishi va o'z faoliyatini chinakam rejalashtira olishiga imkon beradi. Ikkinchidan, tadbirkorga kommunikativ sifatlar zarur. Yani, tadbirkorlik ko'shimcha amalda ko'pchilikning birgalikdagi xarakteri bo'lgani uchun ham tadbirkorga odamlar bilan to'g'ri va o'rinli muomala qilish mahorati juda zarur. Bu blokdagi xususiyatlarga avvalo ko'pchilik faoliyatini muvofiqlashtira olish, begonalarga nisbatan ijtimoiy nuqtai nazardan sabr-toqatli bo'lish, bazan oqimga qarata bora olish. yani, agar manfaat talab qilsa, oxirgacha o'z nuqtai nazarini va kiziqishlarini himoya qila olish, turli toifa, jins va yosh xususiyatli insonlar bilan gaplasha olish va o'z fikrini tushuntira olish madaniyati kabi qator sifatlar kiradi. Uchinchidan, tadbirkor ko'pincha tavakkal qilishga majbur bo'lgani uchun unga o'ziga xos irodaviy sifatlar kerak. Ularga birinchi navbatda tavakkal qila olish qobiliyati, o'z harakatlari, istaklari va eqtiyojlarini nazorat qila olish, kurashish va g'alaba qilish ishtiyoqi, o'zining butun iqtidori va uzining fazilatlarini o'zgalarga ko'rsatshi orqali, ko'pchilikning etiboriga sazovor bo'lish, yutuqlarga erishish motivining muvaffaqiyatsizliklardan saqlanish motividan ustunligi, qatiyat, talabchanlik, yani, nafaqat o'zgalarga, avvalo o'ziga nisbattan talabchanlik, intiluvchanlik, qo'rqmaslik, dadillik kabi qator fazilatlar kiradi. Bazan tadbirkor bu yo'lda boshqalarga ziyon etkazganligini bilsa xam yo'ldan kaytmaydi, masalan, tadbirkorlikka mukkasadan ketgan ayrim kimsalar hattoki, o'z oilasi manfaatini xam esdan chiqarib ko'yadi. Topilgan sarmoyalar ko'payib, ular keyingi yaigi loyihalarda ishlagan sari, yana yangi «kayfiyat» bilan butun vujudi bilan ishga mashg'ul ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:16:26
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.28 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:16 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.28 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc