Tadbirkorlik va uning motivasiyasi muammosini ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi doirasida o'rganilishi

Tadbirkorlik va uning motivasiyasi muammosini ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi doirasida o'rganilishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Tadbirkorlik va uning motivasiyasi muammosini ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi doirasida o'rganilishi - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik va uning motivasiyasi muammosini ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi doirasida o'rganilishi Ma'lumki, shaxs - ijtimoiy voqelikdir. Uning ijtimoiyligi kundalik xulq-atvorida, o'ziga o'xshash insonlar bilan bo'ladigan muloqotlarida, o'zidan-o'zi va o'zgalardan ijtimoiy ta'sir olishida namoyon bo'ladi. Hozirgi kunda tadbirkorlik faoliyatning ijtimoiy mohiyatini tushunish, tadbirkorning ijtimoiy xususiyatlarining shakllanish va o'zgarish mexanizmlarini bilish hamda ularni zamonaviy usullarda tadqiq etish ijtimoiy psixologiya sohasining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shaxsdagi eng muhim afzalliklardan biri u tashqi muhitni bilishi, turli vaziyatlarda unga moslashishi hamda barqaror xulq-atvor me'yorlarini o'zida tarbiyalay olishidadir. Chunki inson jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarini bilishi va qadrlashi, ularni aqlan his qila olishi kerak. Bu narsa unga o'z zamonasini to'g'ri idrok qilish va tushunish imkoniyatini berib, shaxs tasavvurlari dunyosini mazmunli qiladi. Bu esa tasavvurlar va ularning shakllanganlik darajasiga oid ilmiy-nazariy tushunchalarga ta'rif berishni taqozo etadi. Tadbirkorlik faoliyati haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning ijtimoiy-psixologik hamda etnopsixologik mohiyatini ilmiy tadqiq etish, ularni fanda ilmiy fenomen sifatida o'rganilishiga diqqat qaratalishini talab qiladi. Bu hodisa oxirgi yillarda G'arb va rus ijtimoiy psixologlari S.Moscovici, J.Jodelet, A.Donsov, T.Yemelyanova va boshqalar tomonidan o'rganila boshlangan ilmiy fenomendir. Biz xorijiy tadqiqotchilarning fikrlarini umumlashtirib, ijtimoiy tasavvurlarga quyidagicha ta'rif berishni ma'qul topdik. Ijtimoiy tasavvurlar - har bir shaxs tomonidan ijtimoiy borliqni o'ziga xos tarzda qayd etish vositasi bo'lib, subyektiv reallikni obyektivlik bilan bog'lovchi psixologik mexanizmdir. Bu ta'rif orqali biz ijtimoiy tasavvurlarning quyidagi bir necha muhim xususiyatlarini ajratishimiz mumkin: [birinchidan], ijtimoiy tasavvurlar faol ijtimoiy muloqotlar mahsuli; [ikkinchidan], ular shaxs uchun muhim bo'lgan ijtimoiy obyektlarga nisbatan, uning ongli munosabatlarini ta'minlaydi; [uchinchidan], ijtimoiy tasavvurlar bilish vositasidir; [to'rtinchidan], jamiyatda qabul qilingan turli ijtimoiy me'yorlar, xatti-harakat shakllari, qadriyatlar va baholarning interiorizasiyasini ta'minlaydi; [beshinchidan], ijtimoiy tasavvurlar shaxs ijtimoiy tajribasining negizidir. Shunday qilib, tadbirkorlik bilan bog'liq tasavvurlarning shakllanishini tushunishimizda, G'arb mamlakatlarida, birinchi navbatda Fransiya hamda Rossiyada taklif etilgan ijtimoiy tasavvurlar va subyektiv obrazlar haqidagi nazariyalar asos qilib olinishi mumkin. Ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasining G'arbdagi asoschisi hisoblangan S.Moscovici, unga quyidagicha ta'rif bergan edi: Ijtimoiy tasavvurlar - bixevioristlar ta'riflagan mexanik obraz ham, tashqi va ichki muhit o'rtasida ziddiyat tug'diradigan narsa ham bo'lmay, balki faol ravishda obyektiv borliqni ijtimoiy-psixologik tarzda qayta o'zlashtirish jarayonining mahsulidir. Fransiya mutaxassislarining yana bir yorqin vakili J.Jodelet esa, ijtimoiy tasavvurlarga shunday ta'rif beradi: Ijtimoiy tasavvurlar qanchalik sodda yoki murakkab mazmunga ega bo'lmasin, ular doimo odamning kundalik hayot tarzini anglash va o'ziga xos tarzda bayon etish usulidir. Shuningdek, ijtimoiy bilimning ma'lum shakli sifatida individlar yoki guruhlar faolligini, ularning o'zlariga qarashli, ahamiyatli bo'lgan vaziyatlar, hodisalar, obyektlar va xabarlarga nisbatan tutgan mavqeini hamda munosabatini bildiradi. Ushbu nazariya tarafdorlaridagi umumiy fikrlar shundan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.08 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.08 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga