Tafakkur haqida tushuncha Reja: Tafakkur haqida tushuncha Tafakkurning nerv-fiziologik asosi Tafakkur operatsiyalari Tafakkur shakllari Tafakkur turlari Tafakkur haqida tushuncha Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo'lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o'rtasida ko'z bilan ko'rib, quloq bilan eshitib bo'lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog'lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o'rtasidagi eng muhim bog'lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi. Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo'lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bavosita tafakkur muhim rol o'ynaydi. Tafakkurning nerv-fiziologik asosi Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir bo'ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po'stining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi uchlari o'rtasida vujudga keladigan murakkab bog'lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorlarning bosh miya po'stidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir-biriga tutashib, bir-biri bilan chambarchas bog'lanib ketganligi sababli mazkur bog'lanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib o'tilganidek, tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signallar tizimining bog'lanishlari birinchi signal tizimidagi bog'lanishlarga tayanadi. I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o'zaro o'tkazish jarayonida hozir bo'ladi, deb takidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan o'zaro ta'sir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nihoyat odamning o'z tevaragidagi olamni va uning o'zini bilish uchun oliy qurol bo'lgan oliy tafakkur voqe bo'ladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv-fiziologik asos bo'lgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol o'ynaydi. Akademik I.P.Pavlov takidlaganidek, avvalo umuminsoniy empirizmni nihoyat, atrof olamni va insonning o'zini ham bilish uchun oliy qurol bo'lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir. Tafakkur operatsiyalari Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo'lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush to'g'risidagi o'z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-obyektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o'zi idrok qilayotgan narsalar to'g'risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to'g'risida fikr qiladi, yani bular tafakkurning obyekti bo'ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo'lishi mumkin emas. Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir. Analiz - shunday bir tafakkur operatsiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo'lgan ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:16:26
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.28 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:16 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.28 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc