Tafakkur psixologiyasi

Tafakkur psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Tafakkur psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Tafakkur psixologiyasi. R e j a Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur va hissiy bilish. Tafakkurning mantiqiy shakllari. Tafakkur jarayonlari. Tafakkur turlari. Tafakkurning individual xususiyatlari. Tafakkur psixologiyasi. Xayol va tasavvur haqida umumiy tushuncha. Xayol va tafakkurning o'xshashligi va farqlari. Xayol va muammoli vaziyat. Xayol turlari. Xayol jarayonlari. Xayol va motivatsiya. Tasavvur va o'quv jarayonidagi ko'rgazmalilik. Tasavvur turlari va xayol shakllaridagi individul xususiyatlar va ularni o'quv jarayonida boshqarish. Xayol va organik jarayonlar. Ilmiy, texnika va pedagogik faoliyatda, badiiy ijodiyotda xayolning roli. TAFAKKUR HAQIDA TUSHUNCHA, TAFAKKUR VA HISSIY BILISH Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog'liq, muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish uni bavosita va umumlashtirib aks ettirishdan iborat jarayondir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishdan paydo bo'ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi. Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o'tib ketishi mumkin. Biroq tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish bilan, ya'ni sezgilar, idrok va tasavvurlar bilan bog'langan bo'ladi. Tafakkur faoliyati o'zining butun materialini faqat bitta manbadan, ya'ni hissiy bilishdan oladi. Tafakkur faqat sezgilar va idrok orqaligina tashqi muhit bilan bog'lanadi va shu tariqa tashqi olamni aks ettiradi. Ammo sezgilar va idrok kabi hissiy bilish jarayonlari olamning turli xildagi aloqalarini, ular orasidagi bog'lanishlarni, paydo bo'ladigan turli muammolarni hal qilish imkonini bermaydi. Tafakkur qilish davomida tashqi olamni bilish chuqurroq amalga oshiriladi. Buning natijasida narsalar, hodisalar va boshqa shuning kabilar o'rtasidagi murakkab o'zaro bog'lanishlarni ajratish, yechish mumkin bo'ladi. Zarur hollarda turli vositalar qo'llaniladi. Quyidagi uch xil hodisalarni o'rganish davomida vositalar qo'llaniladi. 1. Hozirgi paytda bevosita idrok qilishning imkoni bo'lmagan hodisalarni o'rganish uchun. Bunga tarixiy voqealar, kelajak rejalar, gipotezalar, umuman yoki o'tmishda ruy bergan yoki kelajakda ruy berishi mumkin bo'lgan hodisalarni o'rganish davomida; 2. Sezgi organlarimizning moslashmaganligi sababli bevosita idrok qilishning imkoni bo'lmagan hodisalarni o'rganishda. Bunga misol tariqasida juda kichik zarrachalar, elementlar, inson sezgi organlari sezmaydigan turli to'lqin uzunliklari yoki juda uzoq masofada joylashgan obyektlar (planetalar, yulduzlar va h.k.); 3. Bevosita idrok qilishning imkoni mavjud, ammo vosita qo'llash samarali bo'lgan hollar. Masalan, o'sib turgan daraxtning balandligini trigonometrik funksiyalar yordamida o'lchash, havo haroratini termometr yordamida o'lchash kabilar. YUqoridagilardan ko'rinib turibdiki, hissiy bilish samarali bo'lmay qolgan hollarda tafakkur boshlanadi. Tafakkur hissiy bilish idrok qilish imkonini bermaydigan voqea, hodisalarni ham o'rganish imkonini beradi. Masalan, yorug'lik tezligini o'lchash, o'rganish, uning xossalaridan foydalanish faqat tafakkur orqaligina amalga oshirilishi mumkin. Qachon tafakkur faoliyati boshlanadi (qachon biz fikrlab boshlaymiz)? Biz doimo fikrlamaymiz. Agar vaziyat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 693.51 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 693.51 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga