Talabalar faoliyatining psixologik tahlili

Talabalar faoliyatining psixologik tahlili

O'quvchilarga / Psixologiya
Talabalar faoliyatining psixologik tahlili - rasmi

Material tavsifi

Talabalar faoliyatining psixologik tahlili Reja: Talabalarning o'quv, jamoatchilik va ilmiy faoliyatlari samaradorligini oshirishning psixologik shartlari. Talabalarning jamoatchilik faoliyatlarining psixologik xususiyatlari Talaba shaxsi va faoliyati birligi Talaba faoliyatida shaxs xususiyatlarining namoyon bo'lishi. Talabalar faolnyatida hissiy - irodaviy sifatlar va psixik holatlar A.A. Abdurazzoqov va E.P. Nazirovlarning Malumki, talabalarning yetakchi faoliyati o'qish hisoblanadi. O'quv faoliyati jarayonida mutaxassislarni tayyorlashning asosiy maqsadlariga erishiladi. o'qish faoliyati talabaning psixik jarayonlarining xususiyatlari rivojlanishiga kasbiy muhim bilimlar, ko'nikmalar va malakalarni zgallashga ta'sir ko'satadi. Agar o'qish ijodga aylansa, talabalarning hissiy sohasiga ijobiy ta'sir qiladi, diqqat va xotirasini rivojlantiradi, qoniqish hissini paydo qiladi, bilish faoliyatiga qiziqish ortadi. o'tkazgan tadqiqotlaridan malum bo'lishicha, birinchi va ikkinchi kurslarda auditoriyada beriladigan vazifalarga qiziqish kuchli bo'ladi. Yuqori kurslarda esa, auditoriyadan tashqari vazifalarga va mutaxassislikka boglyaq fanlarni chuqur o'rganishga qiziqish kuchayadi. Shuning uchun talabalarning o'quv faoliyatini rejalashtirishda ularning bu xususiyatlarini etiborga olish maqsadga muvofiq. Oliy o'quv yurtidagi o'quv yuklamalari hajmi shundayki, ularni muvaffaqiyatli bajarish uchun kuchli motivlar kerak. A.N. Leontev, L.N. Bojovich, P.Ya. Yakobson, V. Okon va boshqalarning tadqiqotlaridan malum bo'lishicha, ijobiy motivatsiyasiz talaba va o'quvchilar shaxsining tashqaridan majburlab o'qitilsa, kutilgan natijaga erishish mumkin emas. Demak, agar talaba tashqaridan majburlab o'qitilsa, kutilgan natijaga erishish mumkin emas ekan. Talabalarning o'quv faoliyati bilan o'z-o'zini baholashlari irtasidagi bog'liqlik ham ancha qiziqish uyg'otadi. Tadqiqotlarda shaxsning 27 ta ijobiy psixologik xislatlariga (talabalar o'zlariga o'zlari baho berishgan hamda guruh a'zolari ularga) baho berishgan. O'z-o'ziga baho va guruhiy bahoni taqqoslab, quyidagi qonuniyat aniqlandi. O'quv faolligi yuqori, yani yaxshi o'qiydigan talabalarda guruhning bahosi o'z-o'zini baxrlashdan yuqori. Yomon o'qiydigan talabalarda esa, teskari bog'liqlik ko'rinadi, yani ular o'zlarini o'zlari guruhning bahosiga qaraganda yuqori baholaganlar. Tadqiqotchilar shaxsning o'z-o'zini anglashi tuzilishida o'z-o'zini baholashni muhim element sifatida qarab quyidagi xulosalarga keldilar. Past o'zlashtiruvchi talabalar o'zlarining asosiy ijtimoiy psixologik xislatlarini baxrlashda notanqidiy yondashuv bilan ajralib turadilar. O'quv motivatsiyasi o'zgaruvchandir: o'qishning birinchi oylarida u juda kuchli bo'ladi, talabalarnyang uchdan bir qismida u o'zgarishsiz qoladi. O'quv motivatsiyasiga quyidagi omillar ta'sir qiladi; mashg'ulotlarning mazmuni, o'qitish metodikasi, o'qituvchining shaxsi, talabalar jamoasidagi o'zaro munosabat, erishilgan natijalar, musobaqalar. Ko'pincha talabalar o'qitish darajasidan norozi bo'ladilar. Ijodiylik, tadqiqotchilikky etibor berilgan o'quv faoliyati ular uchun qiziqarlidir, ,: Talabalar bilan o'tkazilgan . eksperimental tadqiqotlar ijobiy o'quv motivlarini shakllantirishga bog'lik, bo'lgan bazi sharoitlarni aniqlash imkonini beradi. Ular: 1. ta'limning - yaqinbevosita va oxirgi perspektiv maqsadlarini anglash, 2.o'zlashtirilgan bilimlarning nazariy va amaliy ahamiyatini anglash N.F. Dobrinin, 3ilmiy ma'lumotni hissiy shaklda bayon etish, 4 o'quv materialining yangiligi va uning mazmunini yetkazish, 5 o'quv materialining kasbiy yo'nalganlish, 6 o'quv faoliyatida qarama-qarshi ma'lumotli vazifalarni tanlash, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.84 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.84 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga