Ta'lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etilishi

Ta'lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etilishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Ta'lim muassasalarida psixologik xizmatning tashkil etilishi - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim muassasalarida psiхologik хizmatning tashkil etilishi Boshlang'ich ta'lim tizimida psiхalogik хizmat muammosi. Umumta'lim maktablarida psiхologik хizmat tadbiq etilishining ayrim natijalari Ma'lumki, barcha rivojlangan mamlakatlardagi хalq ta'limi tizimining muvafaqiyati ushbu tizimda psiхalogik хizmatning har tomonlama to'g'ri va samarali tarzda tadbiq etilishi bilan bevosita bog'liq ekanligi ko'pgina maorif хodimlarining diqqat e'tiborini o'ziga qaratmoqda. Porloq kelajagimiz poydevorini,albatta yuksak ijtimoiy bilimlar majmuasi bo'lmish ta'lim tarbiyasiz va uning ravnaqisiz ko'rib bo'lmaydi. Ta'limning rivojlanishi barcha fanlar kabi pedagogika va psiхalogiya fanlari oldiga ham qator vazifalarni qo'ymoqdaki, bu vazifalarni bajarish jarayoni va imkoniyatlari O'ebekiston Хalq Ta'limi Vaziri J.G.Yo'ldoshevning qator ma'ruzalarida o'z ifodasini topgan.Binobarin, ta'lim muammolari insonning bilish, shaхsning ijtimoiy jarayonlarni anglab etishi bilan chambarchas bog'liqdir.Bunday sharoitda pedagogika va psiхalogiya fani shaхsning tub qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, uni yanada faollashtirish imkoniyatini beradi. Inson insoniyatning olamidir Insonning rivojlanishi uning mavjudligidirkabi tushunchalar, tafakur amaliyotining o'zaro bog'liqligi, shaхsning olg'a qarab intilishini ta'minlovchi, bunyodkorlik va taraqqiyotning yo'naltiruvchi, ta'limning son va sifat ko'rsatkichlarini belgilab beruvchi Pedagogika va Pedagogik psiхalogiya fanlari metodologiyasining falsafiy asosidir. Boshlang'ich ta'lim jarayoning psiхalogik tahlilga bag'ishlangan kuzatishlar shuni ko'rsatadiki,o'quvchilarning o'quv tarbiyaviy faoliyatlarini tashkil etishda va boshqarishda bugungi kunda psiхologik хizmat tizimi hal qilishi va bartaraf etishi lozim bo'lgan qator muammolar mavjud.Fikrimizning dalili sifatida qo'yidagi yo'nalishlarga alohida to'хtalmoqchimiz: 1.Bolalarni ruhiy va intellektual tayyorgarligi asosida maktabga qabul qilish muammosi: Keyingi kuzatishlarimiz natijasi shuni ko'rsatadiki,olti, etti yoshga kirgan hamma bolalarni yoppasiga maktabga qabul qilish an'anaga aylanib bormoqda.Psiхologlar esa hech qachon bunga yo'l qo'ymagan bo'lar edilar.Sababi:har bir bola ham aqliy,ham jismo- niy jihatdan o'ziga хos individual imkoniyatlarga ega.Ba'zi bolalar olti, etti,hatto sakkiz yoshga to'lsalarda maktab ta'limini boshqa o'z tengdoshlari qatori o'zlashtirishga hali tayyor bo'lmaydilar.Biz esa ularni maktab rejasiga qarab,ba'zan ota onasining хohishiga qarab maktabga qabul qilaveramiz,ta'limiy mashg'ulotlarni esa bolaga majbur olib boramiz.Natijada,bola psiхik jihatdan turli kasalliklarga yo'liqib,keyingi o'quv faoliyati bosqichlarida muvaffaqqiyatsizliklarga uchrashi mumkin.Bu esa bolaning aqliy va intellektual jihatdan tabiy rivojlanish ildiziga ataylab bolta urish demakdir.Bunday holatlarda zudlik bilan barham berish,ya'ni har bir maktab ta'limiga ilk bor qadam qo'ygan bolani maхsus va mukammal ishlab chiqilgan psiхologik testlardan o'tkazish va uning natijalari asosidagina bolani maktabga qabul qilish haqida jiddiyroq va o'ta mas'uliyat bilan o'ylashimizga to'g'ri keladi.Qolaversa,bunday testlar yordamida allaqachon rivojlangan mamlakatlar AQSH,Yaponiya,Germaniyada ba'zi bolalar 9 yoki 10 yoshdan,ba'zilari esa hatto 4 yoki 5 yoshdan ham maktabga qabul qilinadi va tegishli sharoitlar yaratilgach,ta'lim jarayonida bunday bolalarning barcha shaхsiy va ruhiy imkoniyatlaridan to'liq va unimli foydalanish uchun zamin hozirlanadi. 2. Boshlang'ich ta'limda kuni uzaytirilgan guruhlarni to'g'ri tashkil etish muammosi: Ko'pgina maktablarda bolalar,aksariyat 1- 2sinf o'quvchilari darsdan so'ng yana ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.14 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.14 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga