Ta'lim psixologiyasi tushunchasi

Ta'lim psixologiyasi tushunchasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Ta'lim psixologiyasi tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim psixologiyasi Reja: 1. O'qishning mohiyati va uning qonuniyatlari. 2. Ta'lim jarayonini boshqarish muammosi. 3. Ta'limni intensivlashtirish va aktiv, mustaqil, ijodiy tafakkurni tarkib toptirish. 4. Ta'limni individuallashtirish va qobiliyatlarni rivojlantirish O'qishning mohiyati va uning qonuniyatlari. 1997 yilda qabul qilingan Ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida shaxs kamoloti asosiy masala sifatida e'tirof etilgan. Mavzuning dolzarbligi Ma'lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o'quvchilarning ta'lim jarayonida aniqlanadi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o'qituvchi o'z o'quvchilarida o'z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat qiladi. qiziqishlar orqali o'quvchilarda ta'limga aktiv munosabat namoyon bo'ladi. Qiziqishlar o'quvchilar hayotida katta rol o'ynaydi. Ular o'quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar - motivlaridir. O'quvchilarning muayyan maqsadni ko'zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni enga olishida, ishdan chalg'itadigan narsalar bilan shug'ullanishdan o'zini tiya olishida, unda o'qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon bo'ladigan iroda ta'lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Ta'lim jarayonini boshqarish muammosi Ta'lim jarayoni avvalo o'quvchilar diqqatini yo'lga solishni talab etadi. Darslarda ko'rgazmali qurollardan, texnik va EXM vositalaridan foydalanish ta'lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta'lim jarayonida ta'lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga keltirishgina emas, balki o'quvchilarning darsda o'tiladigan materialini idrok etishga tayyor turishlarini ko'zatish hamdir. Ta'lim jarayonining samaradorligi ko'p jihatdan o'qituvchi tomonidan beriladigan ko'rsatmalarga ham bog'liq. O'qituvchining roli shundan iboratki, u o'quvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolishi keraqligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so'zma-so'z esda olib qolishni, nimaning ma'nosini o'z so'zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko'rsatib o'tishi lozim. Ko'zatishlar ko'rsatadiki, bunday ko'rsatmalar berilmaganda, o'quvchilarda ko'pincha noto'g'ri tasavvurlar vujudga keladi. Motivlar bevosita o'quvchi shaxsining o'sishi va rivojlanishi bilan bog'liq D.B.Elkonin esa o'quv faoliyatining xususiyatlarini ko'rsatib, uni mohiyatiga, mazmuniga va o'zini namoyon bo'lish shaqliga ko'ra ijtimoiyligini ta'kidlaydi. O'quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o'quvchida o'zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida, qurilgan bo'lishi darkor. Bu motivlar bevosita o'quvchi shaxsining o'sishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lishi kerak. O'quv faoliyati ta'lim, o'qish va o'rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog'liqdir. O'qish va o'rgatish tushunchalari O'qish va o'rgatish tushunchalari o'quv faoliyati bilan bog'liq bo'lib, ular bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga, o'rgatishga xizmat qiladi. Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati: Motivastiya Ma'lumot usullari Ma'lumotning tushunarliligi Xotira Ma'lumotni qo'llash Ta'lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo'lib, ulardan biri: Ta'lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo'lib, ulardan biri: Aqliy xatti-harakatlar, bilimlar, malaka va ko'nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya.Galperin). Xulosa Umumiy psixologiya kursidan ma'lumki, idrok bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 230.3 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 230.3 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga