Ta'lim va aqliy taraqqiyoti Reja: 1.Ta'lim jarayoni haqida qisqacha tushuncha. 2.Ta'lim jarayonida kuzatuvchanlik va tafakkur tarkib toptirish. 3.Ta'lim jarayonida xotira. 4.Ta'limda diqqat va qiziqishlar. 5.Ta'limda irodaning roli. Tayanch iboralar: ta'lim, ta'lim muvaffaqiyatining omillari, kuzatuvchanlik uning ta'lim jarayonidagi o'rni, fikr yuritish jarayonlari va vositalari, shakllantirish usullari, ta'lim jarayonida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushurishning o'rni, ta'limda diqqatning o'rni, qiziqishlar, o'quvchining irodaviy zo'r berishi, o'z-o'zini qo'lga olishi. Ta'lim jarayoni haqida qisqacha tushuncha. Ta'lim talabaga mufyyan ko'lamda va darajada bilim, ko'nikma va malaka berishga, shuningdek shaxsning aqliy faoliyatini rivojlantirishga qartilgan murakkab jarayon hisoblanadi. Ta'lim ikki tomonlama xarakterga ega bo'lib, o'qituvchi (ta'lim beradi) va talaba (ta'lim oladi) larning hamkorlikdagi faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Ta'limning muvaffaqiyati, birinchidan o'qituvchi bilan talabalar jamoasi hamkorligidagi faoliyatining faol tarzda o'tishiga, ikkinchidan, nimalardan saboq berishga, Kim tomonidan tashkil qilishga, uni qanday metodlar Bilan amalga oshirishga va kimlarni o'qitishga ko'p jihatdan bog'liqdir. Oliy ta'lim tizimida o'qish o'qituvchi rahbarligidagi o'qitish jarayonining bir tomonini xarakterlaydi, xolos. O'qishdagi muvaffaqiyatni ta'minlovchi asosiy omil talabaning mustaqilligidir. Mustaqillik ta'limning obyektiv o'quv materiali, o'qitish sur'ati, metodi, darsliklar va boshqalar va subyektiv talabaning o'quv motivi, qiziqishi, mayli kabilar sabablariga ta'sir qiladi. Bu o'rinda ta'sir o'tkazish, ta'sirlanish, o'z-o'zini qo'lga olish, o'z-o'ziga buyruq berish holatlari muhim rol uynaydi. Pedagogik psixologiyada ta'lim o'qitish, o'qish o'rganish bilan bir qatorda o'zlashtirish tushunchasi ham qo'llaniladi. Oliy maktab amaliyotida o'qish va o'qitish oldiga qoyiladigan asosiy vazifa bilimlarni, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishdan ibratdir. O'zlashtirish jarayoni inson faoliyatining ajralmas qismi bo'lib pedagogik psixologik ta'sirlar talabalar ongida qay yo'sinda tasavvur obrazlari, fikr va mulohazalar bo'layotganligi, ularning amaliy faoliyatlarida qanday shaklda aks etayotganligi, psixik o'sishga, ilmiy dunyoqarash va e'tiqodlarni egallashga yordam berayotganligini aks ettiruvchi murakkab jarayon hisoblanadi. Ta'lim jarayonida kuzatuvchanlik va tafakkur tarkib toptirish. Kuzatuvchanlikni talabaarda shakllantirish uchun o'qituvchi ular oldiga aniq va muayyan maqsad qoyishni: yaxlit predmetdan bo'lak va qismlarni ajratishni, obyektlarni o'zaro taqqoslashni, muhim va nomuhim belgilarni farqlashni o'rgatish lozim. Kuzatish yordamida o'rganilgan narsa va hodisalar talabalar tomonidan rasmlar, chizmalar, loyihalar, esdaliklar, mulohazalar tarzida qayd qilib boriladi. Faol maqsadga yo'naltirilgan uzluksiz kuzatish zamirida ularning kuzatuvchanlik xususiyati tarkib topadi va bilimlarni puxta, tez va aniq o'zlashtirish uchun xizmat qiladi. Bilimlarni o'zlashtirishning muhim tomonlaridan biri o'quv materialini tushunishdan iborat bo'lib, ularning o'zoro bog'liqligi, predmetlararo aloqasi, muayyan sohalarga va tizimlarga taalluqligini anglash bosqichiga ko'tariladi. Talaba o'rganilayotgan materiallarni o'tilgan mavzular bilan murakkab ichki bog'lanishga ega ekanligini, qonuniyat ta'rifini, sabab-oqibat munosabatlari kelib chiqishini tushunish imkoniyatiga ega bo'lmog'i zarur. Bu narsalarni oddiy idrok qilish yoki kuzatish orqali anglab bo'lmaydi. Shuning uchun u fikrlash, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.03 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.03 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: doc