Ta'lim va tarbiya muammolari kognitiv maktab vakillari nuqtai nazaridan

Ta'lim va tarbiya muammolari kognitiv maktab vakillari nuqtai nazaridan

O'quvchilarga / Psixologiya
Ta'lim va tarbiya muammolari kognitiv maktab vakillari nuqtai nazaridan - rasmi

Material tavsifi

ta'lim va tarbiya muammolari kognitiv maktab vakillari nuqtai nazaridan Reja: Interiorizatsiya. Psixologik himoya mexanizmlari va xulq-atvor ta'lim va tarbiya muammolari kognitiv maktab vakillari nuqtai nazaridan Psixologiyada shaxsga doir kognitivistik yondashuvni amalga oshirgan olimlardan biri Jan Piajedir. Piaje konsepsiyasiga binoan bilishga doir faollik organizmning yashab ketish uchun optimal bo'lgan shartsharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Yani bilish jarayonlari organizmga tevarak-muhit bilan muvaffaqiyatli o'zaro ta'sirga kirish imkoniyatini beradi. Muhit va organizm muttasil o'zgarib turgani bois ular o'rtasidagi intellektual o'zaro ta'sir ham o'zgarishi lozim. Bilishga oid akt organizmni mavjud muhitda yashab ketishiga optimal shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Demakki, Piaje uchun intellekt dinamik tabiatga ega, zotan bilishga oid akt mazmuni organizmning biologik taraqqiyoti va tajriba egallashi bilan uzviy bog'liq. Piaje uchun intellekt har qanday tirik jonzotning integral qismidir, chunki har qanday jonli organizmlar yashab ketishga imkon beradigan optimal sharoitlarni qidiradi, biroq intellektning namoyon bo'lishi shart-sharoitlar o'zgargani bois vaqtning turli pallasida turlicha bo'ladi. Asosiy nazariy tushunchalar. Sxemalar. Go'dak so'rish, ushlash, erishish, ko'rish kabi yuqori darajada uyushgan reflekslarga ega. Piaje u yoki bu reflekslarni namoyon bo'lishidagi individual xususiyatlarini muhokama etgandan ko'ra so'rish, ushlash, erishish, ko'rish aktlarini amalga oshirish imkoniyatini beradigan umumiy qobiliyatlar haqida mushohada yuritishni maqul ko'radi. Mazkur yo'sinda harakat qila olish imkoniyati sxema nomini olgan. Masalan, ushlash refleksi sxemasi narsalarni ushlab olishga doir umumiy qobiliyatlarga oiddir. Sxema - ushlash refleksi namoyon bo'lishining birdan ortiq ifodasidir. Ushlash sxemasi deyilganda ushlashga doir barcha aktlarni belgilaydigan kognitiv tuzilma nazarda tutiladi. Ushlashga doir harakatning xususiy ifodasini ko'zdan kechirish paytida muayyan stimulga muayyan javob qaytarish kategoriyalaridan kelib chiqish lozim. Sxemaning har qanday xususiy ifodasining bunday jihati mazmun deb nomlanadi. Yani sxema muayyan xulqni namoyon etishning umumiy qobiliyatlariga doir bo'lsa, mazmun umumiy qobiliyatlarning xususiy ifodalarida ustivor shart-sharoitlarni tavsif etadi. Sxema Piaje nazariyasining o'ta muhim atamasidir. Uni organizm kognitiv tuzilmasining alohida elementi sifatida tasavvur qilish mumkin. Organizmga xos sxemalar uning tevarak-muhit bilan o'zaro ta'sirga kirish uslublarini belgilaydi. Ular nafaqat tashqi xulqiy ifodalarda aks etishlari, balki yashirin tarzda ham o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin. Yashirin tarzda ta'sir ko'rsatuvchi sxema sifatida tafakkurni olsa bo'ladi. Aniqki, bolaning olam bilan o'zaro munosabatga kirish usullari uning ulg'ayishi bilan o'zgarib boradi. Organizmning muhit bilan o'zaro ta'sirga kirishning yangicha uslublarini ishlab chiqish uchun bolaga xos sxemalar qayta uyushuvi (reorganizatsiya) zarur. Assimilyatsiya va akkomodatsiya. Vaqtning malum davrida organizm tasarrufidagi sxemalar miqdori uning kognitiv tuzilmasini tashkil etadi. Organizmning muhit bilan o'zaro ta'sirga kirish sifati uning kognitiv tuzilmasi ko'rinishi bilan bog'liq. Muhitdan kelayotgan axborotning idrok hajmi va hattoki, organizm javob berayotgan uning qismi, organizmda mavjud turli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 46.38 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 46.38 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga