Tarbiyasi qiyin bolalar Reja: 1. Tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar 2. Mustaqillik sharoitida tarbiyaning asosiy vazifalari «Tarbiyasi qiyin» bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S.Ligotskiy fikricha «qiyin» o'smir hayotining munosabatlar xarakterining natijasidir. Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Ularning malum bir qismi intizomsiz, ko'pol bolalardir. Ularning aktivligini maqsadga muvofiq o'zgartirish, ularga bazi huquqlarni berish yo'li bilan ularga ta'sir o'tkazish mumkin. Psixologiyada «Tarbiyasi qiyin» bolalarning bir qancha klassifikatsiyalari mavjud. Birinchi guruh - ijtimoiy salbiy mustahkam qarashlari ega bolalar. Ikkinchi guruh - qonunbuzarlarga taqlid qiluvchilar. Uchinchi guruh - ijobits va salbiy xalq - atvor steriotiplari o'rtasida ikkilanuvchi, o'z xatolarini tushunuvchi bolalardir. To'rtinchi guruh - irodali bolalarga bo'ysunuvchilar. Beshinchi guruh - qonunbuzarlik yo'liga tasodifan kirib qolganlar. Shuni aytish lozimki, tarbiyasi ogir bolalar bilan ishlovidalar yashayotgan muhit, oila, ular o'qiyotgan jamoag sinfning roli juda kattadir. Tarbiyali bo'lim - bu xulq-atvorini nazorat qilishdan iboratdir: bunday nazorat insonni yomon xatti-harakatlarni bajarmaslik imkoniyatini beradi. Agar shaxs xulq - atvorini axloqiyligi haqida qaygursa, u ijtimoiylashuvga erishgan bo'ladi. Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvni o'rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida olingan natijalarga asoslanadi: bola o'zini egotsentrik emas, balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday ragbatlantirilishi kerak? Tarbiya o'z mohiyatiga ko'ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishidir. Agar ta'lim shaxsning ongini shakllantirish bo'lsa, tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta'sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik xos. Odatda 6 oylik bolalar unga g'amxo'rlik qiladigan ota-onasiga bog'lanib qoladilar. Ota-onaning oldida bo'lishg ular bilan muloqotda bo'lish bolalarga juda yoqadi, ularning yo'qligi bolaga yoqmaydi. Ota - onaning g'amxo'rligini bildiradigan so'zlar, xatti-harakatlar bola uchun juda katta ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo'ladi. Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o'rganish jarayoni orqali sodir bo'lishi mumkin: xulq-atvorning istalgan shakllari g'amxo'rlik va etibor bilan taqdirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo'llab-quvvatlanmaydi. Lekin yaxshi xulq-atvorni rag'batlantirish va yomon xulq-atvor uchun jazolash axloqiy ijtimoiylashuvning kichik bir qismidir. Biz ko'rib chiqqan xulq - atvor hamma bolalarga ham taalluqli emas. Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an'ana va urf-odatlarni roli katta. Xalq urf-odatlari, an'analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do'stlik - birodarlik his - tuyg'ularini rivojlantiradi. Bular o'z navbatida yoshlar uchun ibrat namnasini o'taydi. Mustaqil jamiyatning baxt-saodati yo'lida halol mehnat qilish: jamiyat boyligini saqlash va ko'paytirish yo'lida har bir kishining tinmay g'amxo'rlik qilishi: ijtimoiy burchni yaxshi anglash; jamiyat hayotida va shaxsiy hayotda halollik va rostgo'ylik, axloqiy sofdillik, odamiylik va kamtarlik, milliy va irqiy adovtlarga aslo yo'l qo'ymaslik va shu kabilar tarbiya jarayonining muhim psixatlaridir. Tarbiya jarayonida g'amxo'rlikning ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.32 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.32 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc