Tarbiyasi qiyin o'smirlar psixologiyasi Reja: O'smirlarning tarbiyasi qiyinchilik xususiyatlari va uning kelib chiqish sabablari. Tarbiyasi qiyin o'smirlar tipologiyasi. Tayanch iboralar: tarbiyasi qiyinlik belgilari, kelib chiqishida: taqlidchanlik, bola bilan munosabat-muomiladagi xatoliklar va ularning oqibatlari haqida so'z boradi. tarbiyasi qiyin bolalar tipi: andishasiz, qaysar o'smirlar, beqaror, subutsiz o'smirlar, xudbinlar, affektiv o'smirlar va ular bilan ishlash haqida so'z boradi. O'smirlarning tarbiyasi qiyinlik belgilari va ular bilan ishlash tadbirlari Inson umrining o'smirlik bosqichida, bizningcha, asosan ikkita xatarli jihat paydo bo'ladi. Uningbittasi-kattalarga taqlid qilish, ikkinchisi - o'smirning oilada va maktabda nazoratn chetda qolish. Shu ikki jihat katta yoshdagi odamlar e'tiboridan tashqari, o'z oqimida, maqsadga muvofiq, tarzda kechadigan bo'lsa, oqibat tarbiyasi qiyin deb ataluvchi o'smirlar paydo bo'lishiga olib keladi. Birinchi jihatni tahlil qilib ko'raylik, chunonchi, o'smirlik bosqichidagi o'g'il va qizlarda ilk «kattalik» hissi yuzaga keladi. Bu yoshdagi o'smir munosabat uslubini o'zgartiradi, axloq mazmuni ham keskin o'zgaradi. Kattalarning tashqi qiyofasi, yurish-turishi, ko'zga tashlanadigan ayrim tomonlari o'smir shu davrga tezroq yetish istagini uyg'otadi. Jumladan modaga qiziqish, o'ziga aro berish, o'zgacha «madaniy» horqdiq chiqarish, mulzamat qilishga intilish kabilar. Ular ko'pincha talablarga, katta yoshdagi kishilarga, televizor va kinolarda ko'rgandlariga taqlid qiladi. O'z tasavvurida nimani ommabop deb hisoblasa, xuddi shu narsani namuna tarzida qabul qiladi. O'smirda o'z-o'zini va o'zgalarni baholash mezoni ana shu tariqa yuzaga keladi. Shuning uchun unda yangi his-tuyg'ular, orzu-umidlar, sevgi haqidagi kitob solish holatlari ko'zga tashlanadi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, o'smirda dastlab kattalga taqlid qilish odati kuchli bo'ladi. Shuning uchun, ota-ona va yaqin kishilar bu jihatni o'smir huzurida doim esda tutishlari, o'zaro munosabatlarida, yurish-turishlarida, unga namuna bo'larli maqomda turishlarizarur. O'qituvchilar maktab jamoa tashkilotlari rahbarlari haqida ham ayni mulohazani bildirish ma'qul. Endi ikkinchi jihatga diqqat qilsak, bunda engsh xatarli tomon-o'smirning beqaror yigitchalar bilan muloqotga kirishishidir. Bunday kishilar uni noto'g'ri, egri yo'lga boshlaydilar, o'z shaxsiyatini ko'zlab yashashga o'rgatadilar. Shuni aytish joizki, bo'sh vaqtni nazoratsiz o'tkazishga o'rgangan o'smir ko'cha-kuyda bevaqt va behuda yuradigan bo'lib qoladi. Bunday sharoitda ayniqsa pulga ruju qilgan o'smir turli xil qonunbuzar ishlarni amalga oshirishga kirib ketishi ehtimoldan holi emas. Shunga ko'ra, har bir ota-ona o'z o'g'il yoki qizining bo'sh vaqtini maqsadga muvofiq o'tkazishni ta'kidlashi zarur. O'smirni bo'sh vaqtlarida nazoratsiz qoldirish noxush kechinmalar sari yetaklaydi. Bolalari maktabda kelib qayoqqa yuradi, kimlar bilan uchrashadi, o'rtoqlari kim - buni ota-ona albatta bilishi, doimo kuzatib aniqlashi kerak. Agar o'smirning yurish-turishi nazorat qilinmasa, bamaylixotir yurishga o'rganib ketadi va keyin uni bunday xulqdan qaytarib olish qiyin kechadi. Har qanday holatda o'smirni haqorat qilish, uni kaltaklash mutlaqo chramaydi. Aksincha uning salbiy odat va xatti-harakatlari, axloqiy jihatdan ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.98 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.98 KB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:08 ]
Arxiv ichida: doc