TASAVVUF TA'LIMOTINING PSIXOLOGIK ASOSLARI Reja 1. Tasavvuf ta'limoti haqida. 2. Tasavvuf komillik, barkamollik yo'li. 3. Ruhiy kamolotga erishish yo'li. ADABIYoTLAR 1. Xoshimov K va b. Pedagogika tarixi 2. Islom ensiklopediyasi 3. Falasafa qomusiy lug'at Tasavvuf (so'fiylik yoki sufizm) islom falsafasida diniy falsafiy yo'nalish sifatida VII asrning o'rtalarida arab xalifaligi mamlakatlarida vujudga keldi. U, asosan, shu mamlakatlarning ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyotining xususiyatlari bilan taqozo qilingan bo'lsa ham, lekin undan neoplatonizm ta'limotining, iudaizm, xristianlik, zardushtiylik va ayniqsa buddizm diniy ta'limotlarining ta'sirini yaqqol ko'rish mumkin. Tasavvuf paydo bo'lganidan keyin u turli davrlarda, dastlab arab mamlakatlarida, keyinchalik Yaqin va O'rta Sharq, Markaziy Osiyo, Shimoliy Hindiston, Pokiston, Shimoliy-G'arbiy Xitoy, Indoneziya kabi mamlakatlarga keng tarqaladi. Natijada, tasavvuf dunyodagi turli xalqlarning ijtimoiy hayotidan, ularning falsafiy va badiiy tafakkuridan keng o'rin olgan, ko'p tarmoqli, ko'p yo'nalishli murakkab ta'limotga aylanadi. Lekin u turli mamlakat xalqlari o'rtasida turlicha mazmun kasb etsa ham, uning ruhi islomiy ruh bo'lib qoladi. Tasavvuf islom ta'limoti olamidagi mazhablar, oqimlar silsilasi ichida o'zining demokratik o'zgrashlariga izn bergani, inson qalbi va ruhiyatini nishonga olib, axloqiy poklikni targ'ib qilishi bilan, jaholat va xudbinlikka qarshi maydonga chiqqanligi jihatidan ilmi va odat yoki ilmi tavhid nomini oladi. U islom dunyosidan «tarihi tasavvuf», yani tasavvuf yo'li sifatida musulmon ahlining el-yurt ishlarini ado etishi, shariat qoidalariga rioya qilishning birdan-bir to'g'ri yo'li, deb qaraladi. Ilmiy, falsafiy va diniy adabiyotlarda «tasavvuf» so'zining lug'aviy manosi nimadan iboratligi va u qanday so'zdan kelib chiqqanligi to'g'risida hanuzgacha yagona fikrga kelgani yo'q. Ko'pchilik tadqiqotchilar tasavvuf so'zi, asli arabcha: «suf» so'zi (undan «so'fi», «sofizm» so'zlari ham) dan kelib chiqqan bo'lib, «suf» - bu arabcha: «suffa» - o'zbekcha jun, jundan, degani, bu ta'limot yo'liga kirgan kishilar dastlab jundan to'qib tayyorlangan xirqa (bizningcha: chakmon) kiyib yurishgan, shu sababli ular ta'limoti «sufiylik» yoki «tasavvuf» deyilib, o'zlari esa «sufilar» deb atalgan, degan fikrni bildirishadi. Boshqa tadqiqotchilar esa «tasavvuf» ni, uning o'zagi «suf» ni yunon tilidagi «sofos» («donishmandlik») so'zidan olinganligini qayd qilishadi. Tasavvuf ta'limotining yirik tadqiqotchilaridan biri A. Krimskiyning yozishicha, «sufi» so'zi VII asrning o'rtalaridan boshlab adabiyotlarda qo'llanila boshlagan. Bu so'z dastlab, asosan, komil, yetuk, e'tiqodli musulmon darvishlarga nisbatan ishlatilgan. «Qiyos ul - lug'at» da esa shunday yozilgan. «Sufi- xirqapo'shdir, zeroki, yungni suf deyiladi; fuqaroning istilosidan, o'z diliga nigoh qaratgan, xayolini haqdan boshqa barcha narsalardan poklagan kishi «sufi» deb ataladi», deyiladi. Shuningdek, mutasavvuf Muhammad G'iyosiddin: «sufi», sufa so'ziga mansub bo'lib, so'fiylar johiliyat ayyomida Kabada xalqni haqqa davat etish ishi bilan shug'ullanganliklari sababli ular tasavvuf ahli mavqeiga erishganlar, deb yozadi. Mutasavvuf Abul Xasan Ali ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.11 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.11 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc