Temperament (mijoz)

Temperament (mijoz)

O'quvchilarga / Psixologiya
Temperament (mijoz) - rasmi

Material tavsifi

Temperament (mijoz) Reja: Temperament haqida tushuncha. Temperament va oliy nerv faoliyati. Temperament tiplari. Temperament va faoliyat uslubi. Tayanch iboralar: Temperament haqida tushuncha. Temperament haqidagi nazariyalar: gumoral (Gippokrat), konstitutsional (Krechmer, Shel'don), nervfiziologik (I.Pavlov) va h.k. Oliy nerv faoliyati tiplari va temperament. Temperament tiplari va ularning psixologik xarakteristikasi. Temperament va shaxs. Shaxs faoliyatining individual uslublari. O'quv va mehnat faoliyatida o'quvchilarning temperamenti xususiyatlarini hisobga olish. TEMPERAMENT HAQIDA TUSHUNCHA Ma'lumki, odamlar xulq-atvor va faoliyat motivlari nisbatan teng bo'lganda, bir xil tashqi ta'sir etganda, bir biridan ta'sirchanligiga va ko'rsatayotgan energiyasiga ko'ra sezilarli darajada farq qiladilar. Jumladan, bir xil kishi sekinlikni, boshqasi shoshilishni yoktiradi, bir xil odamlarga hissiyotlarning tez o'yg'onishi xos bo'lsa, boshqasiga esa sovuqqonlik xosdir, boshqa birovni keskin imo-ishoralar, ma'noli mimika, boshqasining harakatlarida og'ir-bosiqlik, yuzining juda ham kam harakat qilishi ajratib turadi. Kishining harakatlardagi o'zgarishi tabiiy ravishda ko'pincha tarbiyalangan ustanovkalar (ko'rsatmalar) va odatga, vaziyatning talabiga va shu kabilarga bog'liq bo'ladi. Ammo SO'Z yuritilayotgan individual farqlar o'zlarining tug'ma asosiga ega bo'lishi shubhasizdir. Bu shu narsa bilan tasdiqlanadiki, bunday farqlar bolaligidayok ma'lum bo'la boshlaydi, xulq-atvorning va faoliyatning turli sohalarida ko'rinadi va alohida barqarorligi bilan ajralib turadi. Individga xos dinamik fazilatlar o'zaro ichki bog'lanishga ega bo'lib, o'ziga xos tuzilishni tashkil etadi. Temperamentning xususiyatlari psixikaning individual xususiyatlaridan bo'lib, inson psixik faoliyatining o'tishini, dinamikasini belgilab beradi. Psixik faoliyat dinamikasi faqat temperamentga bog'liq emas. Psixik faoliyat dinamikasi kishining motivlariga, psixik holatlariga ham bog'liqdir. U holda temperament va kishining faoliyatiga ta'sir qiluvchi xususiyatlarni qanday farqlash mumkin. Buning uchun quyidagi belgilarni hisobga olish zarur. 1.Temperament xususiyatlari faqat bir turdagi emas, balki har xil va turli maqsadlardagi faoliyat turlarida, mehnatda, o'yinda, sportda, o'quv mashg'ulotlari jarayonida nomoyon bo'ladi. 2. Temperament xususiyatlari odam hayotining butun davomida yoki ma'lum qismida barqaror va o'zgarmasdir. 3. Temperament xususiyatlari bir-biri bilan tasodifiy emas, balki qonuniy bog'langan bo'lib ma'lum tuzilishni tashkil qiladi. Shunday qilib, temperamentning xususiyatlari deganda, bir inson psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda, maqsadlarda nisbatan o'zgarmaydi hamda temperament tiplarini xarakterlovchi tuzilishni hosil qiladi. Temperament lotincha - temperamentum - qismlarning nisbati degan ma'noni anglatadi. Qadimda kishidagi tuyg'ular va harakatlarning xususiyatlari uning tanasidagi sharbatlarning(suyuqliklarning) miqdoriga, ularning nisbatiga bog'liq deb hisoblanar edi. Bularning aralashmasi temperamentdir. Qadimgi grek vrachi va tabiatshunosi Gippokrat (eramizdan oldingi Y asr ) taxmin qilgan: bir xil odamlarning organizmida safro yoki o't (chole) ko'p bo'lsa - xolerik; qon (sanguis) ko'p bo'lsa - sangvinik; shilliq narsa - balg'am (phlegma) ko'p bo'lsa - flegmatik, qora safro (melane chole) ko'p bo'lsa melanxolik tipiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.18 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.18 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga