Temperament, temperament tiplari

Temperament, temperament tiplari

O'quvchilarga / Psixologiya
Temperament, temperament tiplari - rasmi

Material tavsifi

Temperament, temperament tiplari Pedagog doimo talabalarning bir-biridan ish qobiliyati, diqqatining ko'chuvchanligi, bo'linuvchanligi, idroki tezligi, xotirasi, tafakkuri, hissiy xususiyatlari bilan farq qilishiga duch keladi. Farqlarning namoyon bo'lishi ko'p hollarda talaba temperamentiga bog'liqdir. Zamonaviy psixologik va oliy nerv faoliyatini o'rganish temperament xususiyatlari tabiiy, o'zgarmas genotipik tabiatga egaligini ko'rsatadi. Temperament xususiyatlari talaba xatti-harakatining qanday yuzaga chiqishini to'liq aniqlab bermasada, uning asosi, zaminini tashkil qiladi. Bu asos turli faoliyatning oson yoki qiyin yuzaga chiqishini belgilab beradi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, o'quv jarayonining tashkiliy tomonlari ko'proq turg'un tabiatli, ekstravert toifasiga mansub talabalarga mos keladi. Introvert, ta'sirchan talabalar uchun esa qiyinchiliklar ko'proq uchrar ekan. Talabalarning bir qismining individual-psixologik xususiyatlari o'quv faoliyati talablari bilan mos kelmaydi. Ular o'zlarida yuqori temp faoliyati, uyalmaslik, tez toliqmaslik kabi xususiyatlarni shakllantirishga majbur bo'ladilar. Ularning muvaffaqiyatlari faoliyat talablariga moslashuvchanlik, o'zlarida bo'lmagan xususiyatlarni to'ldirish hisobiga erishiladi. Ular pedagoglarning yordamiga ko'proq muhtojdirlar. Temperament to'g'risida umumiy tushuncha Psixologiya fanining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to'g'risidagi talqinlar xilma-xil bo'lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o'ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament lotincha ―temperamentum» degan so'zdan olingan bo'lib, buning manosi «aralashma» degan tushunchani anglatadi. Temperament to'g'risidagi dastlabki ta'limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460-356 yillarda yashagan) yaratgan bo'lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo'llanilib kelinmoqda. Uning ta'limotiga binoan inson tanasida to'rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo'lib, ular o't yoki safro (yunoncha chole), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis), qora o't (yunoncha melanos - «qora», chole -«o't»), balg'am (yunoncha «phlegma») kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha: o'tning xususiyati-quruqlikdir, uning vazifasi-tana a'zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quriq tutishdir; qonning xususiyati- issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir; qora o'tning xususiyati-namlikdir, uning vazifasi-badan namligini saqlab turishdir; balg'amning (shilimshiq moddaning) xususiyati-sovuqlikdir, uning vazifasi-badanni sovutib turishdan iboratdir. Gippokrat ta'limotiga muvofiq, har bir insonda shu to'rt xil suyuqlik mavjud bo'lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha temperamentum) lardan qaysi biri salmoqliroq bo'lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi, xolerikda sariq o't, sangvinikda qon, melanxolikda qora o't, flegmatikda balg'am (shilimshiq modda) ustun bo'lishi takidlanadi. Gippokratning to'rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, yani temperament tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy manoda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo'llanilib kelinmoqda. Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning fiziologik mexanizmlari keyingi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning bosqichlarida yaratiladi hamda bu borada izlanishlar davom ettirilmoqda. Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan o'z hissini qo'shgan olimlardan biri rus fiziologi I. P. Pavlov hisoblanadi. I. P. Pavlov ta'limoti bo'yicha, shartli reflekslar paydo bo'lishining individual xususiyatlari ro'yobga chiqishining sabablari nerv tizimi xususiyatlari mohiyatidandir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.53 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.53 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga