Tergov eksperimentini o'tkazish psixologiyasi va sud psixologik ekspertizani tayinlash zarurati Reja 1.Eksperiment qatnashchilarining psixologik xususiyatlarini aniqlash. 2. Tergov eksperimenti va sud - psixologik ekspertizani tayinlash zarurati 3. Eksperiment usuli bilan dalillarni tekshirishda ayblanuvchining bilim, malaka va ko'nikma qobiliyatini aniqlash. 4. Ko'rsatmalarni voqea joyida tekshirish psixologiyasi Tergov eksperimenti alohida protsessual harakat bo'lib, mavjud faktlarni tekshirish va yangi dalillar olish maqsadida o'tkaziladi. Uning mazmuni muayyan sharoitda va malum vaziyatlarda biron-bir voqea-hodisaning tafsilotlarini aniqlash maqsadida turli tajribalar o'tkazishdan iboratdir. Tergov eksperimenti uning qatnashchilariga psixologik ta'sir o'tkazishning kuchli vositasi bo'lib hisoblanadi. Uning natijalari muayyan hodisaning yuz berishi mumkinligi yoki mumkin emasligidan dalolat beradi. Eksperiment qatnashchilari, yani uni o'tkazuvchilarni to'g'ri tanlash alohida ahamiyatga egadir. Ularni o'tkazishda odatda keng doiradagi shaxslar jalb etiladi. Eksperimentda tergovchi va xolislardan tashqari ayblanuvchi, jabrlanuvchi, turli sohalar bo'yicha ilm-fan mutaxassislari, shuningdek, u yoki bu tajribani o'tkazishni ta'minlaydigan texnik xodimlar ishtirok etishlari mumkin. Eksperiment jarayonida jinoyat ko'rinishi, sahnasining aynan qaytarilishi tayyorgarlik va o'tkazish paytida qatnashchilardan birontasining insoniylik shaniga, g'ururiga ta'sir etuvchi va poymol etuvchi, shuningdek hayotlari va sog'liklariga xavf soluvchi xatti-harakatlarga olib kelmasligi zarur. Masalan, nomusga tegishga oid jinoiy ish bo'yicha jabrlanuvchi ishtirokidagi tergov eksperimenti o'tkazilmaydi. Tergov eksperimentini o'tkazish uchun bir qator shart-sharoitlarni hisobga olish va ularni yaratish talab etiladi. Xususan tekshirib ko'rilayotgan xatti-harakatlar yoki voqea-hodisalarga imkoni boricha o'xshash moddiy shart-sharoitning mavjud bo'lishi, subyektiv psixofiziologik omillar takrorlanishi, modellashtirilgan tajriba holatlarining qaytarilishi maqsadga muvofiqdir. Ayrim hollarda ayblanuvchi, bazan esa jabrlanuvchi ham muayyan tomondan manfaatdor bo'lganliklari uchun tergov eksperimentida qatnashishga rozilik bildiradilar-u, voqea-hodisa to'g'risida noto'g'ri ko'rsatma berishga yoki chalg'itishga harakat qiladilar. Bunday paytlarda tergov eksperimenti natijalari o'ta hushyorlik bilan baholanishi lozim. Ekperiment paytida qatnashchilar murakkab psixologik holatda bo'ladilar, bu ularning xatti-harakatlari, nutqlari, o'zlarini tutishlariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazadi. Eksperiment jarayonining shart-sharoitlari, vaziyat, atrofda yig'ilganlar ta'siri natijasida bazan eksperiment ishtirokchilari voqea sodir bo'lgan paytdagi hissiyotlarni boshdan kechirishadi yoki aksincha talmovsirab, dovdirab qolishadi. Tergov eksperimentining bosh maqsadi - tajriba o'tkazish va olingan natijalarni haqqoniy baholashdan iborat. Eksperiment jarayonida tergovchining zimmasiga tajriba o'tkazishni uyushtirish, nazorat qilib turish, uning qanday o'tayotganini qayd etib borish, olinadigan natijalarni baholash yuklatiladi. Tergovchi tajribalarning sonini, takroriyligini belgilaydi. Tajribalarning ko'p marotabaligi tergov eksperimentining asosiy talablaridandir. Ikkinchi talab - tajriba shaklining yangilanishi, yani takrorlanayotgan keyingi har bir tajriba birinchisidan birmuncha o'zgartirilgan sharoitlarda o'tkazilishi. O'zgartirilgan tarzdagi tajribalar o'rganilayotgan obyekt yoki subyekt haqida to'laroq ma'lumot berib boradi. Qonunga ko'ra quyidagi holatlarda sud ekspertizalari tayinlanadi: o'limning sabablari va tan jarohatlarining xarakterini aniqlash uchun; gumondor yoki ayblanuvchilarning jinoyat sodir etilgan paytda o'z xatti-harakatlari uchun javob bera olish-olmasligi yoki ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.14 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.14 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc