Tezkorlik qobiliyatini tarbiyalash Reja: Tezkorlik tushunchasiga ta'rif. 2. Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalash. 3. Murakkab reaksiya tezkorligini tarbiyalash. 4. Tezkorlikni rivojlantirish uslublari. Sportda tezkorlik ko'p jihatdan sportchining asab jarayonlari harakatchanligiga, sharoitlarga, raqib harakatlaridagi ko'rimsiz o'zgarishlarni sezishga bo'lgan sezgirlik unda qay darajada rivojlanganligiga, musobaqada har safar yuzaga kelgan vaziyatni bir zumda qabul qilish va to'g'ri baholash olish malakasiga, taktik harakatlarni o'z vaqtida va aniq bajarishga bog'liq. Tezkorlikning fiziologik va biologik asoslari. Reaksiyaning latent (yashirin) vaqti beshta tarkibiy qismdan iborat: 1. Retseptorda qo'zg'alishning paydo bo'lishi; 2. Qo'zg'alishni markaziy nerv sistemasiga uzatish; 3.Qo'zg'olishning nerv yo'llari bo'ylab o'tib borishi va effektor signal hosil bo'lishi; 4. Signalning markaziy nerv sistemasidan muskulga o'tkazilishi; 5. Muskulning qo'zg'alishi va unda mexanik faollik paydo bo'lishi. Reaksiyalar oddiy va murakkab bo'ladi. Oddiy reaksiya oldindan malum bo'lgan signalga ilgaridan malum bo'lgan harakat bilan javob berishdir. Bunga yugurishda start olish, pistoletdan otish misol bo'la oladi. Reaksiyalarning qolgan barcha tiplari murakkab reaksiyalardir. Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalashda bir necha metodlardan foydalaniladi. Bulardan eng ko'p tarqalgani to'satdan paydo bo'ladigan signalga yoki tevarak-atrofdagi vaziyatning o'zgarishiga qayta, mumkin qadar tezroq, reaksiya ko'rsatish metodidir. Masalan: yugurishda past start olishni qayta bajarish, o'qituvchining signaliga muvofiq harakat yo'nalishini o'zgartirish, boksda raqibining avvaldan malum bo'lgan hujum zarbiga javoban himoyalanish. Bu metod yangi shug'ullanuvchilar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlarda tez orada ijobiy natijalar ko'rsatadi. . Tezkorlikning juda ko'p o'tishi oddiy reaksiyalar uchun xosdir: ayrim vaziyatlarda tezda biror qarorga keluvchi kishilar boshqa sharoitlarda ham tezroq biror fikrga keladilar. Tez bajariladigan xilma xil mashqlar bilan shug'ullanish oddiy reaksiya tezkorligini yaxshilaydi. . Ko'rib harakat qilish reaksiyasi vaqti sport bilan shug'ullanmaydigan kishilarda o'rtacha 0,25 sek.dan 0,35 sek. o'rtasida o'zgarib turadi. Sportchilarda bu vaqt kamroq 0,15-0,20 sek., bazilarida esa 0,10-0,12 sek.ga teng. Tovush signaliga reaksiya ko'rsatish vaqti odatda birmuncha kamroq bo'ladi: mashq qilmagan kishilarda taxminan 0,17-0,27 sek; xalqaro toifadagi bazi bir sprinterlarda esa 0,05-0,07 sek.ga teng. Murakkab reaksiyaning ikki xili, yani harakatdagi obyektga bo'ladigan reaksiya va tanlash reaksiyasi mavjud. Harakatdagi obyektga bo'ladigan reaksiya yakkama-yakka olishish mashqlari va to'p o'yinlarida ko'proq uchraydi. Masalan: darvozaga to'p tepilgan vaqtda darvozabon quyidagilarni bajarishi kerak: 1. To'pni ko'rishi; 2. To'pning yo'nalishini va uni uchish tezligini baholashi; 3. Nima qilish rejasini tanlashi; 4. Bu rejani amalga oshira boshlashi. Tanlash reaksiyasi raqibi xatti-harakatlarining yoki tevarak-atrofdagi sharoitning o'zgarishiga muvofiq ravishda mumkin bo'lgan harakatlantiruvchi javoblardan keragini tanlab olish bilan bog'liq. Masalan, himoyalanayotgan nayzaboz raqibining qaysi usulda hujum qilayotganiga qarab, himoyalanishning mumkin bo'lgan variantlaridan birini tanlaydi. Tanlash reaksiyasining murakkabligi sharoitning o'zgarish imkoniyatlarining rang-barangligiga, yakkama-yakka olishishda raqibining xilma-xil harakat qilishiga bog'liq. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
11.57 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
11.57 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: ppt