Tibbiyot deontologiyasi va psxologiya

Tibbiyot deontologiyasi va psxologiya

O'quvchilarga / Psixologiya
Tibbiyot deontologiyasi va psxologiya - rasmi

Material tavsifi

Tibbiyot deontologiyasi va psxologiya Reja: Tibbiyot deontologiyasi haqida tushuncha Tibbiyot etikasi va uni rivojlantirish Bemor va tibbiyot hodimi o'rtasidagi munosabat Tibbiyot deontologiyasi - tibbiy hodimlarning kasbiy xulq-atvori haqidagi fan Etika - grekcha «yetxos» so'zidan olingan bo'lib, u urf-odat, axloq degan ma'noni bildiradi Vrachlik siri - bemor kasalligi bilan bog'liq ma'lumotlarni vrach tomonidan sir tutilishi. Tibbiyot deontologiyasi (grekcha deontos-zarur lozim bo'lgan narsa va logos-ta'limot) tibbiyot hodimlarining kasbiy xulq-atvori haqidagi fandir. «Deontologiya» kishining professonal xulq-atvori haqidagi fanni ifodalash uchun 21-asrning boshlarida ingliz faylasufi Iyerimiya Bentam tomonidan taomilga kiritilgan edi. «Deontologiya» tushunchasi teng ma'noda professional faoliyatning har qanday sohasiga - tibbiyot, muhandislik, yuridik, agronomik va x.k. sohalariga ham taaluqlidir. Osiyo davlatlarida XV-XVI asrlardayoq tarkib topgan. Mustaqil O'zbekistonimizda deontologiyaning shakllanishiga buyuk allomalarimiz Xorazmiy, Farg'oniy, Ismoil al-Buxoriy, At-Termiziy,Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa buyuk olimlarimiz o'zlarining yaratgan nodir asarlari bilan katta ta'sir ko'rsatishdilar. Ayniqsa Ibn Sino tibbiyot sohasidagi o'lmas asarlari bilan O'rta Osiyoda tibbiyotning yuksalishiga o'zining bebaho hissasini qo'shgan. Tibbiyot deontologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat - tibbiyot hodimlari xulq atvorlarining davolash samaradorligini imkoni boricha oshirishga qaratilgan tamoyillarini o'rganish - tibbiy xizmatdagi noqulay omillarga hamshira va vrach faoliyatidagi ziddiyatlarga, patologik ko'rinishlarga barham berish. - tibbiyot hodimlari bilan bemorlar o'rtasida o'rnatiladigan o'zaro munosabatlar tizimini o'rganish. - zamonaviy tibbiyot va bemor talabiga javob bermaydigan tibbiyot xizmatining zararli omillarini tugatish. Gippokrat qasami haqida nimalarni bilasiz? Tibbiyot etikasi umumiy etikaning bir qismi hisoblanadi. Tibbiyot etikasi qadimgi Gresiyada katta taraqqiyotga erishdi va Gippokrat qasamida yaqqol namoyon bo'ldi. Gippokrat qasami tibbiyot etikasining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Keyinchalik tibbiyot o'quv yurtlarini bitirib chiquvchi talabalar «Fakultet va'dasi»ga imzo chekkanlar, unga Gippokratning axloqIy nasihatlari asos qilib olingan. Buguni kunga kelib tibbiyot etikasi tamoyillari yanada rivojlandi. Vrach siri degan narsa ustida (Aniqrog'i tibbiyot siri degan narsa ustida) alohida to'xtalib o'tish kerak. Bu tibbiyot hodimi etikasiga ta'luqli masaladir. Tibbiyot hodimlarining ishini xususiyatiga ko'ra, bemor o'zining eng chuqUr kechinmalarini ularga izhor etadi, o'zlarining oilaviy va boshqa ishlari to'g'risidagi ma'lumotlarni, hech kimga aytmaydigan gaplarini tibbiyot hodimi bilan o'rtoqlashadi. Bemorlarning ishonib aytgan ma'lumotlarini esa hech kimga aytmaslik kerak. Etik munosabatlar qanday bo'lishi kerak? Tibbiyot hodimlari bemor bilan muomala qilishda etika normalariga amal qilishdan tashqarii, kasbiy sabr-to-at va o'z-o'zini tuta bilish yuksak tuyg'usiga ham ega bo'lishi kerak. Tibbiyot hodimi bilan bemor o'rtasidagi ishonch vaziyatini vujudga keltirish davolash siriga qat'iy rioya qilinishi shart hisoblanadi. Tibbiyot hamshirasining ishi faqat katta jismoniy zo'riqishni bajarish bilan emas, balkiy katta hissiy zo'riqish bilan ham bog'liq bo'lib, bu narsa bemor kishilar bilan muomala qilish chog'ida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.29 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.29 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga