Tibbiyot psixologiyasini o'qitishning mazmuni

Tibbiyot psixologiyasini o'qitishning mazmuni

O'quvchilarga / Psixologiya
Tibbiyot psixologiyasini o'qitishning mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Tibbiyot psixologiyasini o'qitishning mazmuni Tibbiyot psixologiyasi psixoiogiyaning tibbiyot bilan ayniqsa uning psixiatriya, nevrologiya, psixoxirurgiya kabi sohalari bilan aloqasini ko'rsatadi. Tibbiyot psixologiyasi predmeti hozirgi davrda ham aniq va bir ma'nodagi o'z tushunchasiga ega emas. Ba'zilar «tibbiyot psixologiyasi» va klinik psixologiya tushunchalari bir narsa deb hisoblaydilar. Boshqalar ulardagi farqni ko'rsatadilar ularni ajratadilar. Rossiya davlat ta'lim standarti ro'yxatida «Klinik psixologiya» deb atalgan o'quv fani mavjud, lekin «Tibbiyot psixologiya»si degan fan unda mavjud emas. Ammo bilimlarning bunday sohasini psixologik mutaxassisligi bo'yicha talabalar uni amahy o'rganadilar. Klinik psixologiya haqida gapirsak, unda ta'lim davlat standartida ochib berilgan mazmuni bo'yicha psixologlar tomonidan emas balki, talaba hamshiralar tomonidan o'rganilishi kerak, chunki psixologlar o'z xizmat vazifalari sohasi bo'yicha statsionarlarda davolanishda bo'lgan bemorlar bilan ishlamaydilar. Biz tibbiyot psixologiyasi mustaqil o'quv fanidan iborat degan tasawurdan kelib chiqamiz va uning mazmuni klinik psixologiya bilan bir xil emas. Ammo tibbiyot psixologiyasi predmetining turli namoyondalari uni mustaqil ilmiy soha deb tan olishsada, turlicha tushuntiradilar. Tibbiyot institutlari talabalari uchun «Tibbiyot psixologiyasi» o'quv qo'llanmasida ushbu masalaga to'rtta nuqtayi nazarlar kelttriladi. Ulardan birinchisi: tibbiyot psixologiyasi - bu talaba - shifokorlar va shifokorlarga mo'ljallangan an'anaviy psixologiya asoslari sifatida boshqa mualHflar tibbiyot psixologiyasi mazmunining kasalliklar tabiatini psixologik tahlil qilish, birinchi navbatda nerv-psixik kasalliklami o'rganish deb hisoblaydilar. Uchinchi tadqiqotchilar tibbiyot psixologiyasini umumiy psixologiya bilan bir xil deb hisoblaydilar, Yangi bu ilmiy fanning predmeti psixik kasalliklami va faqatgina ularni o'rganish deb hisoblaydilar. Bu fikrni dalillar keltirib tanqid qilgan mualliflar o'zgarishi to'rtinchi nuqtayi nazarini ifoda etadilar, ular bu ilmiy fan «bemorning psixikasi xususiyatlari turli ko'rinishlarini va ularning sog'liqqa va kasallikka ta'sirini», «psixologik davolash ta'sirlari tizimini, shu jumladan, «Shifokor - bemor tizimini» o'rganadi deb hisoblaydilar. Mualliflar tibbiyot psixologiyasi o'zining shunchalik muhimligiga qaramay «umumiy tibbiy amaliyotdan alohida bo'Iib nafaqat ojiz balki qo'llanilishi ham mumkin emas» deb hisoblaydilar. Shunday qilib, mualliflar faqatgina «tibbiy yordam ko'rsatilishi sharoitidagina» bemor odamlar psixikasi tibbiyot psixologiyasiga taalluqli, meditsinadan tashqarida esa ularni tasawur qilmaydilar va bundan kelib chiqib tibbiyot psixologiyasi - bu psixoiogiyaning emas, balki meditsinaning sohasi deb juda to'g'ri xulosaga keladilar. U bemor odamlarda yuzaga kelgan psixologik muammolarni» o'rganadi. Tibbiyot institutlarida ushbu o'quv fanini o'qitishda predmetini bunday tushuntirish balki to'g'ridir, lekin faqatgina bemor emas, balki, sog'lom odamlar bilan ham ishlaydigan mutaxassislar uchun, xususan amaliy psixologlar va ijtimoiy pedagoglar uchun uning mazmuni biroz boshqacha ko'rinadi. Uni agarda obrazli qilib aytsak kamroq tibbiy va ko'proq psixologik bo'lishi kerak. Chunki ijtimoiy pedagog - amaliy psixoiog, asosan, bemorlar bilan emas (balki ular bilan ham) mehnatga layoqatsiz yoki nafaqaxo'rlar, sog'lom odamlar bilan ishlaydi. Psixologning asosiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.33 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.33 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga