Tiflopsixologiya fani, vazifalari va uslubiyati Reja: 1. Insonning hayoti va faoliyatida ko'rish qobiliyatining roli va uning buzilishi oqibatida kelib chiqadigan holatlar. 2. Tiflopsixologiya fani. 3. Tiflopsixologiya masalalari, uning ahamiyati va boshqa fanlar bilan bog'liqligi. 4. Tiflopsixologik kuzatish usullari. 5. Ko'rishida chuqur muammolari bo'lgan bolalarning ruhiy rivojlanishi. 6. Ko'rish nuqsonlarida ruhiy tasavvurlarning aks etishi. Insonning hayoti va faoliyatida ko'rish qobiliyatining roli va uning buzilishi oqibatida kelib chiqadigan holatlar. Psixologik faoliyat - bu aks ettiruvchi faoliyat bo'lib, bunda insonda antropogenez oqibatida murakkab analizatorlar sistemasi shakllangan va u o'z o'rnida tashqi dunyodan kelayotgan hayot uchun zarur bo'lgan axborotlarni qabul qilishni ta'minlaydi. Bu sistemada ko'rish, eshitish va taktil-kinestezik sistemalar birinchi o'ringa chiqadi, ular his qilishni o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Bunda boshqaruvchi rol albatta ko'rish qobiliyatiga tegishli bo'ladi. Ko'rish qobiliyatining qisman yoki to'liq buzilishi oqibatida sezish yordamida o'rganish sohasi qay darajada zararlanishini tushunish uchun ko'rish xususiyatining inson faoliyatining aks etishidagi roli qanday ekanligini ko'rib chiqamiz. Atrofimizdagi dunyoni o'rganishda ko'rish qobiliyatining roli juda katta. Feloginez oqibatida inson «optik jonzot» sifatida shakllangan. Bu bir tomondan yorug'likning hayot uchun muhimligi bo'lsa, ikkinchi tomondan esa inson hayvonot dunyosidan ajralib turishi uchun muhimdir. Inson ko'zi yorug'lik energiyasiga moslashib atrofimizdagi olamda yil topib yurish va alohida predmet va ularning qanday yoritilishi yordamida va ular o'rtasidagi aloqalarni belgilaydi. Ko'rish analizatorlari yuqori darajada sezish qobiliyatiga ega ko'rish retseptorlari ajoyib yorug'lik detektoridir. Yorug'lik xislari hosil bo'lishi uchun bir nechta kvant etarli va agarda ko'rish uchun ideal sharoit yaratilsa inson hattoki, 27.00 metr uzoqdagi yonib turgan shag'amni ko'rishi mumkin bo'lar edi. Ko'rish orqali sezish va qabul qilish ko'p sonli yupqa differensial ma'lumotlarni beradi. Insonda ko'rish fiksatsiyasi (predmetlarni ko'rish orqali idrok etish) 100.00 taga etadi, ularning faqat keraklisigina tanlab olinadi. Ko'rish qamrovi chegaralanmagan bilib, I.M.Sechenov ko'z 8ta belgi kategoriyasini ajrata olishini yozgan: rang, shakl, o'lcham, yiroqlashish, yo'nalish, jussa ko'rinishi, tinch turish va harakat. Bular haqiqiy atroflicha munosabatlarni belgilash uchun kerak. Albatta ko'rish sezgi orqali o'rganishlarning yagona birligi emas, lekin S.L.Rubinshteynning yozishicha: «ko'rish predmetlarning haqiqiy holatini qabul qilishimizga yordam beradi. Ko'rish yordamida inson predmetlarni obyektiv qabul qiladi. Shuning uchun amaliy harakatlar uchun bu holat muhim ahamiyatga ega». Ko'rish sezgilari estetik hayajonlar uchun ham cheksiz, tuganmas bulosdek gap. Bu ayniqsa, rangli ko'rish uchun va shu orqali predmetlarni yaxshiroq qabul qilish uchun zarur. Gyote shunday yozadi: «Insonlar ranglarni ko'rganda juda xursand bo'ladilar. Ko'z rangli ko'rish uchun ehtiyoj sezadi. Yomg'irli kunda quyosh nurlari peyzajni yoritganda yoqimli jonlanishini eslaylik». Mehnat faoliyatida ham insonga ko'rish juda zarur, chunki u bajarilayotgan ishning to'g'ri ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.91 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.91 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc