Turli taraqqiyot davrlarida shaxsning rivojlanishi

Turli taraqqiyot davrlarida shaxsning rivojlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Turli taraqqiyot davrlarida shaxsning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Turli taraqqiyot davrlarida shaxsning rivojlanishi Reja: Shaxs taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar. Psixik taraqqiyotning davrlarga bo'linishi. Turli taraqqiyot davrlarida sotsializatsiyaning o'ziga xos kechishi. Shaxs «yetukligining» mezonlari. Inson shaxsi taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillarni o'zaro nisbati muammolari psixologiyada munozarali va murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Psixologiyada shaxsda ikki omil biologik va ijtimoiy omillar ta'sirida shakllangan ikkita asosiy kichik struktura mavjudligini takidlaydigan nazariya sezilarli o'rin egallaydi. Inson shaxsning o'zi «endopsixik» va «ekzopsixi» tuzilishga ega, degan fikr ilgari surildi. Shaxs tuzilishining kichik strukturasi sifatidagi «endopsixik» tuzilish bamisoli kishining nerv-psixik tuzilishga o'xshash bo'lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qismlar va funksiyalarning o'zaro ichki bog'liqligini ifoda etadi. «Ekzopsixika»ning tashqi muhitga munosabati bilan, yani shaxs qanday bo'lmasin, baribir munosabatga kirishishi mumkin bo'lgan va shaxsga qarama-qarshi turadigan tuzilishlarning barchasiga munosabati bilan belgilanadi. «Endopsixika» moyillik, xotira tafakkur va xayol xususiyatlari, irodaviy zo'r berish, tashqi ta'sirlarga beriluvchanlik kabi boshqa xislatlarni, «ekzopsixika» esa kishi munosabatlari sistemasini va uning tajribasini, yani uning qiziqishlarini, ideallarini, moyilliklarini, ustun darajadagi his-tuyg'ularini, shakllangan bilimlari va boshqa belgilarini o'z ichiga oladi. Tabiiy asosdagi «endopsixika» ijtimoiy omil bilan belgilanadi, «ekzopsixika» esa biologik jihat bilan bog'liqdir. Tarixiy jarayonning ayni bir vaqtda ham mahsuli, ham subyekti bo'lgan inson shaxsi ijtimoiy tuzilishi bilan yonma-yon joylashayotgan va teng huquqga ega bo'lgan biologik tuzilishni saqlab qola olmaydi. Individ rivojlanishining tabiiy sharoitlari, uning jismoniy tuzilishi nerv va ichki sekretsiya bezlari sistemasi, jismoniy tuzilishidagi afzalliklari va nuqsonlari uning individual-psixologik xususiyatlari shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Lekin biologik omillar kishi shaxsining tarkibiga singib ijtimoiy omilga aylanib qoladi va keyinchalik ijtimoiy shaklda mavjud bo'ladi. Shaxs shakllanishida uning ijtimoiy va tabiiy xislatlari birlikni tashkil etadi va shaxsning mustaqil kichik tuzilishi sifatida bir-biriga o'zidan o'zi qarshi qo'yilmaydi. Shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini bir qancha psixologlar ilmiy ishlarida izchil o'rgangan bo'lib, ulardan bir qanchalarining fikr va qarashlarini keltiramiz. Amerikalik ruhshunos S.Xoll Gekkelning evolyutsiya qonuniyatini psixologiyaga ko'chirdi. Uning fikriga ko'ra, «irsiyat» filogenezni onogenezda takrorlaydi. Olimning talqinicha, go'daklik hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas, bolalik esa asosiy mashg'uloti ovchilik va baliqchilik bo'lgan qadimgi kishilarning davriga aynan mos keladi. 8-12 yoshlardagi o'sish davri yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishiga teng. O'spirinlik esa jinsiy etilishdan boshlanib yetuklik davrigacha romantizmga barobardir. Shveytsariyalik psixolog E.Klapared S.Xolldan farqli ravishda, ontegenez va filogenezda shaxs psixik funksiyasini o'rganish uchun quyidagi holatlarga ahamiyat beradi: a) organizm ehtiyojini qondirish; b) reflektor harakat to'siqqa duch kelsa, ongli harakat vujudga keladi; v) unga nisbatan ehtiyoj sezsa, unda malum faoliyat turiga yo'naltiriladi. fransuz psixologi E.Dyurkgeym o'sish-kishilarning his-tuyg'usini o'zlashtirish ekanini, shu tufayli, idrok qilingan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.26 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.26 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga