Turli yosh davriarida psixologik maslahatlar berish Reja: Bolaning maktabda o'qisbida yetuklik darajasini aniqlash metodlari Boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'rta sinfga otishga tayyorligini aniqlash metodlari Hisoblash metodikasi Psixologik maslahat bilan murojaat qilgan ishlarni kundalik sifatida yozishga to'xtalib o'tamiz. Bu usulda kim murojaat qilgani maslahat berish zarur bo'lgan bolaning shaxsiy-hissiy xususiyatlari keltiriladi. Masalan: Odina S. bilan bo'lgan maslahat berish jarayoni qisqartirib beriladi. Odina to'liq oilada yagona farzand. Qizning onasi maslahat berishga qizning parishonxotirligi, o'zini tuta olmasligi, sekin harakat qilish, yangi narsani idrok qilishda farosatsizlik va boshqa xislatlaridan nolib, murojaat qiladi. Qizning onasi maktabdagi qiyinchiliklar, ayniqsa, matematikada, umuman hayotda kelajakda qiynalishi mumkinligi uchun kuchli havotirlanadi. Hozirgi vaqtdagi o'rtacha bilim darajasiga ona bilan har kuni tinmay shug'ullanish orqali erishgan. U 4 yoshida o'qishni o'rganib olgan. Onasi havotirlanishiga qaramasdan, qizni tekshiruvdan o'tkazish bolaning bilish taraqqiyotining umumiy darajasi, fikrlash, nutqi, sabab-oqibat natijalarini o'rganish va boshqalarda yosh normalarining yuqori ko'rsatkichini ko'rsatdi. Shu bilan bir vaqtda qizcha keng xayol yurita olish, o'yin faoliyati va badiiy iqtidorlilik (rasm chizishda va plastilin yasash) yaxshi rivojlangan. Qizcha yumshoq, ko'ngilchan xarakterli bo'lib, oilada va bog'chadagi o'rtoqlari bilan bir xil, nizolarsiz munosabatga kirishardi. Shu bilan bir vaqtda shaxsiy-hissiy sohada o'ziga ishonchsizlik, havotirlanish, xafa bo'lib qolishlik kabi xislatlar ko'rindi. Odinaning onasi qizi haqida yozgan inshosida: «Urishish mumkin emas, darrov yig'lashga tushadi, - deb yozadi. - Ba'zan kechalari qo'rqib chiqadi, kayfiyati tushib ketgan bo'ladi». Bo'Iishi mumkin bo'lgan sabablarni tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, bu yerda asosiy o'rinni ona va qizning shaxs va xarakter xislatlarida ifodalangan farqlar rol o'ynagan, ya'ni onasi - hissiy, ochiq, harakatchan bo'lsa, qiz esa - aksincha ichimdagini top deydigan bo'lgan. Qizning sekin harakat qilishidan, onasi uni befarosat deb hisoblagan. Shunday qilib, onaning nolishi tasdiqlanmadi, uning vaziyatdan nolishi asossiz bo'lib chiqdi. Muammoning asosiy sababi qizning individual xususiyatlari va ota-onasi tomonidan ana shunga mos ravishda munosabatda bo'lmasligi bilan bog'liq. Uch yildan so'ng bu qizdan xabar olganimizda, u maktabda a'lo bahoga o'qiyotgani, oiladagi munosabati yaxshiligining guvohi bo'ldik. Onasining so'zlariga qaraganda, psixologik maslahat berish bolaning aqliy yetishmovchiligi haqida gumonni umuman yo'qotdi. Keyinchalik esa qiziga bo'lgan munosabatni asta-sekin o'zgartirishga, xarakterining o'ziga xos yaxshi fazilatlarini ko'rishga, uning sekin harakat qilishlarini xotirjam bardosh berishga yordam berdi. Bu holda ota-onaning bola psixik taraqqiyoti normalari haqidagi yuqoridagi mos bo'lmagan tasawur ham ma'lum o'rin egallaydi. Bolaning maktabda o'qisbida yetuklik darajasini aniqlash metodlari Psixologik maslahat berish har bir yosh davrida o'ziga xos bo'ladi. Bolaning maktabda ta'lim olishga yetuklik darajasini aniqlash metodikalariga to'xtalib o'tamiz. Bolalar bilan dastlabki tanishish uchun Kern-Yirasekning testi qulaydir. Test 3 topshiriqdan iborat. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.05 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.05 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc