Turli yoshdagi o'quvchilarning psixologik xususiyatlari Reja: 1. Yosh davrlar klassifikatsiyasi. 2. Individuallik tushunchasi, 3. Rivojlanish shartlari 4. Psixologik yangilanishlar, 5. Ota onalarga tavsiyalar, 6. Turli yoshdagi bolalar psixologik xususiyatlari jadvali. Pedogogik jarayonda o'qituvchi turli xil yoshdagi bolalar bilan muomala va munosabatlarga kirishar ekan, u avvalo xar bir bolaning individual psixologik xususiyatlari haqida chuqur bilimlarga ega bo'lishi zarur. Shuning uchun yosh davrlari psixologiyasi haqida qisqacha ma'lumot olish imkoniga ega bulasiz. Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti inson psixikasining rivojlanish davrlvri dinamikasi va qonuniyatlaridir.Bola jamiyatning azosi va mukammal shaxs sifatida muayyan ijtimoiy muhitda kamol topar ekan, uning butun bilish jarayonlari uzigaxos xususiyatlari va psixik holatlari, ongi xam rivojlanadi. Inson zotining turli jihatlarini o'rganish bilan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi , gigiyena, pedagogika kabi fanlar shugullangani kabi bolaning kamol topishidagi qonuniyatlarini uning psixikasini, ongining o'sishini belgilovchi ijtimoiy omillar hamda psixologik mexanizmlarni, umuman inson zotining tug'ilgandan voyaga etgunicha psixik rivojlanishi psixologiyasini psixologiya fanlari sistemasining alohida sohasi - yosh psixologiyasi fani o'rganadi va tahlil qiladi. Inson psixikasi fakat miqdor jihatidan emas, balki sifat jihatidan xam rivojlanishi, takomillashib borishi va o'zgarishi haqidagi qoidaga yosh psixologiyasi amal qiladi. Yosh davri psixologiyasi- inson psixikasining rivojlanishi qonuniyatlari va xususiyatlari , hamda rivojlanishning bosqichlari to'g'risidagi fandir. Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart - sharoitlarning o'zaro ta'siri xususiyatlarini aniklashdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi anashu vazifani xal qilish bilan birga amaliy maqsadlarni xam ruyobga chikaradi. Bular ta'lim tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi, shaxslararo munosabatlarni to'g'ri yuniltirishga , uzoq umr ko'rish sirlarini ochishga xizmat qiladi. Yosh psixologiyasi va pedogogik psixologiya fanining rivojlanishi uzoq tarixga borib takaladi. Abu Nasr Farobiyning inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy falsafiy mushoxadalarida, Ibn Sinoning tibbyyotga bagishlangan asarlarida nerv va nerv yo'llari haqida juda ko'p ma'lumotlar berilgan. Yusuf Xos Hojib va Alisher Navoiyning bir kator asarlarida yetuk barkamol insonning axloqi , madaniyati, odamlarga munosabati ., istedodi va qobiliyati to'g'risida kimmatli mulohazalar yuritiladi. Psixologlar psixik taraqqiyotning biologik va ijtimoiy munosabatlari muammosi bilan shugullandilar. Psixikaning 4 darajasi a) motor reaksiyasining o'sishi, b) pertseptiv harakatning o'sishi, v) shaxsiy ijtimoiy harakatning o'sishi, g) intellektual sodda xatti- harakatlarning o'sishi mavjud ekanligini asoslagan. Insonning kamol topishpni bir necha davrlarga ajratib o'rganish tavsiya kilinadi: 1. Bola tashqi muhit ma'lumotlarini qayta ishlash davri. 2. Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha; b) ijtimoiy davr; 3. Intellekt: a) ansomotor 2 yoshgacha; b) operatsional davrgacha 2-7 yoshgacha; v) yakkol operatsiya davri 7-11 yoshgacha; g) formal ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.24 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.24 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc