Tutilib gapirish Reja Tutilib gapirish Bolaning duduqlanadigan holga tushib qolishi Tutilib gapirish ham nutq nuqsoni bo'lib, nutq surati, maromi va ravonligi buzilishi bilan ta'riflanadi. Bunda, nutqning kommunikativ funksiyasi izdan chiqadi, yani bekamu- kust, rosmana aloqa vositasi bo'lmay qoladi, bunday nutqni tinglab, tushunish bazan qiyin bo'ladi ham.Tutilib gapirishga asosan nutq apparati muskullarining ravon ishlay olmasligi, paylari, tolalarining tortishib qolishi sabab bo'ladi.Chet el va o'zbek olimlarini takidlashicha, dunyo bolalarining 2% ida tutilib gapirish nuqsoni kuzatiladi.Buyuk rus psixiatori I.A.Sikorskiy tutilib gapirish «bolalar kasalligi» deb atagan edi, chunki bu kamchilik asosan ikki yosh bilan besh yosh orasidagi bolalarda nisbatan kuproq uchraydi. Bu davrda bola tilning grammatik tuzilishini kattalarga taqlid etish yo'li bilan asta-sekin uzlashtirib boradi, so'zlari malum tartibda joylashgan gaplarni O'rganadi, o'z fikrlarini atrofdagilarga manoli nutq orqali ifodalay boshlaydi. Bolaning uzlashtirish qobiliyati bu davrda nihoyatda kuchli bo'ladi, mas'uliyat, o'z-uziga talabchanlik ortib boradi. Biroq, bazi bolalarning gapirish surati, maromi, ravonligi buziladi. Ular tutilib, so'zlarni ohirigacha talaffuz etmay, shoshib-pishib, tovush, bo'g'in, so'zlarni qayta-qayta takrorlab yoki aksincha to'xtab qolib, sungra zO'r kuch bilan, qiynalib, talaffuz etadilar - tutilib gapirish, duduqlanish deb shuni aytiladi. Shu bilan birga, bola xulqi atvorida, umumiy holatida ham malum o'zgarishlar kuzatiladi. Arzimagan narsadan xafa bo'lish, hayojonlanish, injiqlik, gapirishdan qo'rqish alomatlari paydo bo'ladi. Bunday ruhiy hodisalar tutilib gapirishni kuchaytiradi, bazi bolalarning kam gap bo'lib qolishiga sabab bo'ladiki, buni nevrozga O'xshatishadi. Shu munosabat bilan shifokorlar tutilib gapirish, duduqlanishni - logonevroz, yani nutq nevrozi degan termin bilan yuritadilar. Tutilib gapirishning dastlabki belgilari turlicha vujudga kelishi, turlicha namoyon bo'lishi mumkin. Bazan bu nuqson sezilmasdan asta-sekin boshlanadi. Ota-onalar bola erkalanib gapiryapdi deb O'ylab, uning bilinar-bilinmas tutilib gapirishidan hatto zavqlanadilar ham, bola shoshib yoki hayojonlanib gapirganida nutqida tutilishi yanada kupayadi, bola gapirmoqchi bo'la turib, birdan to'xtab qoladi. Tutilib gapirish mutizm holida ham boshlanishi mumkin. Mutizm - vaqtincha soqovlik, vaqtincha nutq yo'qolishi degan manoni bildiradi. Bunday holat ruhiy travma, ruhan qattiq xayojonlanish natijasida vujudga kelishi va bir necha kungacha davom etishi mumkin. Mutizm holatidan sung bola aksari tutilib gapira boshlaydi.Tutilib gapirish kamchiligi taxilaliyadan sung boshlanishi ham mumkin. Tutilib gapirish vaqtida nutq a'zolarining malum bo'limlaridagi paylar tortishib turadi. Pay tortilishining xiliga qarab, tutilib gapirishning ikki turi: klonik va tonik turidagi tutilib gapirish tafovut qilinadi. Klonik turidagi tutilib gapirishda tovush, bo'g'in yoki so'z bir necha marta takrorlanadi, tonik tipida esa bola gapdan birdan to'xtab qoladi va tovush, bo'g'in yoki so'zni malum bir pauzadan sung zO'r kuch bilan, qiynalib talaffuz etadi. Pauza bir sekunddan 1 minutga qadar chuzilishi mumkin. Pauza qanchalik uzoq bo'lsa, ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.71 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.71 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc